Ezgulik va yovuzlik. Asosiy tushunchalar orasidagi yana bir juftlik – ezgulik va yovuzlik; ezgulik axloqshunoslikdagi eng muhim kategoriyalardan. Ezgulik – insonga eng kuchli ma’naviy lazzat bag‘ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komillikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga etkazuvchi yuksak qadriyat.
Ezgulik va uning ziddi yovuzlik odatiy, kundalik hayot mezonlari bilan o‘lchanmaydi, ular ham muhabbat singari qamrovli va ijtimoiylik xususiyatiga ega. Ezgulikning axloqiy ideal bilan bog‘liqligi shundan. SHu tufayli u amaliyotda qahramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |