Maydon tashqarisidagi o’yinchi, maydon tashqarisidagi to’p: Agar o’yinchi maydonni chegaralab turgan chiziqlarni yoki maydon tashqarisini bosib olsa, bu o’yinchi maydon tashqarisida turgan hisoblanadi. To’p: maydon tashqarisida turgan o’yinchiga yoki boshqa biron-bir shaxsga, maydonni chegaralab turgan chiziq ustidagi yoki tashqarisidagi biron-bir narsaga yoki polga, shitlar mustahkamlangan qurilmalarga yoki uning orqa tomoniga tekkan paytda maydon tashqarisiga chiqqan hisoblanadi.
To’pni maydonda olib yurish: To’pni olib yurilganda u maydon poliga tegishi kerak. To’p yuqorida aytilganidek harakatga keltirilganidan so’ng, o’yinchi bir yo’la ikki qo’li bilan to’pga tekkan paytida va bir yoki ikkala qo’li bilan tutib qolgan zahoti, u to’p olib yurishni tugatadi. To’p o’yinchining qo’liga tegmagan paytda uning qadamlarini soni chegaralanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |