Semema va sema munosabati. Sema turlari reja: Nomema va semema haqida



Download 37,48 Kb.
bet6/7
Sana22.07.2022
Hajmi37,48 Kb.
#835824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SEMEMA VA SEMA MUNOSABATI

(ber, bir, bor, bo’r, bur) unlilarining nutqiy qurshovi bir xil, ammo
so’zlarning ma’nosi boshqa-boshqa. Shuning uchun bu so’zlardagi unli
tovushlar tildagi mustatsil fonemalarning in’ikosi hisoblanadi. (qul, kul)
so’zlarida ham (u) tovushlari talaffuzda farqlanadi. ANIQROG’I, [u] ning
qattiq shakli hamisha (q, G’, X, o va h. k.) tovushlari bilan, yumshoq
shakli esa (k, g, e va h. k.) tovushlari bilan yonma-yon kelganda yuzaga
chiqadi. Demak, yumshoq (u) va qattiq. (u) bog’liq, belgilangan,
noo’xshash qurshovlarda voqelashadi, namoyon bo’ladi. BORLIQ
qurshovlardagina yuzaga chiqadigan nutq birliklari tildagi bir barqaror
birlikning nutqiy ko’rinishlaridir. Shuning uchun (qul va kul ) so’zlarida
ham bitta birlikning [tor, lablanmagan unli] ikki nut qiy ko’rinishi,
voqelashgan.
Leksema sememasi va nutqdagi so’z ma’nolari orasidagi munosabatni
aniqlashda sistem tahlil yuqorida qayd etilgan barqaror birliklar va
nutqiy ko’rinish erkin (o’xshash) va bog’liq (noo’xshash) qurshov
tushunchalaridan foydalanadi.
Leksema sememasi va uning tarkibidagi semalar, yuqorida
ko’rsatganimizdek, leksemalarning o’xshashlik va qo’shnichilik
munosabatlari asosida, ma’no, ifoda va vazifa semalarining jami sifatida
aniqlanadi. Semema til birligi bo’lgan leksemaning mazmunini tashkil
etadi, barqaror birlik sanaladi. U nutqda turlicha ko’rinishlarda namoyon
bo’lib, o’ziga, shu matnga, sharoitga xos qo’shimcha ma’no bo’yoqlari,
jilvalari, qirralari (ottenkalari) bilan voqelashadi. Chunonchi, [yaxshi]
leksema sememasining tarkibi «belgi»,; «barqaror belgi», «sifat belgi»,
«baho belgisi», «ijobiy», «umumiy baho», «ichki va tashqi»,
«me’yorda», «oddiy» (neytral) kabilar sifatida yuqorida qayd etilgan edi.
Ushbu aytilganlarni nazarda tutib, [yaxshi] leksemasiga quyidagicha
ta’rif berish mumkin: «Umumiy ichki va tashqi xususiyatni,
so’zlovchining ijobiy munosabatini, me’yorda deb sanalgan ijobiy
shaxsiy bahoni uslubiy bo’yoq jihatidan oddiy sifatida ifodalovchi asliy
sifat». Binobarin, ayni semema [yaxshi] leksemasining barqaror, til
birligi sifatidagi tomoni sanaladi. Nutqda esa bu mazmun yuzlab ma’no
ko’rinishlarida voqelashadi. Masalan, (yaxshi qiz), (yaxshi xo tin),
(yaxshi kishi), (yaxshi usta), (yaxshi san’atkor),. (yaxshi o’qituvchi),
(yaxshi bastakor), (yaxshi yozmoq), (yaxshi yugurmoq) va b. so’z
birkimalarida (yaxshi) so’zi o’ziga xos qator ma’nolarga ega bo’ladi.
ANIQROG’I (yaxshi qiz) birikmasida (yaxshi) «chiroyli, kelishgan,
odobli, aqlli...» kabi so’zlar bilan, (yaxshi xotin) birikmasida esa
saranjom-sarishta, matonatli, halol, mehribon» kabi so’zlar bilan
ma’nodosh bo’ladi. (yaxshi) so’zining qanday qo’shimcha ma’nolarga
ega, uning nutqda qaysi so’z bilan bog’lanib, birikib kelishiga bog’liq
(yaxshi) so’zining har bir ma’nosi bog’liq (noo’xshash) qurshovlarda
voqelashadi. Shuning uchun bu birikmalarda (yaxshi) sememasi turli
nutqiy ko’rinishlarda yuzaga chiqadi, namoyon bo’ladi. Ayni vaqtda
ushbu birikmalar orasida qurshov bilan bog’liq bo’lgan ma’no farqlari
mavjuddir. (Yaxshi, hozir yetib boraman. Yaxshi. Va’da ham berayin..
gaplarida (yaxshi) so’zi butunlay boshqacha qurshovda, boshqa gap
bo’laklaridan ajratilgan holda kelib, (xo’p), (xo’p bo’ladi),
(ma’qullayman) kabi, ma’no munosabatlarini ifodalamoqda. Shunga
ko’ra [yaxshi) so’zining ushbu qurshovi avvalgi qurshovga mutlaq
o’xshamaydi. Demak, bu qurshovda [yaxshi] leksemasi avvalgi, ya’ni
yuqorida ko’rsatilgan ijobiy shaxsiy baho sememasini emas, balki
boshqa bir sememasini yuzaga chiqargan. Binobarin, [yaxshi]
leksemasida kamida ikki semema, ikki xil qurshovda voqelanuvch i
mazmun, ma’no ko’rinishlari mavjuddir.

Bu holda [yaxshi] ikki sememali bitta leksemami yoki shakldosh


(omonim) ikki leksimami degan savol tug’iladi. Ushbu masala an’anaviy
tilshunoslikda sistem tilshunoslikka nisbatan chuqurroq va ilmiy jihatdan
to’laroq o’rganilgan. Buning sababi shundaki, an’anaviy tilshunoslik ayni
sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayanadi. Sistem tilshnoslik
esa sememalar orasidagi tarixiy bog’lanishlarga tayana olmaydi.
An’anaviy tilshunoslik ma’no turlari (sememalar) orasidagi bog’lanish
zanjiriga tayanadi. Agar ikki semema orasida bog’lanish zanjiri,
uzluksizlik, birin-ketinlik, birining ikkinchisidan kelib chiqishi mavjud
bo’lsa, bunday sememalar bir leksemadagi ikki va undan ortiq sememalar
sifatida talqin etiladi [yaxshi] leksemasining yuqorida ko’rsatilgan har
ikki sememasida ham «ijobiy baho» semasi mavjuddir. Shu asosda bu
ikki semema bir leksemaga birlashishi mumkin. Yuqorida aytilganlarga
ko’ra sistem tahlil bir sememali va ko’p sememali leksemalarni farqlaydi.
Nutqda bir sememali leksema ham, ko’p sememali leksema ham ko’p
ma’noli so’zlar sifatida voqelanishi mumkin. Ya’ni turli qurshovlarda
muayyan leksema muayyan sememasini (yoki yagona sememasini) turli
ko’rinishlar orqali, ma’no
buyoqdorligi orqali namoyon qilishi mumkin.
Leksema ko’p sememali bo’lsa, har bir sememaning nutqda
voqelanishidagi qurshovi o’ziga xos, erkin bo’lganligi uchun leksema
nutqda, matnda faqat bitta sememasining nutqiy ko’rinishini yuzaga
chiqara oladi.
[Dona] leksemasini olib ko’raylik. Lug’atda bu leksemaning 6 ma’nosi
qayd etilgan. Misollari quyidagilar: 1) besh dona tuxum; 2) anor donasi;
3) qum donalari; 4) materiya alohida donalar yig’indisidan tuziladi; 5)
satranj taxtasidagi dona; 6) cho’p donalari. Bu ma’nolarni osonlikcha
ikkita alohida qurshovda yuzaga chiqadigan sememalarga birlashtirish
mumkin. Ko’rsatilgan ma’nolardan birinchisi [sanoq son + dona] qolipi
orqali voqelashadi. Bu qolipda (DONA) alohida ma’noga ega. U [-ta]
qo’shimchasiga ma’nodosh: (o’ttiz dona tuxum — o’ttizta tuxum).
Ikkinchi qolip esa quyidagicha: [murakkab tuzilishga ega bo’lgan narsabuyum nomi+dona]. Bu qolipda (dona) 2—6— ma’nolarini yuzaga
chiqaradi. U o’zi bog’lanib kelgan so’zning ma’nosiga, atalmishiga MOS
ravishda uning tarkibiy qismlarini ifodalab keladi. Shuning uchun (qum
donalari) bilan (satranj donalari) kabi so’z birikmalarida (dona) turlicha
ma’nolarga ega bo’lsa ham, bu ma’nolar bitta sememaning (murakka b
tuzilishga ega bo’lgan muayyan narsa-buyumning) eng kichik tarkibiy
qismi yoki turli nutqiy ko’rinishidir. Demak, [dona] leksemasida kamida
ikki sememani ajratish mumkin. 2—6- ma’nolarning nomustaqilligini,
ularning maxsus matnda, borliq qurshovda yuzaga chiqishini q uyidagi
tajriba ham osongina isbotlaydi. Demak, (dona) so’zini matndan ajratgan
holda, alohida olsak, bu holda yuqorida qayd etilgan ikki mazmunnigina
eslaymiz, xolos. «Figura» LMK— satranj bilan aloqador matnda, «zarra»
ma’nosi qum va shunga o’xshash narsalar bilan bog’liq matnlarda yuzaga
chiqadi, voqelashadi, ya’ni u bir sememamaning turli ko’rinishi bo’ladi.
Ko’p sememali leksema o’zining har bir sememasi orqali turlicha
leksemalar bilan o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlariga kirishadi.
Masalan, [tana] leksemasini olaylik. Lug’atda bu leksemaning to’rtta
umumiste’moldagi va bitta ixtisoslashgan ma’no turi beriladi. Misollari
quyidagilar: 1) tanasi yo’g’on odam; 2) tanamning jarohati... tuzalar;
3) tanasi boshqa dard bilmas; 4) ... yo’g’on qayrag’ochlar, tanalari

Download 37,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish