Ishbilarmon o‟yinni rolli o‟yindan farqi nimada?
Ishbilarmon o‘yin ishtirokchilariga hayotiy holatda qurilgan o‘yinli sюjet taklif qilinadi, bunda ishtirokchilar oldiga yagona umumiy maqsad: taklif etilayotgan muammoni echish qo‘yiladi.
SHu bilan bir vaqtda har bir ishtirokchi alohida rolli maqsadni bajarishi lozim. SHuning uchun echimni ishlab chiqish jarayonni alohidali-guruhli хususiyatga ega: har bir ishtirokchi avval o‘zining vazifali maqsadiga muvofiq qaror qabul qiladi, undan so‘ng esa uni guruh bilan kelishadi. Alohida vazifali maqsad bajarilishi butun guruh qaror qabul qilish natijalariga bog‘liq. Odatda, ishbilarmon o‘yin davomidagi muaommoni echish bir nechta bosqichda (2 dan 10 gacha va bir o‘yin ko‘p).
Ishtirokchilar harakatini baholash yakuniy va oraliq natijalar bo‘yicha amalga oshiriladi: oraliq baholash belgilangan maqsadni amalga oshirishda ularning anglab etishini oshirish maqsadida bizga o‘yin davomida ishtirokchilar harakatiga ta‘sir ko‘rsatish imkonini beradi, yakuniy natijani baholashda ishtirokchilarning tashkiliy faoliyatlari va ular tomonidan vazifali rolli maqsadni bajarish hisobga olinadi. Rolli o‘yin, ishbilarmonlik kabi vaziyatda ko‘rsatilgan, muammoni echishda ishtirokchilarning faol birgalikdagi harakatlariga asoslanadi. Mavzu qatnashchilarining bitta majburiy maqsadlari bor - muammoni echish. Lekin alohidali maqsadlar, ishbilarmon o‘yindagi kabi kelishib olinmaydi. Rolli o‘yinning har bir ishtirokchilar maqsadlari - g‘alaba qozonish, o‘zini ko‘rsatish. Vaziyatli o‘yin yakunlarini nafaqat umumiy maqsadga erishish natijalari bo‘yicha emas va balki har bir ishtirokchining rolli maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha baholanadi.
Seminar (lot. seminarium — koʻchatxona; maktab) —1) oliy yoki oʻrta maxsus maktab talaba (oʻquvchi)larining muayyan nazariy kursni qanchalik oʻzlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv amaliyotining muhim turlaridan biri. Talaba tomonidan bajarilgan referat, maʼruza, i.t.ning muhokamasidan iborat. S, albatta, mavzuni ilmiy tadqiq etgan professoroʻqituvchi yoki tegishli mutaxassislar rahbarligida amalga oshiriladi. Oʻquv predmeti harakteri, mashgʻulot maqsadi, oʻquv yurti yoʻnalishiga koʻra ayrim oʻziga xosliklar bilan universitet, institut hamda xalq xoʻjaligi sohalarida keng tarqalgan. Baʼzan maʼruzaga bogʻliq boʻlmagan holda, muayyan mavzudagi mustaqil taʼlim shakli sifatida ham oʻtkaziladi.
Taʼlimning S. shakli darslar, asosan, bahsmunozara tarzida uyushtiriladigan Yunoniston va Qad. Rim maktablarida vujudga kelgan. 17-asrdan boshlab Gʻarbiy Yevropa universitetlarida gumanitar yoʻnalishda oʻqiydigan talabalarning asl manbalar bilan ishlash usuli taʼlimning asosiy shakli sifatida qoʻllanilganligi S.ning taraqqiyoti va hozirgi shaklga kelishida muxim oʻrin tutadi.
Zamonaviy S.lar muayyan predmetni chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan. S. mashgʻulotlari davomida talaba (oʻquvchi)lar ilmiy ish yuritish tajribasi, oʻz xulosalarini ogʻzaki va yozma ravishda ifodalay olish hamda nuqtai nazarlarini asosli himoyalash malakasiga ega boʻladilar. Bu xil mashgʻulotlarning 3 turi mavjud: muayyan kursni chuqurlashtirib oʻrgatishga yoʻnaltirilgan S.; kurs doirasida asosiy va muhim hisoblangan mavzularni oʻrganishga qaratilgan S; ilmiy izlanishga yoʻnaltirilgan, maʼruza mavzusiga aloqador boʻlmagan seminar. S. mashgʻuloti oʻtkazishning asosiy shartlaridan biri barcha ishtirokchilar uchun mavzu yoki mutaxassislikka bogʻliq adabiyotlar, manbalar, arxiv materiallari va qoʻlyozmalardan foydalanishda birdek imkoniyat yaratilishidir. S. mavzulari tegishli professoroʻqituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. S. mavzusini qiziqishlariga koʻra, talaba (oʻquvchi)larning oʻzlari tanlashlari mumkin. S. rahbari oʻtkaziladigan S.ning maqsadi, mavzumundarijasi, uning metodologik yoʻnalishini maʼruza, maʼruzasuhbatlar vositasida tushuntirib beradi. Undan keyin har bir mavzu boʻyicha aniq talablar belgilab beriladi, adabiyotlar roʻyxati ilova qilinadi. S rahbari esa bunda maslahatchi sifatida ishtirok etadi. S. mashgʻulotlarining mahsuli, odatda, referat boʻladi. Referatlar mashgʻulot davomida tinglanadi va muhokama etiladi. Referatlar mavzuga mos kelishi, metodologik asosi toʻgʻri boʻlishi, mantiqan izchil va aniq ifodalanishi, ilmiy xulosalar asosli hamda amaliyotga aloqador boʻlishi kerak. Muhokama jarayonini fikr almashuv tarzida, barcha savollarga javob topa olish imkonini beradigan darajada tashkil etish S. rahbarining asosiy vazifasidir. S. mavzulari keyinchalik talaba (oʻquvchi)larning kurs, diplom ishlari mavzusiga aylanadi. Ular hatto dissertatsiya mavzusi darajasigacha ham chiqishi mumkin; 2) muayyan agrotexnik tadbir boʻyicha oʻtkaziladigan maslahat yigʻilishi. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi biror agrotexnik tadbir boʻyicha paydo boʻlgan yangiliklarni tegishli mutaxassislarga tanishtirish maqsadida oʻtkaziladigan S.lar keng yoyilgan. Mas, chigit yoki bugdoy ekish, paxta yoki don hosilini yigʻib olish boʻyicha oʻtkaziladigan S.lar; 3) Oʻzbekistonda nomzodlik yoki drlik ilmiy darajasiga daʼvogarning tayyorgarligini sinab koʻrish uchun i.t. muassasasi va oliy oʻquv yurtlaridagi olimlarni oʻz ichiga oluvchi ilmiy tuzilma. Nazariy S deb ataladigan bu tuzilma majlisida daʼvogar oʻz dissertatsiyasidagi asosiy gʻoyani bayon etib beradi. S aʼzolari esa turli savollar bilan uning tayyorgarlik darajasini sinovdan oʻtkazadilar.
Qo’xna va boy tariximizni o’rganishda, uni ilmiy tahlil qilish va umumlashtirishda tadqiqotchilar asosan ikki manbaga suyanadilar. Uning birinchisi moddiy manba bo’lsa, ikkinchisi yozma manbadir. Tariximizning eng qadimgi, qadimgi va o’rta asrlar davri asosan moddiy manba materiallari asosida o’rganiladi. Chunki, tariximizning bir necha yuz ming yillik ilk bosqichlarida hali yozuv bo’lmagan davrlar tarixi faqat arxeologik materiallar asosida o’rganilib, u davrlar haqida faqat umumiy tushunchalar hosil qilinadi. Ta’kidlash joizki, hatto tariximizni yozuvli davrining dastlabki ming yilliklarini ham arxeologik materiallarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shuning uchun tarixchi-arxeologlar oldida o’ta muhim vazifa turadiki, u ham bo’lsa, uzoq o’tmish tariximizdan guvohlik beruvchi asori-atiqalarni topish, ularni xaritaga tushirish, moddiy madaniyat yodgorliklari majmuasini yaratish, ularning eng muhimlarida keng ko’lamli arxeologik qazishmalar o’tkazish, ularning yoshini aniqlab ilmiy sistemalashtirish va nihoyat ana shu materiallar asosida tariximizning ibtidoiy jamoa, qadimgi va o’rta asrlar davrining dastlabki bosqichlari haqida umumiy va ob’ektiv tasavvurlar berish mazkur kursning mazmun va mohiyatini tashkil etadi.
Oliy ta'limning birinchi bosqichi bo'lgan bakalavriatda O’rta Osiyo arxeologiyasi fanining qamrab olinmagan tomonlari muammoli tarzda, nazariy va seminar mashg'ulotlari asosida o'qitiladi.
Oliy o'quv yurti talabasi nazariy olgan bilimlarini seminar mashg'ulotlar orqali mustahkamlab borishi kerak. Seminar mashg'ulotlariga talaba qanday tayyorgarlik ko'rishi kerak va bu borada nimalarga e'tibor berish kerak? Seminar mashg'ulotlari qay tarzda o'tkazilishi maqsadga muvofiq? Shularni hisobga olib, O’rta Osiyo arxeologiyasi fanidan seminar mashg'ulotlari bo'yicha reja asosida o'quv-uslubiy qo'llanmani nashr etishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Seminar-bu tegishli mavzular bo'yicha talabalarning faol ishtirokida o'tkaziladigan guruhiy mashg'ulotlarning bir shakli. Talaba seminar mashg'ulotiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida quyidagilarga e'tibor berishi zarur:
-berilgan mavzu tarkibidan o'rin olgan, yoritilishi ko'zda tutilgan masalalar mohiyatiga;
-tavsiya etilgan adabiyotlarning rejadagi masalalarni yoritishdagi o'rniga;
-mavzu bo'yicha ma'ruza materiallariga...
Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik davomida talabaning shu mashg'ulot masalalarini qanchalik yoritishi mezoni qanday? Bizningcha, talabani qanchalik ko'p yozgani emas, balki qanchalik masalani chuqur tushungani va erkin, lo'nda qilib tushuntira olgani muhim. Mashg'ulotda boshidan oxirigacha o'qib berish talabaning zo'r tayyorgarlik ko'rganidan dalolat bermaydi. O'ylaymizki, seminar mashg'ulotlarining dastlabki kunlaridanoq, talaba yozib, tayyorlanib kelganini og'zaki, mustaqil bayon qilishga odatlanishi kerak. To'g'ri, masalani yoritilishi dastlabki paytlarda o'qib bergandek silliq, ravon chiqmasligi mumkin, ammo jonli, mustaqil, erkin mushohadaga asoslangan holda chiqishi muqarrar.
Talaba seminar mashg'uloti rejasidagi masalani yozma yoritgandan so'ng aynan ushbu masala bilan bog'liq savollarni o'zi tuzishi ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, har qanday savol zaminida ma'lum ma'noda bilim yotadi. Shuningdek, talaba shu seminar mashg'uloti bo'yicha mustaqil tayanch iboralari hamda test savollari tuzishi ham bilimni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Tuzgan savollaringizdan yana guruhdoshingiz seminar mashg'ulotida rejadagi masalni yoritib bo'lgandan keyin ham foydalnishi mumkin. Aniqrog'i, kursdoshingizga savol bilan murojaat qilishingiz mumkin. Seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlikda tarixiy, siyosiy terminlar mohiyatini o'rganish ham zarur hisoblanadi.
Seminar mashg'ulotlari talabalar tomonidan bahsli o'tkazilsa, yanada esda qoladigan bo'ladi. Albatta, talaba bahsli masalalar bo'yicha o'z fikrini bayon qilishga hamda uni asoslashga harakat qilishi kerak.
O'z navbatida talabalar munozaralar yuritish madaniyatini ham egallamoqliklari zarur. Zero, har bir bahs-munozara natijasi murosasizlikka emas, haqiqatni, masala mohiyatini yoritishga xizmat qilishi kerak.
Ushbu uslubiy qo'llanmada mustaqil ta'lim mavzulari ham berildi. Albatta, keltirilgan mustaqil ta'lim mavzularini doirasi kengayishi, takomillashtirilishi ham mumkin. Yana shuni qayd etish lozimki, seminar mavzulari ma'ruza mavzulari bilan aynan bir xil emas. Bundan maqsad shuki, talaba ma'ruzada ko'tarilgan muhim masalalardan birini chuqur va atroflicha o'rganib, seminarga tayyorgarlikda yanada kengroq ma'lumotga ega bo'lishi ko'zda tutilgan.
Hurmatli talabalar! Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma sizni O’rta Osiyo arxeologiyasini chuqurroq o'rganishingizda doimiy hamkoringiz, maslahatchingiz bo'lib qoladi deb umid qilamiz. O'ylaymizki, ushbu o'quv qo'llanma ham juz'iy kamchilik va nuqsonlardan xoli bo'lmasligi mumkin. Bu borada mutaxassislar tomonidan bildiriladigan taklif va mulohazalarni samimiyat bilan qabul qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |