Seminar mashg‘ulotlar mavzulari


Xoʻsh, oʻzbek tilining izohli lugʻati shunday ishonch-suyanchga munosibmi?



Download 46,83 Kb.
bet2/7
Sana30.03.2022
Hajmi46,83 Kb.
#518072
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy tilshunoslik va leksikografiya. 1-seminar mashg'auloti.2022

Xoʻsh, oʻzbek tilining izohli lugʻati shunday ishonch-suyanchga munosibmi?
Bagʻrikenglik: “zapovednik”dan “xolodilnik”gacha
Sanoat va fan-texnika taraqqiyoti taʼsirida oʻzbek tiliga zavod, fabrika, traktor, mashina, poyezd, avtomat, metro, kompyuter, telefon kabi yuzlab, hatto minglab soʻzlar oʻzlashdi. Ona tilimizda muqobili yoʻq bu soʻzlarni maʼnaviy boyligimiz sifatida qadrlaymiz va ularning barcha turdagi lugʻatlardan oʻrin olishi tabiiy hol. Shu tariqa oʻzbek tilining lugʻat boyligi koʻpayib boradi va har birimiz bu voqelikka emin-erkin munosabatda boʻlishimiz darkor. Afsuski, mazkur ijobiy rivojlanish bilan bir qatorda shoʻro tuzumi davrida ona tilimiz taraqqiyotida ayrim muammolar yuzaga keldi. Jumladan, ona tilimizda viloyat, tuman, zaxira, guruh, kotib, hakam, haydovchi, shifokor, reja, hisobchi, iqtisodchi, shartnoma, buyurtma, usta, murabbiy kabi soʻzlar boʻlgani holda majburiy ravishda oblast, rayon, zapas, gruppa, sekretar, sudya, shofyor, vrach, plan, buxgalter, ekonomist, dogovor, zakaz, master, trener kabi ruscha-baynalmilal soʻzlardan foydalanishga odatlandik. Shoʻro tuzumi davrida chop etilgan ikki jild­lik “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” 2006–2008-yillarda besh jildlik koʻrinishda bosmadan chiqdi. Albatta, bundan barchamizning boshimiz koʻkka yetdi. Ona tilimizga eʼtibor tufayli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” orzumizdagi kabi nashr etildi. Oʻshandan buyon bu noyob nashr koʻpchilikning stoli ustida turadi. Ayniqsa, oʻqituvchi va oʻquvchilar undan koʻp foydalanadi.
Ayonki, yillar davomida muntazam foydalanish oqibatida bu lugʻat nashridagi xato va kamchiliklar koʻzga tashlandi. Biroq dastlabki koʻlamdor ish sifatida lugʻatdagi muammolardan koʻz yumdik va bu muammolar lugʻatning qayta nashrida tuzatilishidan umid­vor boʻldik. Mana, koʻpchilik orzu qilgan va tuzatilgan qayta nashr bosmadan chiqdi. Koʻzni quvnatadigan, dilni yayratadigan darajadagi muqovalarda jamlangan “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ni maroq bilan varaqlashga kirishamiz. Varaqlaymiz, varaqlaymiz va asta-sekin bizdagi maroq kamayadi. Nega? Ushbu savolning javobini lugʻatdan olingan soʻzlar izohlaydi. Misol sifatida keltiriladigan soʻzlarga alohida eʼtibor qarating: vodovoz, vodoprovod, vodokanal, gruzovik, zavxoz, zapovednik, zaponka, zapravka, kataysa, kriteriy, kserokopiya, kurator, krujok, konditsioner, konvoy, krizis, maska, planirovka, uborshitsa, muzika, muzikant, xolodilnik.
Biz yuqorida shoʻro tuzumi davrida faol ishlatilgan va oʻzbekcha muqobili mavjud ruscha-baynalmilal soʻzlardan misol keltirgandik. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” tuzatilgan nashridan ona tilimizda muqobili mavjud oʻsha ruscha-baynalmilal soʻzlar oʻrin olmaydi, deb oʻylagandik. Ammo lugʻatning tuzatilgan yangi nashriga ham oblast, rayon, sekretar, plan, ekonomist kabi ruscha-baynalmilal soʻzlar kiritilibdi. Buni qanday tushunish kerak? Demak, insho yozayotgan oʻquvchi “reja” soʻzi oʻrnida “plan”dan foydalansa, oʻqituvchi bu holatni xato sanamaydimi? Tushunishimizcha, bunday holatda oʻquvchi haq boʻlib chiqadi. Negaki, u manba sifatida asosiy nashrga asoslanadi-da!
Xalqimiz dunyoda bagʻrikengligi bilan tanilgan. Boringki, bagʻrikengmiz va “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ga ham shunday munosabatda boʻlish uchun oʻzimizda kuch topamiz. Mayli, tilimiz koʻnikkan — “buyurtma” oʻrnida “zakaz”, “reja” oʻrnida “plan”, “shifokor” oʻrnida “vrach”, “shartnoma” oʻrnida “dogovor”, “oʻqituvchi” oʻrnida “pedagog” boʻlsa, boʻlibdi. Bagʻrikengligimiz ziyoda boʻlib, bu soʻzlarni maʼnodosh-sinonim soʻzlar sifatida qabul qilaylik ham. Lekin “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da “zavxoz”, “zapovednik”, “kataysa”, “muzikant”, “krujok”, “uborshitsa”, “xolodilnik” kabi soʻzlar nima qiladi? Bunday soʻzlar lugʻatda besh-oʻnta, xolos, deb oʻylamang. Ularning soni haddan ziyod va “zapovednik”ning maʼnosi kulgili tarzda “qoʻriqxona”, deya izohlangan. Savol tugʻiladi: bu tarjima lugʻatmi yoki izohli?
Zak” va “zambur” bor, lekin...
Chortoq tumanining Peshqoʻrgʻon qish­logʻida pishgan mevasi qizil-qora rangda boʻladigan daraxtni olvali deb atashadi. Olvalining yonida pishgan mevasi sariq-qizgʻish tusli olcha daraxti ham oʻsadi. Koʻplab hamqishloqlarimiz hovlisida olvali va olcha bilan birga pishgan mevasi qizil rangli va kattaligi yongʻoqdek-yongʻoqdek keladigan olxoʻri daraxti ham bor. Boshqacha aytganda olvali — olcha va olxoʻridan mutlaqo farqlanuvchi daraxt. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da esa “olvali”ning maʼnosi “olcha yoki olxoʻri” deb koʻrsatilgan. Oʻzi “olvali”. U qanday qilib yana “olcha” yoki “olxoʻri” boʻlib qoladi? Izohli lugʻatda bunday chalkashliklar anchagina. Masalan, makkajoʻxorining donli va donsiz mevasiga bir xil, yaʼni “soʻta” deb izoh beriladi. Qanday qilib ikki xil holat bir soʻz bilan ifodalanishi mumkin? Donsiz holatdagi oʻzakni ifodalovchi soʻz oʻzbek tilida yoʻqmi? Bor! Topsa boʻladi! Faqat buning uchun mashaqqat chekish, izlanish lozim. Bizning qishloqda soʻtaning donsiz oʻzagi “choʻgʻoloq”, deyiladi. Balki boshqa shevalarda bu soʻzning yana muqobili bordir. Nima boʻlganda ham soʻtaning donsiz oʻzagini ifodalovchi soʻz “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dan oʻrin olgani maʼqul. Bu “choʻgʻoloq” boʻladimi yoki boshqa soʻz — lugʻatchilarning ixtiyorida.
Koʻpchilik izohli lugʻatda shevaga xos soʻzlar berilmaydi, degan mulohazada yuradi. Aslida esa bunday emas. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da ham maʼnosi izohlangan shevaga xos soʻzlar uchraydi. Masalan, “zak” (zax), “zambur” (qovoq­ari). Nazarimizda, “zak”ning shevaga xos soʻz sifatida berilishi biroz gʻalati. Bu soʻz — shunchaki “zax” soʻzining buzilgan shakli. Xalqimiz nutqida “zambur” soʻzi ham u qadar ommalashmagan. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” adabiy soʻzligimizga asoslangan ekan, bu kabi shevaga xos soʻzlarning unga kiritilishi foydalanuvchilar orasida bahs-munozara uygʻotib, ikkilanishlarga sabab boʻlishi mumkin. Lugʻatga kiritilishi shart boʻlmagan shevaga xos soʻzlar oʻrniga xalq nutqi va adabiy asarlarda uchraydigan boshqa soʻz namunalariga oʻrin ajratilishi maqsadga muvofiq.
Oʻqituvchi va oʻquvchilar Turdi Farogʻiyning “Tor koʻngillik beklar” deb boshlanuvchi gʻazalini yaxshi biladi. Gʻazaldagi “Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir toʻngʻa kirib, Bir oʻngurlik, bir tirizlik, bir yaqo-yenglik qiling” baytida ishlatilgan “oʻngurlik” soʻzi bir paytlar olimlar oʻrtasida bahs-munozaraga sabab boʻlgani koʻpchilikning yodida boʻlsa kerak. Oʻshanda baytdagi “oʻngur” soʻziga 10-sinf “Oʻzbek adabiyoti” majmuasida “chuqurlik” deb izoh berilgandi. Holbuki, bu soʻz choponning bir qismi ekani koʻpchilikka maʼlum. Keyinchalik 7-sinf “Adabiyot” darsligida “oʻngur” (choponning etak qismi) va “tiriz” (choponning yelka qismi) soʻzlari oʻquvchiga tushunarli tarzda izohlandi. Qarangki, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ga aynan mana shu soʻzlar kiritilmagan. Vaholanki, bu soʻzlarning lugʻatdan oʻrin olishiga ehtiyoj bor. Hozir ham Chortoq tumanining Peshqoʻrgʻon qishlogʻi ahli choponning etak qismini “oʻngar” shaklida ishlatadi. Mazkur qishloq aholisi, shuningdek, paykalga suv tarashda ishlatiladigan oʻqariqning egatlarga suv taqsimlovchi qismi, yaʼni kichik ariqni “tirja” deb ataydi. Biz bunday atamani “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da uchratmadik.
Koʻrinib turibdiki, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” tuzatilish va toʻldirilishga muhtoj. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning yangi nashriga qadar izohli lugʻatda tozalov jarayoni oʻtkazilishi shart. Shu jarayon oʻtkazilsa, izohli lugʻatdan minglab soʻzlar chiqib ketadi. Bundan choʻchimaslik lozim. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”dagi soʻzlar miqdori sakson mingdan kamayib ketmaydi aslo. Taʼkidlaganimizdek, oʻzbek tili shevalarida izohli lugʻatdan oʻrin olishi lozim boʻlgan soʻzlar serob. Ularni topish va joy-joyiga qoʻyish — har bir tilshunos, filolog va ziyolining asosiy burchi!
Lugʻat ishi — chinakam zahmat! Shu maʼnoda, lugʻat mualliflari mehnatini qadrlamaslik fikridan mutlaqo yiroqmiz. Yana bir bor taʼkidlaymiz: izohli lugʻat nashri uchun katta mehnat sarflangan. Biroq ulkan mehnat asnosida yuzlab, hatto minglab xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani ham fakt! Bundan koʻz yummaylik va xato-kamchilik­larni birgalikda tuzataylik!

Download 46,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish