Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi
O‘TA-403
4-AMALIY MASHG‘ULOT
Dialektik metod tushunchasiga izoh bering.
Dialektika (yunon. dialektika — bahs, suhbat) tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta'limotdir. U grek tilida bahs va suhbatlashish san'ati, degan ma'noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va bog‘liklikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqyealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon buladi.
Masalan, insoniyat tarixida bu usulga yondashilganida, u uzluksiz tarzda ro‘y beradigan avlodlar o‘rin almashuvi, birining o‘rniga ikkinchisi kelishi, muayyan qadriyatlarni meros qoldirishi va yangilikning eskilikni inkor kilishidan iborat doimiy va takrorlanib turadigan jarayondir. Bashariyatning muayyan davrida esa, shu vaqtning ijtimoiy manzarasini belgilaydigan turli urug‘ yoki qabilalar, davlat, millat va xalqlar, oqim va yo‘nalishlar, g‘oya va mafkuralarning xilma-xil shakllarini ko‘rish, ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, Fixte, Shelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan.
Yangi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta ishlash bilan bog‘liq edi. Cheksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib tashlar ekan, bunda har ikkalasini yetarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2. Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir.
Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma'lumki, o‘rta asr ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta'kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |