O’yin natijasi: O’yin natijasi o’yin davomida to’plangan eng ko’p ochkolar soniga qarab aniqlanadi.
O’yinni davom ettirish huquqidan mahrum bo’lish: Agar jamoa katta hakam ko’rsatmasidan keyin ham o’yinda qatnashishdan bosh torqa, yoki o’z harakatlari bilan o’yinni o’tkazishga xalaqit bersa, jamoa o’yinni davom ettirish huquqidan mahrum etilganligi sababli mag’lubiyatga uchraydi.
Agar o’yin jarayonida jamoaning maydondagi o’yinchilari soni ikkitadan kam qolsa, o’yin tugatiladi va jamoa o’yinni davom ettirish huquqidan mahrum bo’lganligi tug’ayli mag’lubiyatga uchraydi.
O’yin tugashi: Soniya hisoblovchining o’yin vaqti tugaganligini bildiruvchi signali chalingan paytida o’yin tugaydi. Agar soniya hisoblovchining o’yinning har bir yarmi yoki qo’shimcha davri tugaganligi haqidagi signali chalinishi bilan bir vaqtda yoki undan bevosita oldinroq shaxsiy g’ol belgilangan bo’lsa, shu xato uchun beriladigan har qanday jarima to’pi yoki to’plari savatga tashlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |