3-mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti



Download 371 Kb.
bet1/2
Sana04.08.2021
Hajmi371 Kb.
#138408
  1   2
Bog'liq
3-ma'ruza


3-MAVZU. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari.

  1. Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti.

  2. Dasturiy ta’minot turlari.

  3. Operatsion tizimlar.

  4. Platformalar.

1. KOMPYUTERNING DASTURIY TA’MINOTI.

Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy kismlardan iborat. Bo’lar apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (soft­ware)lardir.

Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik kismlari va kushimcha (atrof) kurilmalaridir.

Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muxim kismi bulib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bulgan xujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz xar kanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.

Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?

Avvalo ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik kismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, apparat interfeysi, dasturlar orasidagi uzaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — apparatdasturiy interfeys deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar xaqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) xam nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning xam apparat, xam dasturiy vositalari bilan mulokotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chikaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya buyicha tasniflash mumkin:

sistemaviy dasturiy ta’minot;

amaliy dasturiy ta’minot;

dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.



Sistemaviy dasturiy ta’minot (Sistem software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet soxasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini echishga muljallangan dasturlar majmuasidir.

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda xam), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
2. AMALIY DASTURIY TA’MINOT.
Kompyuterning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p ko’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT)dir. Bunga asosiy sabab — kompyuterlardan inson faoliyatining barcha soxalarida keng foydalanishi, turli predmet soxalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va ko’llanishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin.



Muammoga yunaltirilgan ADTga ko’yidagilar kiradi:

buxgalteriya uchun DT;

— personalni boshkarish DT;

— jarayonlarni boshkarish DT;

— bank axborot tizimlari va boshqalar.

Umumiy maqsadli ADT — soxa mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini ko’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bo’lar:

— kompyuterlarda ma’lumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);

— matnli xujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli xolatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muxarrirlari;

grafik muxarrirlar;

— xisoblashlar uchun qulay muxitni ta’minlovchi elek­t­ron jadvallar;

— taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar xosil kilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.




Download 371 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish