Dialektika – grek tilida baxs va suhbatlashish san`ati degan ma`noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo`li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o`zgarishda, o`zaro aloqadorlik va bog`liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir. Unga ko`ra, olamda o`z o`rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yo`nalishiga ega bo`lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog`liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog`lanishlar orqali namoyon bo`ladi.
Falsafada mazkur tamoyillarga asoslangan tafakkurni – dialektik tafakkur, ana shunday Dunyoqarashni – dialektik Dunyoqarash, yondashuvni – dialektik yondashuv, metodni – dialektik metod deb atash an`anaga aylangan. Shu bilan birga u yoki bu olimning ushbu tamoyillarga asoslanadigan Dunyoqarashi, falsafiy ta`limotlari ham bor. Masalan, Demokrit va Geraklit dialektikasi, Kant yoki Hegel dialektikasi deyilganda ana shunday hol nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |