Эслатма: (Бунда мавзу доирасидаги барча саволларга маруза матни, слайд тақдимоти ва тавсия этилган адабиётлар орқали саволларнинг ҳар бирига 1 ва 2 САҲИФА оралиғида қўлёзма шаклда конспект ёки “Microsoft Word 2003-2007” дастурида 1-1,5 саҳифадан ошмаслиги ёки “Microsoft Power Point” дастурлари орқали слайд тақдимоти 1 саҳифадан ошмаган холда бажариш мумкин. Маъруза тақдимоти берилган маълумотлардан кўчирмаган холда ижодий ёндашиш тавсия этилади. Шуннигдек ҳар бир саволни жавобини ёзганда наъмуна асосида тайёрланг.)
1.Туркистон генерал губернаторлиги тузилиши ҳақида нималарни биласиз?
САВОЛНИ ЖАВОБИ:Aleksandr II farmoni bilan tashkil etilgan (1867-yil 11-iyul).
Xuddi shu yili Turkiston harbiy okrugi ham tuzilgan. Turkistonning birinchi general-gubernatori etib rus podshosining yaqin mulozimi generaladʼyutant K.P.fon Kaufman tayinlandi. U 14 yil mobaynida (1867—1881-yillarda) Turkiston oʻlkasini qattiqqoʻllik bilan boshqargan. Kavkaz, Boltiqboʻyi oʻlkalaridagi ozodlik harakatlarini bostirishda tajribali maʼmur va usta siyosatchi ekanligini koʻrsatgan fon Kaufmanni "Turkistonning Bunyodkori" deb ulugʻlashgan. U Toshkent jamoatchiligi vakillari yigʻilishi (1868-yil 22-yanvar)da birinchi bor ruslarni Turkiston xalqlarining "Katta Ogʻasi" deb atagan. Turkiston 19-asrning boshlarida Britaniya Imperiyasi va Rossiya Imperiyasi orasida tortishuvlarga sabab boʻlgan.
19-asr boshidagi Turkiston
Rossiya imperatori fon Kaufmanga oʻlkani boshqarishda cheklanmagan huquq va vakolatlar bergan, natijada uni xalq "Yarim Podsho" deb bilgan. Ichki va tashqi siyosatda uning erkin ish yuritishi mumkinligi imperator tomonidan berilgan "Oltin Yorliq"da oʻz aksini topgan.
1868—1880-yillar davomida harbiy istilolar natijasida dastlab 2 viloyatdan iborat generalgubernatorlikka yana 3 viloyat qoʻshildi. 19-asrning oxirlarida Turkiston general-gubernatorligiga Sirdaryo, Yettisuv, Samarqand, Fargʻona va Zakaspiy kabi 5 viloyatdan iborat boʻlib hududi Yevropa Rossiyasining U3 qismiga teng edi. Turkiston general-gubernatorligining barcha hududi 1.779.618 chaqirimga teng boʻlgan. Rossiya hukmdor doiralari Turkistonni imperiyaning tarkibiy qismiga aylantirish va xalqlarini ruslashtirish uchun barcha vositalarni ishga soldi. Oʻlkadagi siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan edi.
Asriy milliy davlatchilikni yoʻqotib ruscha idora usulini qoʻllash uchun Sankt-Peterburgning oliy siyosiy doiralari qonunlar majmuasini ishlab chiqdi. U tarixga "Turkiston oʻlkasini boshqarish haqidagi Nizom" nomi bilan kirgan. Nizomga koʻra, oʻlka hokimiyati "harbiyxalq boshqaruvi" deb nomlandi. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlar (oblast), tuman (uyezd), jabhalar (uchastka), boʻlislar (volost) va oqsoqolliklarga boʻlindi.
Viloyatlar, tumanlar va jabhalarni rus ofitsergenerallari, boʻlis va oqsoqolliklarni esa mahalliy xalq vakillari boshqargan. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar, tuman — uyezd boshliqlari, jabhalarga esa uchastka pristavlari tayinlangan.
Mustamlakachilar mahalliy boshqaruv idoralariga maʼsul shaxslar tayinlanishida nihoyat hushyor ish tutib, ilgʻor, taraqqiyparvar va millatparvar kishilar boʻlis boshqaruvchisi, oqsoqol, yuzboshi yoki qozi sifatida saylanib qolsa, ularni lavozimga tasdiqlamaslik uchun turli hiylanayranglarni ishga solganlar.
Turkistonda mustamlaka idorasi 1898-yilgacha "harbiyxalq", undan keyin esa "maʼmuriypolitsiya boshqaruvi" deb atalgan boʻlsa ham uning mohiyati mazmunan oʻzgarmagan, barcha vakolatlar rus maʼmuriyati qoʻlida jamlangan.
Turkistondagi siyosiy idora tizimi "tub aholi oʻrtasida har qanday norozilikni tagtugi bilan shafqatsiz bostirish, bironbir dushmanlik holati sezilsa, darhol uning kuchayishiga yoʻl qoʻymay boʻgʻib tashlash, tartibbuzarlar va ularning maslakdoshlariga tegishli saboq berish va ularga rus qudratini koʻrsatib qoʻyish uchun har qanday choratadbirlar koʻrish" ruhi bilan sugʻorilgan.
Turkistondagi milliy ozodlik harakatini boʻgʻib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir shaxslarni "zararsizlantirish" rejasi ishlab chiqilib, uni ijro etishga barcha mustamlaka arboblari jalb etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |