Qo‘shimcha: videofilmlardan foydalanish.
E’tiborga molik jihati: bolalardaijodiy tasavvurlarni rivojlantirish, vazifalarni taqsimlashni bilish, jamoa bo‘lib ishlash.
Qurilish va konstruksiyalash markazi
«Men yashaydigan uy», o‘zbek oilasiga tashrif (ekskursiya)
Maqsad: bolalarhar xil konstruksiyalardan o‘z uylarini qurishadi, aniq xususiyatlariga qarab predmetlarni biriktirishadi, tartib bo‘yicha hisoblashadi,geometrik shakl va shakllarni aytishadi, o‘z oila a’zolariga samimiy munosabat bildirishadi.
Jihoz va materiallar: kubik, geometrik shakl, lego, quticha, o‘yinchoqlar, sxema, rasm, fotosuratlar.
Faoliyatning borishi:
1. “Oila”mavzusiga oid uylar suratlarini ko‘rib chiqish.
2. Didaktik o‘yin: “SHu shakldagi predmetni top”- predmetlar shakli.
3. Uy qurish.
4. Bolalar ishini muhokamasi va bolalar ijodini rag‘batlantirish.
Qo‘shimcha: milliyo‘zbek oilasi xonadoni bilan tanishuv, oila va oila a’zolari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |