Hayotning ma’nosi. Mashhur alloma majididdin xavofiy, yashash uchun ovqatlanurlar, ovqatlanish uchun yashamaslar, degan hikmatni ko‘p takrorlar ekan. Xo‘sh, aslida inson nima uchun yashaydi? YAshashdan maqsad nima? Inson hayotining ma’nosi nimada?
Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. SHu bois u axloqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.
Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashashdan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, chunki hayotning ma’nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. SHu bois kimningdir biror–bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bo‘lmaydi.
Baxt. Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olingan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mobaynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |