Nazorat savollari 19. Fonetik va talaffuz me’yorlari



Download 36 Kb.
Sana14.01.2022
Hajmi36 Kb.
#365224
Bog'liq
Nazoart savollari


NAZORAT SAVOLLARI

19. Fonetik va talaffuz me’yorlari.

50. Morfologik va grammatik me’yorlar.

81. Ilmiy atamalar.

112. Og‘zaki nutqning boyib borishi.

Ma`lumki, nutq og’zaki va yozma ko’rinishga ega. Og’zaki nutq gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo’lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Og’zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi v tahrir imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Og’zaki nutqda fikrni aytganlarini xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to’g’ri keladi. Og’zaki nutqda odatda, muloqot uchun eng zarur narsalarnigina zikr etiladi. Bu bir tomondan vaqt iqtisodi bilan ikkinchidan nutq kuchini tejash bilan bog’liq Og’zaki nutq so’z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag’al bo’ladi.... Unda bir xil so’zlar, bir xil shakllar bir qadar ko’proq takrorlanadi, bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog’liqdir Og’zaki so’zlovchining faol nutqiy harakati to’xtam (pauza), ohang, urg’u, turli xil imo - ishoralar asosida tinglovchiga etib boradi .

143. Sinonimlar va ularning adabiy tildagi ahamiyati.

Dunyodagi barcha tillarning asosini so'z tashkil etadi. Shuningdek insonlarning nutqi ham aynan shu so'zlarning qo'llanilishiga bog'liq. Nutqimizning ravon bo'lishi va so'zlagan so'zlarimizning takrorlanmasligi uchun so'z boyligimiz ko'p bo'lishi va sinonim so'zlarni qo'llashimizga bog'liq desak mubolag'a bo'lmaydi.

Til birliklarining bir xil ma'noga ega bo'lish hodisasasi sinonimiya deyiladi. Sinonimiyaning birligi bir umumiy ma'noga ega bo'lgan so'zlar ya'ni, sinonimlardir. Sinonim yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "bir nomli" degan ma'noni anglatadi. Sinonimlar qanday til birliklariga xosligiga qarab, lug'aviy, frazeologik va sintaktik sinonimlarga bo'linadi.

Sinonimlar o'zbek tilida ham keng qo'llaniladi. O'zaro sinonim bo'lgan so'zlar guruhi sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatoridagi bir so'z bosh so'z (asosiy so'z) hisoblanadi. Bosh so'z o'zining ma'nodoshlariga nisbatan ommabop bo'ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional

bo'yoq, uslubiyatga ko'ra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xususan, ingliz tilida ham ushbu holat kuzatiladi. Masalan, o'zbek tilidagi chiroyli va inglizcha beautiful so'zlarini solishtirsak, chiroyli so'ziga go'zal, xushro'y, ko'hli, zebo, husnli, suluv, sohibjamol, kelishgan so'zlarini sinonim sifatida olsak bo'ladi. Beautiful so'zining ma'nodoshlari esa, pretty, adorable, prepossessing, nice, attractive, lovely, pleasant, handsome, gorgeous va boshqalar. Bir ma'noni anglatuvchi bu so'zlar ko'p bo'lsada, ikki tilda chiroyli va beautiful so'zlari keng qo'llaniladi. Ular bosh so'z bo'lganligi uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. Shuningdek bu so'zlar turli sohalarda turlicha ishlatiladi. Misol tariqasida ayol va erkaklarni olishimiz mumkin. O'zbek tilida ham, ingliz tilida ham ikki xil jins vakilini ajratish maqsadida, ularning har bir jihatlari bir-biriga o'xshash bo'lmaganligi sababli bir sifatni ko'rsatish uchun ikki jins vakiliga ikki xil so'z ishlatiladi. Masalan, chiroyli so'zi ayollarga xos bo'lsa, kelishgan so'zini bevosita erkaklarni sifatlash uchun qo'llashimiz joizdir. Xuddi shunday ingliz tilida ham, bular beautiful-handsome shaklida ifodalanadi. Bu kabi hodisalar ikki tilning ayrim aspektlari bir-biriga qanchalik yaqin va o'xshashligidan dalolatdir. Shun ta'kidlash joizki, sinonim so'zlar uslubiy jihatdan qo'llanilishiga ko'ra farqlanadi. Masalan, chiroyli-sohibjamol yoki beautiful-prepossesssing so'zlari. Ushbu keltirilgan namunalarda ham o'zaro farqlar mavjud. Garchi ular bir ma'noni anglatsada, ularning uslubi o'zgachadir. Chunki oddiy so'zlashuv uslubida sohibjamol yoki ingliz tilidagi prepossessing so'zlarini ishlatganda biroz noqulay tuyulishi yoki aksincha, chiroyli va beautiful so'zlarini adabiy nutqda ishlatish esa biroz g'alizroq ko'rinishi mumkin. Shu sababli ularni qo'llashda xatoga yo'l qo'ymaslik va e'tiborli bo'lish talab etiladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, sinonim so'zlar frazeologizmlar(iboralar) orasida ham uchraydi. Masalan, o'zbek tilidagi "do'ppisini osmonga otdi" va "og'zi qulog'iga yetdi" kabi iboralari bir xil ma'noni ya'ni, "xursand bo'ldi" degan ma'noni anglatadi. Bu iboralarni majoziy ma'noda qabul qilmasak, albatta, bir- biriga uzviy bog'liq bo'lmagan so'z birikmalarini ko'rishimiz mumkin. Ammo, ularning frazeologizm sifatidagi asosiy negizi bir nuqtaga taqaladi. Ushbu hodisani ingliz iboralari orasida ham kuzatishimiz mumkin. Bunga misol keltirishdan oldin shuni eslatib o'tmoqchiman, sinonimlar odatda bir yoki bir nechta jihatdan farqga ega bo'lishi mumkin bo'lib, ulardan biri ma'no qirrasidagi farqdir. Hozirgi misol esa aynan ma'no qirrasi jihatiga xosdir. Inglz tili so'zlashuv uslubida tarqalgan "lower one's credit" va "blot one's copybook" iboralari "nomiga dog' tushurmoq" ma'nosini anglatadi. Bu iboralarning ikkisi ham bir xil (so'zlashuv) ulubiyatiga xoslangan bo'lsada, ikkinchi iborada ma'no biroz kuchliroq. Buni uslubiy bo'yoqdorlik bilan izohlash mumkin.

Shu o'rinda yana bir fikrga to'xtalib o'tmoqchiman, yuqoridagi sinonimik holatlarni gaplar tuzilishida ham uchratish mumkin. Barcha tillardagi kabi ingliz va

o'zbek tillarida ham fikr bir necha xil tarzda tinglovchga yetkaziladi. Ularni quyidagicha qiyoslaganimizda, I loved the girl/Men qizni sevdim; the girl I loved/men sevgan qiz. Ushbu namunalar sintaktik sinonimiyaga yaqqol misol bo'la oladi. Nutqimizda shu kabi sinonimlardan foydalanish orqali turli xildagi qaytariqlardan, bir xil va zerikarli jumlalardan qochib, nutqning yanada jozibali, takrorlanmas, uslubiy xilma-xil bo'lishi va adabiy tilning o'ziga xos funksiyasini o'tashi uchun imkon bergan bo'lamiz.



O'zbek, ingliz va shu kabi tillarda muloqotga kirishganda ularda qo'llaniladigan sinonimlarni salmog'ini oshirish bevosita nutqimizni barqarorlogiga va bo'yoqdorlik darajasi yuqori bo'lishiga hissa qo'shadi. Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, tilshunoslikda olib borilayotgan har bir izlanish nafaqat o'zbek adabiy tilining boyib borishiga balki, shu tilda muloqot qiluvchi xalq ma'naviyatiga ham ta'sir ko'rsatishiga aminmiz. Mana shunday mavzu va g'oyalarni ingliz tili va boshqa xorijiy tillar bilan hamohang holda o'rganish har bir tadqiqotchi va o'quvchlar uchun asos vazifasini bajarib, o'rganilayotgan obyektni yanada takomillashib, sayqallanib borishida muhim ahamaiyat kasb etadi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish