To’p bilan o’ynash: Basketbolda to’p qo’llar bilan o’ynaladi. To’p bilan yugurish, uni oyoq yoki musht bilan urish qoidaning buzilishi bo’lib hisoblanadi. Oyoq bilan to’pni to’sish, g’aqat ataylab qilingandagina, qoidaning buzilishi bo’lib hisoblanadi. To’pga oyoq yoki tovoni bexosdan tegib keqa, bu qoidaning buzilishi bo’lib hisoblanmaydi.
To’pni nazorat qilish: O’yinchi to’pni ushlab turgan yoki maydonda olib yurgan vaqtida, yoki maydon tashqarisidan to’pni o’yinga kiritish uchun tayyor turganidan to’p uning ixtiyorida bo’lsa, u to’pni nazorat qilayotgan bo’lib hisoblanadi. Jamoa o’yinchisi to’pni nazorat qilayotgan paytda, shuningdek jamoa o’yinchilari to’pni o’zaro uzatayotganlarida, shu jamoa to’pni nazorat qilayotgan bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |