Semema va sema munosabati. Sema turlari reja: Nomema va semema haqida



Download 37,48 Kb.
bet5/7
Sana22.07.2022
Hajmi37,48 Kb.
#835824
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SEMEMA VA SEMA MUNOSABATI

o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanadigan atash,
ifoda va vazifa semalarining bir butunligidir. Bu ta’rifdagi juda muhim
bo’lgan bir tomonga e’tibor berishimiz lozim. Bu ham bo’lsa sememaning
leksemaning o’zidan emas, balki leksemaning o’xshashlik va
qo’shnichilik munosabatlari orqali aniqlanishidir. Jumladan, [ona]
leksemasini olaylik. Uning ma’nosi quyidagicha: «Bir ota-onadan
tug’ilgan farzandlar ichida o’zidan kichiklarga (ukalariga, singillariga)
nisbatan katta qiz». Demak [ona] leksemasining sememasi bevosita shu
leksemaning o’zidan emas, balki uning [ota], [ona], [farzand], [uka],
[singil] kabi leksemalar orasida mavjud bo’lgan, bevosita kuzatishda
berilmagan, ammo ayni vaqtda ongimizda yashovchi munosabatlarning
jami orqali aniqlanadi. YOKI [ol] fe’l leksemasining sememasi shu
leksemaning [ber-], [sot-], [uzat-] kabi leksemalar bilan bo’lgan ma’no
va vazifa munosabatlari orqali aniqlanadi. Leksemalar orasidagi yuqorida
qayd etilgan munosabatlar aslida ongimizda mavjuddir. Ya’ni, bunday,
(Munosabatlar hahiqiy bo’lib, ular leksemalarning ziddiyatlarida,
o’xshashlik va qo’shnichilik munosabatlarida aks etadi.
Semema til birligiga xos tomon bo’lganligi uchun bevosita kuzatishda
berilmaydi. U leksemalarning o’zaro munosabatlari, leksemalarning
tahlili orqali ochiladi. Barcha til birliklari kabi semema ham nutqda
voqelashadi, yuzaga chiqadi, aniqlashadi. Quyida shu masalaga
to’xtalamiz.
Bir sememali va ko’p sememali leksemalar. An’anaviy tilshunoslik bir
(Ma’noli (monosemantik) va ko’p ma’noli (polisemantik) so’zlarni
farqlaydi. Bu jarayonda u, asosan, nutqiy ma’nolarga tayanadi. Nutqiy
birliklar, jumladan, nutqiy ma’nolar turlicha bo’lganligi sababli bir
ma’nolilik, asosan, ilmiy va xususiy atamalarga (terminlarga), sanoqli
so’zlarga xos deb tan olinadi. Ko’p ma’nolilik esa ko’plab so’zlarga xos
deb hisoblanadi. Bir ma’noli so’zlar sirasiga ilmiy atamalardan boshqa
ko’pincha yangi so’zlar, qo’llanish doirasi (qo’shnichilik munosabatlari)
o’ta tor bo’lgan so’zlar kiritiladi. Masalan, (darz ketmoq), (cho’rt
kesmoq), (tarq yorilmoq) va h. k. Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi
so’zlar ham asta-sekin qo’shimcha ma’nolarga ega bo’lib, qo’llanish
doiraysini kengaytirib, ko’p ma’nolilik hosil qiladi. Til va nutq
hodisalarini izchillik bilan farqlovchi sistem tilshunoslik (sistem tahlil)
bu masalaga boshqacha yondashadi. U til va nutq birliklari orasidagi
asosiy xususiyatlarni ochishga intiladi. Sistem tahlilning eng asosiy
tushunchalari: barqaror butunlik barqaror til birligi (invariant) va
o’zgaruvchan nutqiy ko’rinish (variant) tushunchalaridir.
Barqaror birliklar va nutqiy ma’no. Til birliklari bevosita kuzatishda
berilmaganligi, muayyan moddiy shaklga ega bo’lmaganligi sababli ular
barqaror birliklar hisoblanadi. Til birliklari ma’lum bir butunliklarning
tizimlarning tarkibiy qismi, elementi sifatida ayni butunlik qurilishida
barqaror o’ringa ega bo’ladi. Chunonchi, tor, lablangan unli bo’lgan [u]
o’zbek tili unlilar tizimida shu ikki barqaror belgisiga ko’ra o’zining
aniq o’rniga egadir. U unlilar sistemasida torlik belgisiga ko’ra o’rta
keng, [u] va lablanganlik belgisiga ko’ra esa tor, lablanmagan [i] ga
ziddir. Binobarin, [tor, lablangan unli] barqaror til birligi (butunlik)
sanaladi. Bu barqaror butunlik nutqda, nutq shakli, nutqdagi o’z qurshovi
ta’siri ostida turlicha ko’rinishlarda voqelashadi. Jumladan (u) tovushi
(burun, butun, tutun) kabi so’zlarda oraliq va o’ta qisqa (qur, qul, qush,
quruq...) so’zlarida qattiq va qisqa, (ko’rak, tun, tushkun, surgun...)
so’zlarida yumshoq va qisqa, (bu, unli, u, undosh...) so’zlarida esa oraliq
va cho’ziq kabi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Bulardan tashqari, har
bir shaxsning nutq a’zolari, ovozi (yozuvda esa dastxati) o’ziga
xosliklarga egadir. Har bir shaxs u unlisini o’ziga xos talaffuz etadi
(yozadi). Bularning barchasi tilda barqaror butunlik bo’lgan [-tor,
lablangan] u unlisining nutqiy ko’rinishlaridir. Bunday ko’rinishlar
moddiy xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qilishi mumkin.
Masalan, eski turkiy tilda –g’un (turg’un so’zida) va -kin (keskin so’zida)
orasida anchagina jiddiy farq bo’lishiga qaramay, ular aslida
morfemaning (qo’shimchaning) turlicha nutqiy ko’rinishlaridir. YOKI
HOzirgi o’zbek tilining (ishlat) so’zidagi (t) va (yozdir) so’zidagi (-dir)
ayni bir qo’ushimcha (orttirma nisbat morfemasi)ning ikki nutqiy
ko’rinishidir.
Sistem tahlil nutqiy ko’rinishlarni va barqaror til birliklarini farqlash
uchun bog’likq (noo’xshash) qurshov (qo’shimcha distributsiya,
dopolnitelnaya distributsiya) va erkin (o’xshash) qurshov (kontrast, zid,
qarama-qarshi distributsiya) tushunchalaridan foydalanadi. Erkin
(o’xshash) qurshov barqaror, mustaqil til birliklariga xosdir. Masalan,

Download 37,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish