Семинар: 14-Мавзу: “Этика” фанининг предмети ва жамият ҳаѐтидаги аҳамияти reja


Qadimgi Hindi Xitoy mintaqasidagi axloqiy qarashlar



Download 39,25 Kb.
bet12/31
Sana27.03.2021
Hajmi39,25 Kb.
#61993
TuriСеминар
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
№-14. Семинар. “Этика” фанининг предмети ва жамият ҳаѐтидаги аҳамияти

Qadimgi Hindi Xitoy mintaqasidagi axloqiy qarashlar. Qadimgi sharq axloqshunosligida qadimgi Hindiston axloqiy tafakkuri alohida o‘ringa ega. U tarixan vedachilik, yoga, jaynchilik, buddachilik, bxagavadgita va artxashastra hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan.

Vedachilik. Vedachilik axloqshunosligi qadimgi hind jamiyatini to‘rt tabaqa – varnaga bo‘ladi: brahmanlar (kohinlar), kshatriylar (harbiylar), vayshchilar (dehqonlar, kosiblar), shudralar (qullar). Mashhur «manu qonunlari» da yozilishicha, brahmanning mashg‘uloti – ta’lim berish, vedani o‘rganish, qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatriylar fuqarolarni qo‘riqlaydilar; vayshchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar; shudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. Xotin, o‘g‘il va qul – uchalasi xususiy mulk egasi hisoblanmaydi, ular kimniki bo‘lsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulki. «manu qonunlari»da niyat masalasiga katta e’tibor beriladi: «kimning niyati qanday bo‘lsa, o‘shanday bo‘lib hayotdan ketadi». vedachilik axloqiga ko‘ra, brahmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shudralar esa tug‘ma tuban axloq egalari hisoblanadi.

Buddachilik. Buddachilik ham jaynchilikka o‘xshash «Xudosi yo‘q» din. Uning payg‘ambari budda ma’rifat egasi nomi bilan mashhur Sidharta Gautama (miloddan avvalgi 567–487) ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutulishning yo‘lini topish. Naql qilishlaricha, o‘z tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta kunlardan birida sayr qilib yurib, kasal cholni va janoza marosimini ko‘radi. Har bir kishini kelajakda kasallik, qarilik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarkidunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab etadi hamda uni odamlarga etkazadi. Uning qisqacha bayoni shunday:

1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.

2. Bu iztiroblarning sabablari bor.

3. Bu iztiroblarga barham berish mumkin.

4. Iztiroblarga barham berishga olib boradigan yo‘llar mavjud.

Buddhaning to‘rtinchi haqiqati, ayniqsa, axloqshunoslik nuqtai nazaridan muhim. U budda o‘tgan va hammaning o‘tishi mumkin bo‘lgan nirvanaga (ehtiros, nafrat, pushaymon asta–sekinlik bilan so‘nib bo‘lgandan keyingi holatga) etishish yo‘lidir.



Jaynchilik. Mohiyatan axloq falsafasi bo‘lmish bu oqimga buddaning zamondoshi, undan chamasi o‘ttiz yoshlar katta jin (jayin) – g‘olib deb sharaflangan vardxamana (milodgacha 599–527) asos solgan. Jaynchilik ta’limoti insonning to‘liq ozodlikka etishishi bilan bog‘liq. Unga inson o‘z ichki mohiyatini qayta shakllantirish orqali erishishi mumkin. Bu ozodlik – nirvana: qalb–ruhning ehtirosi, nafrat, pushaymon kabi hissiyotlardan forig‘langan, o‘zi mavjud bo‘la turib vujudni tark etgan, cheklanmagan oromdagi holati – nirvanaga uch yo‘l bilan etishish mumkin – jinga e’tiqod; uning ta’limotini bilish; o‘zni tutishda nuqsonsizlik.

Konfutsiychilik. Konfutsiy ta’limotida asosiy axloqiy qonun, asosiy axloqiy tushuncha – jen (insoniylik). «lun yuy» («hikmatlar») kitobida shunday deyiladi: «kimki chin dildan insonni sevishga intilsa, u yovuzlik qilmaydi». «o‘zingga ep ko‘rmagan narsani o‘zgaga munosib ko‘rma, shunda davlatda ham, oilada ham o‘zingga nisbatan yovlik his qilmaysan».demak, jen – ham jamiyat, ham oila a’zolari orasidagi munosabatlarni belgilaydigan axloqiy tamoyil. U bilan «syao» – ota–onani, kattalarni hurmat qilish, «li» – urf–odat, marosimlarni e’zozlash tushunchalari mustahkam bog‘liq. Ayni paytda «li» tushunchasining ma’nosi ancha keng, u davlatga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Xoqon (imperator) – osmon o‘g‘li, u osmon ostidagilarning barchasiga ota. Osmon ostidagi tartib–qoida esa quyidagicha: «podsho – podsho, ota–ota, mulozim–mulozim, o‘g‘il–o‘g‘il bo‘lishi kerak».


Download 39,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish