Seminar mashg`ulotlari. 1-mavzu Taʼlim va tarbiya jarayonlarini rivojlantirish tendensiyasi va ustuvor yoʻnalishlari



Download 23,21 Kb.
bet2/3
Sana03.01.2022
Hajmi23,21 Kb.
#313109
1   2   3
Bog'liq
1. Taʼlim va tarbiya jarayonlarini rivojlantirish tendensiyasi va ustuvor yoʻnalishlari.

faoliyatga yoʻnaltirilgan;

  • jarayonga yoʻnaltirilgan;

  • tizimga yoʻnaltirilgan;

  • zanjirsimon tizimga yoʻnaltirilgan;

  • umumiy sifat menejmenti. Har bir sifat darajasi oliy taʼlim muassasasining takomillashganlik darajasini aniqlovchi savollar va vositalar orqali aniqlanadi. Bu beshta takomillashish darajasi oʻsishning yoʻnalishi yoki boshqa soʻz bilan aytganda, takomillashish uchun yoʻnalish, bunda OTM barcha besh darajani tartib boʻyicha, ketma–ket, birinchidan boshlab va takomillashishning oxirgi eng yuqori darajasi bilan tugatadi. Har bir mezonda “Deming sikli” (Plan – Do – Chesk – Act) amalga oshiriladi, yaʼni doimiy takomillashish jarayonini koʻzlaydi. Mazkur sikl OTM larda sifatni taʼminlashda metodologik asos sifatida xizmat qiladi.

    Oliy taʼlim sifatini taʼminlash uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha faoliyat doirasida respublikamizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ilm-fan, texnologiyalar, mehnat bozori va ularni rivojlantirishning ustuvor ehtiyojlari talablariga muvofiq oliy taʼlim mazmuni va tuzilishi modernizatsiyalangan; xalqaro tendensiyalarni hisobga olib, mehnat bozorining turli malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini monitoring qilish tizimi yaratildi; bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash tizimi yaratildi; taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi modernizatsiya qilinmoqda; xalqaro sifat standartlariga moslashgan holda taʼlimning boshqa bosqichlarida oliy oʻquv yurtlarida tayyorlash mazmuni oʻzgartirilmoqda; oliy taʼlim integratsiyasining turli modellarini qayta ishlash taʼminlanmoqda; integratsion va fanlararo dasturlar oliy maktabida chuqurlashtirish, ularning yuqori texnologiyalar bilan birlashishi sodir boʻlmoqda; fanning mutaxassislarni tayyorlashda yuqori sifatni taʼminlashning asosiy omillaridan biri sifatidagi maqomi oshmoqda; oliy taʼlim muammolarini xal qilishda ish beruvchi hamda boshqa ijtimoiy sheriklarning ishtiroki takomillashmoqda.

    Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasida joriy qilinayotgan taʼlim tizimining milliy modeli taʼlim sohasini rivojlantirish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va mamlakatimizga xos boʻlgan jihatlarni eʼtiborga olgan holda ishlab chiqilgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909–sonli qarorida mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy taʼlimning dolzarbligi va uning sifatini taʼminlash maqsadida oliy taʼlim tizimini kelgusida yana-da takomillashtirish va kompleks rivojlantirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

    Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladigan vositalarga alohida eʼtibor qaratish lozim.

    Taʼlim sifati muhim kategoriyalardan biri boʻlib, unga muvofiq xalqaro amaliyotda besh asosiy yoʻnalish ajratiladi: birinchidan, taʼlimning sifatini taʼminlash – oliy oʻquv yurtining nufuzini oshirish, chunki bunday oliy oʻquv yurtining bitiruvchisi mehnat bozorida qulayroq mavqega ega boʻladi; ikkinchidan, taʼlim standartlariga muvofiqlik; uchinchidan, mijozni qanoatlantiruvchi taʼlimgina sifatli hisoblanishi mumkin; toʻrtinchidan, isteʼmolchi sifatni belgilaydi va uning har qanday istagi bajo keltiriladi. Eng muhimi, oliy oʻquv yurti bunga pul oladi; beshinchidan, oliy oʻquv yurti jamiyatga, oʻzi joylashgan mintaqaga foyda keltiradi.

    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mintaqaviy va xalqaro tendensiyalar doirasida oliy taʼlimning dolzarbligi va uning sifatini taʼminlash: oliy taʼlim tizimida malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masala boʻlib, oliy taʼlim tizimida mutaxassislarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni tatbiq etish va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish, oliy taʼlim tizimni boshqarishning zamonaviy modernizatsiyalashgan korporativ hamkorlikni rivojlantirish, taʼlimning meʼyoriy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, taʼlim muassasalarining taʼlim jarayonini tashkillashtirish va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritishdagi huquq va erkinligini kengaytirish bugungi kunning dolzarb masalasi sanaladi.



    Download 23,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish