Etimologiya so`zlarning kelib chihish masalalari, so`zning genetik ma`nosi, asl ma`nosi, so`zning ichki ma`nosi bilan shug`ullanadi.
Tilda mavjud bo`lgan barcha so`zlar o`zining dastlabki ma`nosiga ega bo`lib, ayrim so`zlar keyingi taraqqiyotda boshqa ma`noga ko`chgan bo`lishi mumkin. Shunga ko`ra so`zlarni turli guruhlarga bo`lib, ularni etimologik jihatdan o`rganamiz. Masalan, joy nomlari etimologiyasi, narsa-buyumlar etimologiyasi, meva nomlari, hayvon nomlari, oziq-ovqat nomlari, kiyim-bosh nomlari, kishi nomlari, o`simlik nomlari va hokozolar etimologiyasi bo`lib, ular kelib shiqishi va dastlabki ma`nosiga ko`ra o`rganiladi. Etimologiya ilmiy etimologiya va xalq etimologiyasi kabi ikki turga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |