Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
TA’LIMDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Latipova Dilnora Anvar qizi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon raqami: 99 6241430
Annotatsiya:
ushbu maqolada ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol metodlarning o‘rni
haqida bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim-tarbiya, interfaol metod, konstruktivizm, pedagog.
Ta’lim-tarbiya samaradorligi birinchi navbatda sifatli ta’limga bog‘liq.Sifatli ta’lim esa xalqona
til bilan aytganda yaxshi muallimga, o‘qituvchi va tarbiyachiga bog‘liq. Bir soat dars davomida
pedagog o‘quvchilarga juda ko‘p bilimva ma’lumot berib, ularning fanga oid qiziqishlarini
oshirishi yoki butun bir vaqtni buhudaga o‘tkazishi ham mumkin. Jamiyat rivojlanib borayotgan
bugungi tezkor davrda esa har bir soat dars unda o‘qituvchi nimalar haqida gapirishi, qanday
interfaol metodlardan foydalana olishi, o‘quvchilarni qanday yangiliklardan xabardor etishi,
xullas barcha-barchasini oldindanrejalashtirib tayyor holda darsga tashrif buyurishi kerak. Bir
soatlik dars yangiliklarga boy bo‘lishi va qiziqarli o‘tishi o‘qituvchining ijodkorligiga bog‘liq.
hozirgi zamon o‘qituvchisi o‘quvchilardagi qobiliyatni rivojlantirishi va trbiyalashi lozim.
Ta’lim berish jarayonida o‘qituvchi odatdagi dars uslubidan voz kechishi kerak. Ta’lim-tarbiya
jarayonini to‘g‘ri tashkil etish mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni safarbar etish o‘qituvchining
asosiy vazifalaridan biridir. Bugungi kunda o‘tiladigan darsga qo‘yiladigan talablardan biri
tanlanadigan dars mavzusining ilmiy asoslangan bo‘lishi, ya’ni darsdan ko‘zlangan maqsad va
o‘quvchilar imkoniyatini hisobga olgan holda mavzu hajmini belgilash, uning murakkabligini
aniqlash, avvalgi o‘rganilgan mavzu bilan bog‘lash, o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va
mustaqil ishlarning ketma-ketligini aniqlash, darsda kerak bo‘ladigan jihozlarni belgilash va
qo‘shimcha ko‘rgazmali qurollar bilan boyitish, interfaol metodlardan foydalangan holda darsda
muammoli vaziyat yaratishdir.
interfaol metod talim-tarbiya jarayonida o‘quchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni
oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarini o‘zlashtirishni faollashtirish, shaxsiy sifatlarni
rivojlantirishga xizmat qiladi. interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga
yordam beradi. interfaol talimning asosiy mezonlari:
-norasmiy bahs munozaralar o‘tkazish;
-o‘quv materiallarni erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati;
-ma’ruzalar kamligi, amaliy mashg‘ulotlarning ko‘pligi;
-o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imloniyatlar yaratilishi.
interfaol metodlarni dars jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish,xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom
muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib rivojlanib boradi. interfaol meodlar
an’anaviy ta’lim usullari orasida o‘ziga xos farqlar mavjud bo‘lib, har bir o‘qituvchi bu farqlarni
qiyoslashi ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni
o‘tkazish usullarini tanlashda to‘g‘ri hisobga olish zarur. To‘g‘ri tanlangan interfaol metodlarni
qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
interfaol metodlar konstruktivizm nazariyasi bilan bog‘liq bo‘lib bu metodlardan amalda
foydalanish , konstruktivizmning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim;
- o‘quvchi o‘zi o‘rganishi kerak,aks holda unga hech kim hech narsani o‘rgata olmaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilarga bilimlarini “kashf qilishga” yordam beradigan jarayonni tashkil
qiladi;
-bilim borliqdan ko‘chirilgan emas, uni insoniyatning o‘zi shalklantiradi.
darsni interfaol metodlarda tashkil etishning kamchiliklari.
-o‘quv-biluv jarayoni ko‘p vaqt sarflashni talab etadi;
-o‘quvchi ko‘p bo‘lgan sinflarda shovqin tufayli guruhlarda ishlashning qiyinligi;
-juda murakkab material o‘rganilayotganda o‘quvchilar muammoni yechimini to‘laqonli
va aniq yecholmaydilar, bunday sharoitlarda o‘qituvchining roli past bo‘lish hollari kuzatiladi;
111
Do'stlaringiz bilan baham: |