Seminar mashg‘ulotlar mavzulari


Izohli lug‘atda shakldosh so‘zlarning berilishi yuzasidan tahlil



Download 46,83 Kb.
bet4/7
Sana30.03.2022
Hajmi46,83 Kb.
#518072
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy tilshunoslik va leksikografiya. 1-seminar mashg'auloti.2022

Izohli lug‘atda shakldosh so‘zlarning berilishi yuzasidan tahlil:


BURUN - hidlash a’zosi
BURUN - denqizga turtib chiqqan quruqlik
BURUN – ilgari


DAM (f-t) - kosiblikda olovga havoni haydovchi garmonsimon moslama
DAM (f-t) - nafas; orom; issiq, hovur;
DAM (f-t) - on, payt, vaqt, kez
DAM (f-t) - ayiruv bog‘lovchisi
DAM (f-t) - tig‘ (pichoqning tig‘)


GAZ (f-t) 0,71 sm ga teng uzunlik o‘lchovi
GAZ (f-t) yulg‘un
GAZ (r
GAZ (r


Yuqoridagi shakldosh so‘zlarning “O‘zbek tili izohli lug‘ati”da izohlanishini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.


NAMUNA:
BURUN I (3-sh. birl. burni) 1. Hidlash, hid bilish a’zosi; shu a’zoning tashqi qismi. Qirra burun. Qiyg‘ir burun. Burun katagi. O‘rtada burun bo‘lmasa, ko‘z ko‘zni o‘yar. Maqol.
Sharofatning yupqa lablari ko‘karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari. Iskandar, yomon hid kelganday, burnini jiyirib, oshxona tarafga qaradi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Uning burun va yuzlari sovuqdan qipqizarib ketgan. S. Zunnunova, Olov.
2. s. t. Jo‘mrak. Choynakning burni.
3. Qulfning kalit solinadigan teshigi. Nuri bugun Gulnorning uyini xoli topib, kaliti burnida unutilgan bir qutini ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar. Xayriyat, eshikning kaliti burnida qolgan ekan.. S. Ahmad,Saylanma.
4 Kemaning old qismi, tumshug‘i. Temur Malik eng oldinda borayotgan kemada edi, u ikki qavat sovut va dubulg‘a kiyib, kema burniga chiqdi. M. Osim, Temur Malik.
Achchig‘i burnining uchida q. achchiq
7. Burni bilan gapirmoq (yoki kuylamoq) Dimog‘i bilan gapirmoq (kuylamoq). U [Sobiraxon]nima to‘g‘ridadir o‘ylar, ixtiyorsiz bo‘lsa kerak, allaqanday xazin kuyni burni bilan kuylab borar edi. A. Qahhor, Xotinlar. Burniga suv kirmoq Aqdi kirmoq, maqsadidan voz kechmoq. Bu qanday gapki, axir, hali ham Hamzaxonning burniga suv kirmabdi. Maktabni shariat nomi bilan necha bor bog‘ladik, u o‘zboshimchalik bilan qayta ochaverdi. K. Yashin, Hamza. Utopgan-tutganshi.. qimorga yutqazib, o‘yindan chiqdi, uning burniga erta suv kirdi. «YOshlik». Burnidan ip o‘tkazib olmoq O‘z domiga tushirib, tamoman qo‘lga olmoq, o‘z izmiga solib olmoq. Bolaginamga ega chiqib, burnidan ip o‘tkazib oldi bu dog‘uli. «Mushtum». Burnidan osha (yoki ortiq) gapirmoq Birovga keragidan oshiq, yoqmaydigan gap aytmoq. Dunyoning jabru jafosini boshidan o‘tkazgan. Hech bir odamga burnidan osha gapirmaydi. «Yodgor». Burnidan tortsa (yoki burniga chertsa), yiqilguday Holdan toygan, ramaqijon bo‘lib qo‘lgan. Gavdasining shunday kattaligiga qaramay, qandaydir uzoq kasaldan turgan odamdek, burnidan tortsa, yiqilay deb qoldi. Oydin, Bechora. Mana bugun ham iligidan darmoni qurib qaytdi. Burniga chertsang, yiqiladi! SHuhrat, Umr pog‘onalari. Burnidan chiqdi Tatimadi; zoe bo‘ldi. Urish eshitib, o‘ynagani ham burnidan chiqdi. Burni ko‘tarilmoq Mag‘rurlanib, kekkayib ketmoq. Xo‘jayinning laychasi-ku, burnini bir qarich ko‘targaniga hayronmiz. Oybek, Tanlangan asarlar. Burnini tishlab qolmoq Armonda qolmoq. \Gulnor:\
Bu hujraga boshlab keldingiz, menga juda yoqdi, endi uyga qaytish yo‘q, Mirzakarimboy burnini tishlab qolsin. Oybek, Tanlangan asarlar. Burni ham qonamadi q. qonamoq. Burunning tagida (yoki ostida) s.t. Oldiginasida, yonginasida. Burun suqmoq (yoki tiqmoq) O‘ziga aloqasi bo‘lmagan ishlarga aralashmoq, qotishmoq. Olimxonning «fazilatlari» sanoqsiz: u, ellikboshi bo‘lgani uchun, hamma to‘y, ma’rakalarga burnini tiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar. Ikki qo‘lni burniga suqib (yoki tiqib) 1) quruq; hech narsasiz. Ertasi kun yoki shu kun kechasiyoq ikki qo‘llarini burunlariga tiqib.. xo‘jayinlarining huzuriga boradilar. A. Qodiriy, Obid ketmon; 2) quruq; benasiba. \Yo‘lchi:\ Man kuchimni, terimni to‘kay, foydasini soyaparvar boylar ko‘rsin, man ikki qo‘limni burnimga tiqib qolaveray! Qani insof! Oybek, Tanlangan asarlar.

Download 46,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish