SEMINAR MASHG’ULOTLAR MAVZULARI
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar o’zbek dialektlarining o’ziga xos xususiyatlari, fonetik, morfologik, leksik-semantik jihatlari va sintaktik qurilishi haqida, o’zbek dialektlarining tavsifi va tasnifi, transkripsion tahlil metodlari haqida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
1-seminar mashg’uloti
Mavzu e’lon qilinadi: O'zbek shevalarining fonemalar tizimi
Seminar mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Mavzusi bo‘yicha ma’ruzada o‘tilgan mavzuni nazariy hamda amaliy tomondan mustahkamlash.
Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, proyektor, ko’rgazmali vositelar
Ta’lim metodi: savol-javob, munozara, “AKVARIUM” metodi.
Reja:
Adabiy til bilan shevalar o‘rtasitagi fonetik munosabatlar.
O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq-qisqaligi masalasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |