partal ochsa 1 kun to’yib uxlashi va yaxshigina oziqlanishi kerak. Keyin
bu yerdagi holatdan ham kimdir axborot berib turishi kerak..
-Endi qachon yo’lga tushamiz?
-Sog’ayishing bilan!
IZOLYATOR XONA
-Hoy! Hoy kimdir meni eshityaptimi? – Layla jahl bilan baqirdi
-Nima deysan? – deb Alya qafasning oldida paydo bo’ldi
-Hoziroq meni chiqarib yubor!
-Yana nimani istaydilar – dedi Alya ta’zim qilib, keyin uning ko’zlari
g’azabdan qisildi – sen tufayli Marinetning o’lishiga bir bahya qoldi..
-Hoziroq eshikni och! Senga ziyon yetkazmoqchimasman.
-Hazillashyapsanmi? Qafasda turgan menmas sen.
- Uff. Boshqa vaziyat bo‘lganida aslo bu ishni qilmagan bo‘lardim.. -
dedi Layla g‘azablanib - qizaloq menga bir nazar sol...
Alya Laylaga qaradi. Laylaning yoqutdek qizil ko‘zlari Alyani 5 soniyada
gipnozladi.
- Alya eshikni och! - buyurdi Layla
- Albatta malikam!! - Alya eshikni ochdi. Endi Alyaning ko‘zlari
siyohrang tusga kirgandi.
- Alya ukam Filip qayerda? - dedi Layla
- Filip Agrestlar uyida, malikam! - dedi Alya uning ko‘zlaridan ko‘z
uzolmay
- Barakalla - deb Layla Alyani bo‘yniga zarba berib xushidan ketkizdi. Uni
qafasga olib kirib zanjirladi va eshikni mustahkamlab qulfladi.
- Afsusdaman Alya sehrli gipnozim 1 daqiqadan oshmaydi. Yo‘qsa
sendan yaxshi xizmatkor chiqardi- deya Agrestlar uyi tomon yo‘l oldi.
******
AGRESTLAR UYI...
- Marineeeet agar 2 daqiqada tayyor bo‘lmasang sensiz ketamiz - deb
Marinetning xonasini taqillatdi Adrien
- Hozir 1 daqiqa!!! - baqirdi Marinet.
- Qizlarning bari shunday havfli sayohatga ketishayotgan bo‘lishsa ham
pardoz qilmay uydan chiqishmaydi - dedi Erik
- Nega barchasi ekan. Masalan men hammadan birinchi tayyor
bo‘lganman - dedi Kagami
Kòp o‘tmay vanihoyat Marinet ham xonasidan chiqdi. Ustiga sayohat
uchun Emily tanlagan kiyimi, sochlarini esa tepaga yig‘ib olgandi.
- Hammangizga omad tilaymiz! - dedi janob Gabriel uyni tark
etishlaridan avval - izlagan narsangizni albatta topishingizga
tilakdoshmiz.
- Nima bo‘lganda ham o‘zingizni ehtiyot qiling - deb Marinetni bag‘riga
bosdi Emily
- Xloya ko‘rinmaydi? - dedi Kagami
- U hayrlashishni yoqtirmaydi - dedi Nino
- Safaringiz bexatar bo‘lsin. Har kuni aloqaga chiqinglar - deb
xayrlashuvni tugatdi janob Gabriel
******
- Kimdir menga aytolmaydimi? Nega samalyotda emas, vertolyotda
emas.. va hattoki poyezdda ham ketmasdan nega mashinada ketyapmiz
- deb baqirdi Marinet sayohatning 2-kunida...
- Mari biz samalyotda o‘zimiz istagan joyga qo‘nolmaymiz. Qolaversa
mashina qulay ko‘pchilik orasida siqilmaymiz - dedi rulda o‘tirgan
Adrien
- Yaxshi unda qayerga ketyapmiz buni ham aytmaysizlarmi? - deb
tevarak atrofdagi o‘rmonzorga qaradi Mari
- Agar yo‘ldan adashmayotgan bo‘lsak hademay ko‘lga yetib boramiz
shundaymi Erik? - deb yonida o‘tirgan Erikka qaradi Adrien
- Albatta lekin suv vampirlari muqom bir joyda yashamaydi. Sharoitlari
yoqmadimi boshqa yerga ko‘chib ketishadi.
- Suv vampirlari bilan tezroq ko‘rishishni istardim. - dedi Marinet
sevinganidan
- Sen ularni suv parilari bilan adashtirib yuborma tag‘in. Suv
vampirlarining ko‘rinishi umumman boshqacha - dedi Erik
- Ya'ni qanday? - dedi Marinet unga qarab
- Ko‘rganda bilasan. Aytishadiku ming marta eshitgandan bir marta
ko‘rgan yaxshi deb.. - dedi Erik unga mashina oynasidan tikilib..
Buni sezgan Adrien mashina oynasini burib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay
o‘rmondan chiqaverishda ular ko‘lga duch kelishdi. Ko‘l suvlari tiniq,
quyosh nurida xuddi oltindek tovlanardi.
- Menimcha biroz dam olsak zarar qilmaydi - dedi Erik
- Menimcha esa tezroq suv vampirlari bilan uchrashishimiz kerak - dedi
Adrien ko‘lga qarab.
- Menimcha esa ikkingiz ham ov qilib olishlaringiz kerak. Axir 2 kundan
beri ovga chiqmadingiz - dedi Kagami
Adrien va Erik o‘rmon ichiga qaytib kirib ketishdi. Kagami va Marinet
esa ko‘l bo‘yiga shinamgina joy hozirlashdi. Yarim tun bo‘lsa hamki
Erikdan ham Adriendan ham darak yo‘q edi. To‘lin oyning aksi ko‘lning
o‘rtasida tovlanganida atrofdan yoqimli nay ovozi eshitila boshladi.
- Kagami sen ham eshityapsanmi? - deb so‘radi Marinet Kagamiga
qarab. Kagamiga qaraganda esa qo‘rquvdan chinqirib yuboray dedi.
Kagamining ko‘z qorachig‘lari oqarib manqurtdek ko‘l tomonga yurib
keta boshladi.
- Kagami to‘xta qayoqqa ketyapsan? - deb Marinet uni ushlab
qolmoqchi edi ammo Kagami uni urib nariroqqa otib yubordi.
Shu payt kólda suvlari jilvalanib nay chalayotgan qizning sharpasi
kórindi. Qiz nayda juda chiroyli va sokin kuyni chalar ekan, Kagami
tobora ko‘lga sho‘ng‘ib ketaverdi. Soniyalar o‘tmasdan undan nom
nishon ko‘rinmasdi. Marinet o‘rnidan turib nay chalayotgan qiz tomon
yaqinlashdi. Uni ko‘rgan qiz nay chalishni to‘xtatdi. .
- Judayam qiziiiiq - dedi u Marinetga biroz yaqinlashib, xidladi - sen
bo‘ritus emassan.. qiziiq. . Hatto oddiy odam ham emassan.. sendan
vampir ifori ham kelmayapti.. qanday jonzotsan o‘zi??!
- Men insonman - dedi Marinet qizga boshdan oyoq razm solib.
Qiz o‘rta bo‘ylik, nozik qomatli, sutga chayilgandek oppoq yuzli va tan
olish kerakki juda ham go‘zal.. uning oy nurida tovlanib turgan ko‘zlari
kumushrangda sochlari ham shunga monand.. bu qizning g‘ayrioddiy
jihatlari esa quloqlari va oyog‘ida edi. Qizning quloqlari uzunchoq va
antiqa shaklda xuddi elflarniki singari.. oyoqlari esa suv yuzida yerda
yurgandek bemalol harakatlanardi.
- Yo‘q sen aldayapsan.. men yolg‘onchilarni yoqtirmayman.. to‘g‘risini
ayt sen kimsan?? - dedi qiz unga yanada yaqinroq kelib
- Aytyapmanku men oddiy insonman.. endi esa o‘zlaridan so‘rasak kim
bo‘ladilar??
- Mening ismim Sirena. Suv vampirlari malikasiman.
- Suv vampirlari malikasi!! - hayratlandi Marinet - Kagamini nima
qilding?
- Anavi bo‘ritusnimi? Havotirlanma u oziq ovqat omborimga
joylashtirildi.. - dedi Sirena mayin jilmayib
- Aytmoqchisanki...
- Ha uni yeyman. Aniqrog‘i qonini ichaman.. bo‘ritus qoni nihoyatda
mazali bo‘ladi. Lekin sen undan emas o‘zingdan havotir olishing kerak -
deb Sirena unga tashlandi.
Marinet bunday bo‘lishini kutmagandi. Sirena uni mahkam ushlab ko‘l
tubiga olib kirib ketdi.
*******
Erik va Adrien tun bo‘lsa hamki o‘rmonda kattaroq hayvonni
uchratishmadi..
- Shunday katta o‘rmonda yirtqich hayvon yo‘qligi seni
ajablantirmayaptimi? - dedi Adrien
- Ha. Bu yerda bir gap bor..
- Suv vampirlari bilan nega uchrashganding? - deb so‘radi Adrien ulkan
harsang ustiga chiqib
- Oy tumori toʻqson toʻqqiz foiz ularda bo‘lishi mumkin.. - deb
Adreinning yoniga o‘tirdi.
- Nega bunday o‘ylayapsan?.
- Sababi oy tumori cheksiz husn va yoshlik beradi. Oy tumori yordamida
eng kuchli vampirni ham gipnozlash mumkin. Endi miyyangni yaxshilab
ishlat. Suv vampirlari odatda uzoq yashay olishmaydi. Tahminan yuz
yoki ikki yuz yil yashashi mumkin. Ammo suv vampirlari qiroli Triton
hamda uning qizi malika Sirena men tug‘ilgan vaqtdan beri yashab
kelmoqda. Suv vampirlari bilan bir necha hafta yashagan bo‘lsam ham
malika Sirenani umumman ko‘rmadim. Uni tengsiz go‘zal deyishdi. Bu
esa oy tumori tufayli. Agar malikani ko‘rganimda unda tumor bor
yo‘qligi bilib olish qiyin emas.
- Demak Oy tumori malikada ekanligiga ishonching komil.. shundaymi?
- Malikada ekanligiga yana bir misol : Oy tumori egasi uchun oddiy
odamdan ko‘ra vampir va bo‘ritus qoni asosiy ovqat manbayi. U
yerdaligimda ko‘p marta bo‘ritus qonini his qilganman.
- Aytmoqchisanki malika bo‘ritus qonini yaxshi ko‘radi.. - deb Adrien
gapirishdan to‘xtab qoldi
Ikkisi ham bir birga qo‘rquv bilan qarashdi va tengdaniga baqirishdi :
-Kagami!!
Parij..
Malika Layla Luka va Xloyadan boshqa hammani Alya turgan qafasga
joyladi. Xloya va Luka mashq qilgani shahardan biroz uzoqroqdagi
qabristonga ketishgandi.
- Sizlardan oxirgi marta so‘rayapman.. Ukam Erik qayoqqa ketdi.. - dedi
g‘azabdan baqirib
- Bilmayman dedim-ku - deb qafas panjaralariga yaqinlashdi Gabriel. -
ular hech kimga aytmay ketishdi.
- Jin ursin.. Sehrli gipnozimni ikki kun oldin manavi vampirchaga
ishlatgandim.. - deb ko‘zi bilan Alyaga ishora qildi - atigi bir kun.. bir
kundan keyin hammasini bilib olaman - deya panjaralarga vampirlarni
kuydiruvchi suyuqlikni surtib chiqib ketdi.
- Gabriel endi nima qilamiz.. - dedi yig‘lamsirab Emily
- Avvalo Alyani hushiga keltirishimiz kerak. - deb Gabriel kaftini tishlab.
So‘ngra kaftini Alyani og‘ziga yaqinroq tutdi. Alyaning kipriklari qimirlab
ko‘zlarini arang ochdi.. Alya Gabrielning qonini simirib ichdi. O‘zini
zo‘rg‘a tiyib yuzini burib oldi.
- Alya portal ocholasanmi? Hozir bizga judayam keraksan? - dedi Emily
Alyaning qo‘llaridan mahkam ushlab.
******
Marinet Sirenani suv osti qasridagi zalda ikki ustunga zanjirband
qilingandi. Marinet qancha urinmasin qo‘llaridan nur chiqara olmasdi.
- Xo‘sh endi aqling kirib menga kimligingni aytasanmi?? - deya Sirena
xanjari bilan Marinetni yuzini siladi
- Aytyapmanku oddiy insonman - dedi Marinet yuz marta
-Oddiy inson suv ostida gapirish tugul nafas ham ololmaydi. Sen.. senda
qandaydir qudrat bor.
Shu on bumerang uchib kelib Marinetni ushlab turgan zanjirlarni uzib
tashladi. Bumerang Adrienning qo‘liga qaytib keldi.
- Malika Sirena mehmonlaringizni shunday kutib olasizmi? - dedi ta‘zim
qilib
- Sen yana kim bo‘lding? - dedi malika Sirena qoshini chimirib
- U mening do‘stim! Bu qiz esa Mariyanna Salvadora - dedi
qayoqdandir sakrab paydo bo‘lgan Erik.
- Nahotki bu qiz... - Sirena hayrat bilan Marinetga qaradi. Va darhol uni
oyoqlariga yiqilib ta‘zim qildi - kechiring xonim.. sizni taniy olmaganim
uchun.. bir qoshiq qonimdan keching..
- Aslini olganda... - Marinet men Mariyanna emasman demoqchi edi,
ammo Erik unga yo‘q ishorasini qildi.
- Mayli seni kechirdim.. endi zudlik bilan Kagamini qaytar! - dedi
Marinet iloji boricha qattiqroq gapirdi.
Zum o‘tmay Kagamini olib kelishdi. U hushsiz yotardi.
- Endi esa xurmatli malika Sirena.. sizlarni shuncha yil yashashlaringizga
sababchi bo‘lgan va aslida menga tegishli bo‘lgan tumorni
qaytarishingizni so‘rayman.
- Ammo shahzoda Erik.. aslida voris sizligingizni bilaman.. biroq bu
tumorga men ham ancha yillar egalik qildim. - deb Sirena oy tumorni
mahkam ushladi
- Agar voris tirik ekan boshqa vampir to‘liq qudratni boshqarolmasligini
eslatib qo‘yaymi? - deb Erik malika tomon yaqinlashdi.
- Yaxshi unda keling bir o‘yin o‘ynaymiz.. menda bu tumorni nusxalari
bor. Orasidan haqiqiysini tanlab olsangiz tumor sizga. Topa olmasangiz
tumor menda qoladi. Menga tumorni husn va yoshlik berib turishi ham
yetadi. Xo‘sh nima deysiz?
- Mayli roziman - dedi Erik
- Faqat tumorni Mariyanna xonim tanlaydi - deb ayyorona jilmaydi.
- Menmi??. Ammo - ikkilandi Marinet
- Sen buni uddalaysan - dedi Erik uning ikki yelkasidan ushlab o‘ziga
qaratdi.
Malika Sirena ichkariga kirib ketdi. Ko‘p o‘tmay u yerdan oltin patnis va
uni ustidagi oʻn ikkita oy tumori bilan chiqdi. Tumorlar har xil
ko‘rinishda har xil naqshlar bilan bezatilgan edi.
- Marhamat Mariyanna xonim tanlang. - deb Sirena patnisni unga
uzatdi.
Marinet ancha ikkilandi. Ko‘zi bilan barcha tumorni sinchiklab tekshirdi.
Banogoh patnis chetida ko‘zga uncha tashlanmaydigan, yarim oy
shaklidagi temir parchasini qo‘liga oldi. Sirena bunday bo‘lishini
kutmagan edi.
- Ishonchingiz komilmi? Oy tumorini siz shunday tasavvur qilasizmi? -
dedi biroz titrab
- Bilasanmi Sirena.. otam bir gapni doimo qaytaradilar. Kitobga
muqovasiga qarab baho bermagin deb.. men ularning gapini mana endi
tushinib boryapman.. - deya tumorni Erikga berdi
- Sizlar halol yutdingiz.. tumor sizniki. Ketishingiz mumkin - deb Sirena
jilmayib qo‘ydi.
- Sizga ham tumorni asrab kelganingiz uchun minnatdorchilik
bildiraman malika Sirena - deb Erik uning qo‘lini o‘pib qo‘ydi.
*******
PARIJ...
Malika Layla Gabrielni alohida xonaga olib kirib stolga mahkam
zanjirladi..
- Qani Gabriel ko‘zlarimga nazar sol!! - deb gipnozlashni boshladi. .
- Gabriel ukam Erik va o‘g‘ling Adrien qayoqqa ketishdi? - dedi undan
ko‘zini uzmasdan
- Ular oy va quyosh tumorini izlagani ketishdi, malikam - deb javob
qaytardi Gabriel ham uning ko‘zlaridan ko‘zini ololmay.
- Ular tumorlarni qayerdan izlashmoqchi?
- Ular suv vampirlari saltanatiga ketishdi, malikam..
- Oy va quyosh tumorini topgach nima qilmoqchisizlar?
- Boshqalar o‘ylashyaptiki, tumorlar topilgach Marinetni Qora Iblis tinch
qo‘yadi deb. Ammo asl haqiqat shundaki quyosh tumori topilgach voris
qo‘lida o‘tmish qaytalandi.. o‘tmishda g‘irromchilik bilan g‘olib bo‘lgan
yovuzlar bu safar mag‘lub bo‘ladi.. chunki Mariyanna Salvadora
qaytadi!!! - deb hayqirdi Gabriel.
Uning gaplaridan Malika Laylaning oq yuzi battar oqardi.
- Yo‘q yo‘q yo‘q.. Mariyanna qaytmaydi. Bunga yo‘l qo‘ymayman .. -
deya Gabrielning bo‘yniga zarba berdi.
****
- Luka qasam ichaman, agar boshqa joyga olib kelgan bo‘lsang seni
o‘ldiraman - dedi Xloya asabiylashib qora tuynukdan yurarkan.
- Agar to‘g‘ri ketayotgan bo‘lsakchi? Unda nima qilasan.. - dedi undan
biroz oldinda emaklab ketayotgan Luka.
- Unda omon qolasan. Faqat meni manashu tor iflos va qorong‘u
tuynukdan yurgizayotganing uchun bir musht yeysan. - deya javob berdi
Xloya
- Bunaqasi ketmaydi.. bitta shartimni bajarasan.
- O‘ylab ko‘raman..ammo vada bermayman..
Ko‘p o‘tmay ular izolyatorli xonaning yashirin tarafidan chiqishdi.
- Ana senga aytmaganmidim.. - dedi o‘zidan g‘ururlanib Luka - endi bitta
shartimni bajarasan..
- Men va'da bermaganman.. o‘ylab ko‘raman degandim.. o‘ylab ko‘rdim
hech qanday shartni bajarmayman - deb ayyorona jilmayib qo‘ydi Xloya
- Bolalar bu yerda nima qilyapsizlar hoziroq ketinglar - dedi astalik bilan
Emiliy ularni ko‘rib qolib.
- Bi yerdan sizlarsiz ketmayman - deya Xloya panjaraga yopishdi ammo
unga surilgan kislotadan qo‘llari kuyib ketdi.
******
Quyoshning zarrin nurlaridan o‘ziga kelgan Kagami unga mehr bilan
jilmayib turgan Erik Adrien va Marinetni ko‘rib ularga hayron qaradi.
- Nimanidir o‘tkazib yubordimmi? - dedi u ko‘zlarini katta katta ochib
- Ha anchagina narsani - dedi kulib Marinet
Mashina quyosh nurlarida toblanib yurarkan, Marinet Kagamiga bo‘lib
o‘tgan voqealarni aytib berdi. Kagami malika Sirena bilan bo‘lgan
holatdan anchagacha hayratlanib ketdi.
- Endi qayoqqa boramiz? - deb so‘radi Marinet
- Endi quyosh tumorini olgani boramiz. Ko‘nglim sezib turibdi.. Quyosh
tumori Mariyannaning birodarlarida.. - deb javob berdi Erik
- Birodarlarida?? Ular kimlar? - deb so‘radi Kagami
- Havo vampirlari haqida eshitganmisizlar - dedi Erik mashina oynasidan
ularga qarab qo‘yib..
- Havo vampirlari Jomolungma tog‘ida yashashadi - dedi Kagami
- Aniqroq aytadigan bo‘lsak Everest cho‘qqisida - dedi Adrien - xo‘sh
o‘ylashimcha rejang bo‘yicha ular ham Marinetni ko‘rishib Mariyanna
deb o‘ylashadi va bizga tumorni berishadi shundaymi?
- Deyarli. Ammo ular juda sezgir. Agar Marinetni Mariyanna emasligini
bilib qolishsa hammamizni tilkalab Everestning cho‘qqisidan
uloqtirishadi - dedi Erik
- Stooppp!! - baqirdi Marinet - mashinani to‘xtating..
Mashina keskin to‘xtadi. Marinet yurgirib pastga tushdi va ko‘ngli aynib
qayd qildi.
- Ahvoling yaxshimi Mari? - Adrien uni yelkasiga qo‘lini qo‘yib turgizdi.
- Adrien iltimos u yerga bormaylik.. judayam qo‘rqayapman.. meni deb
sizlarga biror narsa bo‘lsa..
- Tshshsh..- Adrien uni lablariga barmog‘ini bosdi - hech kimga hech
qanday ziyon yetmaydi vada beraman..
- Seni haqiqiy Mariyanna qilib o‘zgartirishga esa men vada beraman -
deb Erik ular tomon yaqinlashdi..
PARIJ...
Xloya kuygan qo‘llariga qarab baqirmaslikka harakat qilardi. Luka darhol
bilagini kesib uning qo‘llariga qonidan tomizdi. Kuygan joylar asta sekin
bita boshladi..
- Xo‘sh-xo‘sh mehmonlar kelishibdimi? - ularning ortidan Laylaning
vishshilagan ovozi keldi.
- Sen! - jig‘ibiyroni chiqdi Xloyaning - seni o‘ldiraman!
Unga tashlanayotgan vaqtida Layla chaqqonlik bilan Gabrielni xushsiz
tanasini bo‘g‘izladi. Xloya arang bir necha qadam narida to‘xtadi.
- Qani nega to‘xtab qolding.. bo‘laqol kel. Meni o‘ldirmaysanmi? Agar
yana bir qadam yaqinlashsang Gabrielni kallasini uzib olaman. - deya
tirnoqlarini xanjardek o‘stirdi. Xloya joyidan qimirlamadi.
- Barakalla aqilli qizaloq. Endi esa ko‘ppak sen qamoqni eshigini och. -
deb Layla Lukaga kalitni otdi .
Luka jahl bilan eshikni ochdi.
- Qani vampircha ichkariga oyijoningni oldiga kir! - buyurdi Layla -
barakalla. Endi esa sen! - dedi Lukaga qarab.
Ular ichkariga kirishgach Layla Gabrielni ularga qarata otdi. Va zudlik
bilan eshikni yopib kalitni cho‘ntagiga soldi.
- Ming afsus.. sizlardek ahil oilani yolg‘iz tashlab ketishga majburman.
Sevimli ukajonim va erkatoy o‘g‘lingizdan xabar olmasam bo‘lmaydi. -
deb yovuzlarcha kulgancha ketdi.
- Ablax agar uni yana bir bora uchratsam kallasini uzib Senaga otib
yuboraman. - dedi tishlarini g‘ichirlatib Xloya
- Nega bu yerga keldingiz? Sizlar hozir Marinet va Adrienga keraksizlar.
-dedi Emiliy asabiylashib
- Biz sizlarni qutqarmoqchi edik . - dedi Luka o‘rnidan turib Gabrielni
qulay qilib yotqizib qo‘ydi.
- Aytgancha Alya nega sen portal ochmayapsan. Hammamiz ozod bo‘lib
anavi tulkini yo‘q qilib yuborardik - Luka bir chekkada tizzalarini quchib
o‘tirgan Alyaga qarab.
- Birinchidan men ochman. Kuchim yetmaydi. Ikkinchidan biz izolyator
qafasdamiz. Bu yerda sehrli kuchlar ishlamaydi. - deb yuzini berkitib
oldi.
- Nino tur o‘rningdan. Birgalashib panjaralarni buzishga harakat qilamiz
- deb Lukaga bo‘riga aylandi.
- Ammo.. Luka.. - Nino gapini tugata olmadi.
Shaxt bilan panjaraga o‘zini urgan Lukani panjaraga tekkan joylari
achishib kuyib ketdi. Shu payt izolyatorli xonani eshiklari asta g‘ichirlab
ochildi. Baland poshnani taqillagani eshitildi. Hamma eshik tarafga
qaradi va ularga qarab kulib turgan Julikani ko‘rishdi.
Suv vampirlari ko‘li...
Layla qushdek uchib ko‘lga yetib keldi. U hech ikkilanmay ko‘l tubiga
sho‘ng‘idi. Layla suv vampirlariga qasriga qo‘rqmay kirib bordi. Negadir
hech kim yo‘q. Layla malika Sirenaning xonasiga bordi. Sekin ichkariga
kirib atrofni titkilab Oy tumorini qidira boshladi. Bir vaqt tashqaridan
kimningdir kelayotganini sezdi. Zudlik bilan shkafga yashirindi. Kirib
kelgan kimsa qari kampir edi. U yuziga to‘r parda tutib olgandi. Kampir
jahl bilan stoldagi taroqni olib toshoynaga otib yubordi. Oyna chil chil
sindi. Layla tirnoqlarini xanjar qilib o‘stirdi va shkafdan tovushsiz chiqdi.
Kampirni bo‘yniga tirnoqlarini tirab dedi :
- Malika Sirena qayerda??
Kampir yonidan xanjarini chiqarib uning tirnoqlarini kesib tashladi.
Shunda Layla kampirni yuzini ko‘rdi. Kumushrang so‘lg‘in ko‘zlarni
arang tanidi..
- Ss- Sirena? - deb Layla hayratdan tutilib qoldi..
- Salom Layla.. ko‘rishmaganimizga ancha bo‘ldi - dedi qarib ketgan
malika Sirena...
- Sirena? Rostan ham bu senmisan? - dedi Layla haliyam ko‘zlariga
ishonmasdan
- Ha menman. Soat sayin qarib holdan toyiyapman. Men bilan
xayrlashib olgani keldingmi? - dedi Sirena kursiga o‘tirib olib.
- Sen ularga tumorni berib yubordingmi? - deb baqirdi Layla
- Ular tumorni halol yutib olishdi - deya qoshlarini chimirdi Siren
- Ahmoq agar ular quyosh tumorini ham topishsa Mariyanna qaytadi.
Ana o‘shanda sen ham men ham tamom bo‘lamiz...
- Mariyanna Salvadora qaytgan emasmidi? - deb ko‘zlari katta katta
bo‘lib ketdi Sirenaning
- Albatta yo‘q. Ammo sening sharofating bilan u qaytishga bir qadam
tashladi. - deb Layla asabiy qo‘llarini zanjir qilib turib oldi
- Ular meni aldashdi - pichirladi Sirena - aldashdi.. aldashdi .. men
ularga halol o‘yin taklif qilgandim. Ammo ular meni bu o‘yinni taklif
qilishim uchun qiyofadoshdan foydalanishdi.. aldashdi. . Aldandim .
- Sirena mabodo qarib miyyang suyilib qolmayaptimi? Senga yoqimli
o‘lim o‘zimga esa omad tilayman - deb Layla Sirenaning oldidan chiqib
ketdi...
********
PARIJ
Julika qafasdagi yaqinlari tomon qadam bosdi.
- Luka singil nega kerakligini bilasanmi? - deya u tomonga qaradi.
- Asabga tegish uchun - javob berdi Luka
- Ha to‘g‘ri. Lekin boshqa javob ham bor.. akalarni qiyin vaziyatlardan
qutqarish uchun ham - deb qafas eshigiga qo‘llari cho‘zib afsun o‘qidi.
Qafas eshigi ochilib barcha ozodlikka chiqdi.
- Rahmat Julika sendan qarzdormiz - dedi Emily
- Nima bilan to‘lashingizni keyinroq aytarman - jilmayib javob berdi
Julika
- Barakalla singiljon -dedi Gabrielni ko‘tarib olgan Luka
- Maqtov uchun tashakkur ammo yana mensiz ish qilsang keyingi gal
qutqarmayman ..
- Gap sotishning vaqti emas. Nino Alyani ko‘targinda yaqinroqdagi
o‘rmonga olib bor. Alya sen to‘liq quvvatlan. Oyi siz dadam bilan uyga
boring. dadamga yaxshilab qarang.. Luka va Julika safarga tayyorlaning
Alya to‘liq quvvatlanishi bilan portal orqali Laylaning oldida paydo bo‘lib
uni yo‘q qilib tashlaymiz - dedi Xloya barchaga qarab.
- Xo‘p bo‘ladi Boss - deb Nino Alyani ko‘tarib birinchilardan chiqib
ketdi.
*********
- Menga kimdir aytoladimi? Bu nima uchun kerak - deb Marinet 2 metr
balandlikda tortilgan arqonga qarab
- Marinet nima desam ekan.. seni ko‘zlaring chiroyli ammo unda
Mariyanna bor qat‘iyat va mag‘rurlik yo‘q - dedi Erik Marinetga qarab
- Nima endi dor o‘ynaymanmi? - ko‘zlari katta katta bo‘lib ketdi
Marinetning
- Ha.. qani boshla - deb Adrien Marinetni qo‘lidan ushlab ko‘tardi. Dorga
qadam qo‘ygan Marinetning oyoqlari titray boshladi..
- Namuncha qaltiramasang - dedi Kagami
- Men balandlikdan qo‘rqaman - deb ko‘zlarini yumib oldi Marinet
- Shu ikki metr ham balandlik bo‘lsa Everstga qanday chiqmoqchisan -
dedi Erik
Marinetning esa oyog‘i toyib yiqildi.. uni Adrien tutib qoldi. Erik chuqur
xo‘rsinib ortiga burilib qarshisidagi qo‘riqxona tomonga yugurib ketdi.
Uni ortidan esa Kagami. Kagami Erikni o‘ldirilgan kiyik tepasida ko‘rdi.
Erik kiyikni qonini ichardi.
- Yoqimli ishtaha.. -deb Kagami nariroqdagi harsang tosh ustiga o‘tirdi.
Erik tashnaligini qondirib Kagamini oldiga o‘tirdi.
- Erik .. Marinetga har qaraganingda ko‘zinga Mariyanna bo‘lib
ko‘rinadimi? - deb so‘radi Kagami
- Nega so‘rayapsan? - dedi Erik beparvo
- Sen Marinetga shunday qaraysanki, xuddi dil izhor qilolmagan
sevgiling boshqasi bilan yurgandek..
- Marinet Mariyanna bo‘lolmaydi. To‘g‘ri Marinet ham yomon emas..
ammo Mariyanna tengsiz edi ..men birinchi bor Marinetni ko‘rganimda
biroz ikkilangandim ammo endi aminmanki men Mariyannadan
boshqasini aslo sevolmayman.. Marinetga kelsak u shunchaki
qiyofadosh! Uni ko‘rsam Mariyannamni bir zum bo‘lsada yonimdagidek
his qilaman - deb Erik o‘ylanib jilmayib qo‘ydi
- U qanday edi?. Menga u haqida aytib ber..
- Umi? - biroz jilmaydi Erik - O‘taketgan qaysar, tili ham zahargina,
aytganini qiladigan.. jasur qo‘rqmas.. va juda go‘zal edi.. uning
ko‘zlaridan qat'iyat va mag‘rurlik ufurib turardi.. u bir qarashda
cho‘qqidagi burgut misoli edi.. u har doim kemasini to‘fondan omon
saqlab qolar, u go‘yo bo‘ron bilan bellashardi.. - deb osmonga
qaragancha gapirardi
- U qanday....??..Uzur yarangni yangilamoqchi emasmanuuu.. ammo..
u qanday o‘lgan? - deb ikkilanib so‘radi Kagami
- O‘lgan?? Kim aytdi uni o‘lgan deb?? Agar o‘lganida murdasi topilar
edi.. u g‘oyib bo‘ldi.. o‘sha mudhish kechada.. opamni shavqatsizliklari
haddan ortgan edi.. o‘sha tunda Mariyanna bilan uzoqlarga qochib
ketmoqchi edim.. bandargohda uni ancha kutdim. - chuqur xo‘rsindi
Erik - ammo Mariyanna kelmadi..
- Uni qidirmadingmi??
- Uni izlamagan joyim qolmagandi.. butun yer yuzini aylanib chiqdim..
ammo hech qayerdan uning daragi bo‘lmadi.
- Mayli ortga qayta qolaylik.. yana biz yo‘q ular bir baloni boshlashmasin
- deb Kagami o‘rnidan turdi
- Rahmat Kagami - deb Erik samimiy tabassum qildi.
- Nega?? - unga hayron qaradi
- Meni tinglaganing uchun!!
*******
Marinet yana necha marotabalab dorga chiqqan bo‘lsa shuncha
marta Adrienni qo‘liga yiqilib tushardi. Adrien esa uni tutib qolar va
yiqilgani uchun ,,jazo" sifatida yuzidan o‘pib qo‘yardi.
- Hoy Rameo va Julietta! - deb uzoqdan baqirdi Kagami - Tezroq
ketmasak bo‘lmaydi!
Ular narsalarni yig‘ishtirishib ko‘plab alpnistlar qabristoniga aylangan
Everest tomon yo‘l olishdi.
- B..bu..bunga aminmisizlar? - deya ko‘zlari cho‘qqini ko‘rib
qo‘rquvdan battar kattalashdi Marinetni
- Mari.. shundoq ham sekin yuryapmiz.. ammo tez yura olmaymiz ham ..
sababi qor ko‘chkisini ostida qolish niyatimiz yo‘q - dedi Kagami
- Men sovuqqotdim..- dedi shundoq ham hammadan ko‘ra issiq
kiyingan Marinet..
- Kagami balki .. sen - deb Adrien Kagamiga qaradi.
- Bu haqida hattoki o‘ylab ham ko‘rma.. havo vampirlari xududida
odamga aylanolmay qolishim mumkin. . - deb uni gapini bo‘ldi Kagami
- Yaxshi unda o‘zim aylanaman - deb Adrien sarg‘ish bo‘riga aylandi.. va
Marinetga yaqinroq yurdi..
Uning issiq harorati va uzun yunglari tufayli Marinet biroz bo‘lsada isinib
oldi.
- Rahmat Adrien - deb Marinet sarg‘ish bo‘rini tumshug‘idan o‘pib
qo‘ydi.
Sarg‘ish bo‘rining ko‘zlari baxtdan porlardi.
Uzoqdan esa ularni havo vampirlari kuzatib turishardi.
- Ular oddiy sayohatchi emasligini avvaldan sezgandim - dedi ortida
xuddi farishtaniki singari oppoq qanoti bor sochlari ham qordek oq
ko‘zlari esa muzniki singari moviy rangli, bo‘ynida esa ko‘ziga monand
olmos tog‘nog‘ich taqib olgan.. kiyimi ham boshdan oyoq oppoq vampir
yigit yonidagi sherigiga .
- Qanday? - deb so‘radi sherigi.. uning qanoti ham oppoq, ammo
ko‘zlari jigarrang sochlari esa olovrang edi..
- Anavini ko‘rdingmi Edjey? - dedi Moviy ko‘z vampir Adrienni sherigiga
ko‘rsatdi - u ham vampir ham bo‘tirus ya‘ni gibrit. . Bunaqasi haqida
eshitgandimku ammo hech ko‘rmagandim.. anavi kalta ko‘k sochdan
ham bo‘ritus isi kelyapti.. ulardan ko‘ra bo‘yi balandrog‘i esa vampir..
oddiy emas anchagina qadimiy vampir.. negadir ko‘zimga issiq
ko‘rinyapti...
- O‘xxo‘ detektiv bo‘pkete Klaus!! - deb Edjey sherigining yelkasiga bir
urdi. - xo‘sh anavi qorqiz haqida nima deysan? - deb Marinetga ishora
qildi
- Birinchidan ismim Nikalaus.. Klaus deb chaqirma, deb nechi marta
aytganman.. qizga kelsak, u oddiy odamlardek.. ammo unda odamlik
nishonasi yo‘q.. qiziiiq. .bu qizda oddiy odamda yo‘q narsa bor..
- Meni ham qiziqtirib qo‘ydingku..- deb sinchkovlik bilan Marinetga
tikildi Edjey
- Edjey darhol akamga xabar qil.. bu kelgindilarni maqsadini bilmaymiz..
xushyorlikni yo‘qotmaylik - dedi biroz havotirlanib Nikalaus
Edjey qanotini silkitgancha havo vampirlari qo‘rg‘oniga yetib keldi. .
Boshqa qasrlardan farqli o‘laroq, tashqi tomondan oddiy alpinistlar
uychasi bo‘lib ko‘ringan qasr ichki tomondan Ermitajni ham ortda
qoldiradigan darajada edi.. Edjey havo vampirlari qiroli huzuriga kirishga
ruhsat oldi.. uzun qizil gilamchadan yurib oq taxt xonasiga kirdi..Taxt
xonasi mohirona oq va tillarang bilan bezatilgandi.. to‘g‘ridagi oq va
tillarang taxtda ko‘rinishidan 26-28 yosh sochlari qordek oq kiyimi ham
shunga mos.. ko‘zlari och moviy yiltirab turibdi xuddi muz
parchasidek...ko‘rinishi viqorli..boshiga patli toj kiyib olgan qirol Lukas
o‘tirardi. Qirol Lukasning o‘ng tomonida bolaligidan yaqin do‘sti,
hozirda esa eng yaqin maslahatchisi, vaziri bo‘lgan Baltazar qora kursida
o‘tirardi. Bu rang unga mos edi, chunki Baltazarning qanotlari qora
rangda edi. Uni tanimaganlar undan qo‘rqishardi. Baltazar qanotiga
moslab qora kiyim kiyardi. Uning qanotlari orasidan esa keskir
qilichning qini yarqirab ko‘rinardi. Qirol Lukasdan chap tarafda esa
ko‘zlari va sochlari och jigarrang..lablari gul g‘uncha.. qanotlari oppoq
qiz o‘tirardi.. Qizning o‘ng qo‘lida uzun tillarang aso.. asoning uchida
esa quyosh shaklini eslatuvchi bezak bor edi.. qirol Lukasning eng
ishonchli ikki yaqinini yoniga olgandi..biri yaqin do‘sti bo‘lsa ikkinchisi
o‘gay singlisi Artemis.. Artemis o‘gay bo‘lsada akalarini juda yaxshi
ko‘rardi..
- Qirol Lukasga shon - sharaf bo‘lsin! - deya Edjey ta‘zim qildi
- Edjey xush kelibsan! Chegarada nima gaplar? - deb Lukas oq qadahda
qizil qondan xo‘plab
- Qirolim chegarada kelgindilar paydo bo‘lishdi. Ular 4 kishi..Avvaliga
ularni oddiy sayohatchilar deb o‘yladik. Ammo bittasi bo‘riga aylangach
ular o‘zga xudud vampirlari ekanligi ma‘lum bo‘ldi. Bo‘riga aylangan esa
gibrit ekan. Oralarida qadimiy vampir ham bor. Bo‘ritus qiz va oddiy
odam - qiz ham bor..
- Gibrit.. bo‘ritus..qadimiy vampir.. va odam. Naqadar qiziqarli..Naqadar
g‘alati jamoa..- miyig‘ida kulib qo‘ydi Lukas..- nima qilishni taklif
berasan qadrdonim Baltazar??
- Menimcha ularning maqsadi Quyosh tumori deb o‘ylayman.. ular shu
yergacha yetib kelishdimi demak ancha kuchli.. ularni qormahluq bilan
tanishtirsakmikin - deb o‘ylanib ham kulib javob berdi Baltazar..
- Naqadar yaxshi taklif.. Mariyanna xonim Quyosh tumorini ko‘z
qorachig‘imizdek asrashni buyirgan. Bu tumor bizga omonat..
Omonatga xiyonat esa kechirilmaydi..Edjey Nikalausga ayt..
qormahluqini kelgindilar bilan yuzlashtirsin - deb buyirdi..
Edjey ta‘zim qildi va qayta uchib ketdi..
- Senga bir narsa g‘alati tuyilmayaptimi? - dedi nozik qo‘ng‘iroqdek
ovozda Artemis
- Nimanidir sezdingmi? - Lukas unga tushunolmay qaradi
- Kelgindilarning kelishi va 2 kundan keyin bo‘ladigan marosimni
aytyapman. Quyosh va Oyning bir vaqtda tutilishi.. bunday holat har
300 yilda bir marta bo‘ladi. Kelgindilar esa buni oldindan
bilishadigandek tuyilyapti - deb Artemis asoni silab qo‘ydi.
- Marosim boshlanganda kelgindilar qormahluqning oshqozonida hazm
bo‘lishayotgan bo‘ladi - deb qo‘rqinchli jilmaydi Lukas....
******
PARIJ...
Havoning avzoyi buzilganini ko‘rgan Xloyaning ham kayfiyati tushib
ketdi..
- Qizalog‘im tashvishlanma.. hammasi joyida bo‘ladi - deb deraza
tokchasida g‘amgin o‘tirgan Xloyani Emily bag‘riga bosdi..
- Oyi..bilasizmi... haqiqiy ota onamni eslay olmayman.. ammo ularni
qotili haqida o‘ylayveraman.. aniq bilmasam ham Lukani aybsiz ekanini
sezaman.. oyi. Hech kim o‘z aybini tan olgisi kelmaydi.. ammo kimgadir
aybni to‘nkarish uchun bahona kerak. Lukani oldida juda hijolatdaman..
ota onamning ruhi oldida ham.. ammo. - Xloyani og‘zini Emily
barmoqlari bilan to‘sib qo‘ydi..
- Qizalog‘im.. Luka sendan hafa deb o‘ylamayman.. sen o‘zingni
qiynama..Sezyapman sen o‘zingni shuncha yillardan beri aybdor deb
xisoblaysan. Ammo bu taqdir.. hech kim peshonasiga nima yozilganini
bilmaydi.. mayli men dadangdan xabar olaman - deb ikkinchi qavatga
chiqib ketdi..
- Ammo.. ularni qotili kim bo‘lishi mumkin.. - deb gapini tugatib,
ko‘zlaridan yosh dumaladi Xloyaning. .
- Istasang men javob beraman - vishillagan ovoz eshitildi..
- Kim bu? - baqirib qo‘liga xanjar ushladi Xloya..
- Mehmonni ham shunday kutib olishadimi? - norozi ovoz endi eshik
tomondan kela boshladi..
- Agar dushmanim bo‘lmasang hoziroq chiq yo‘qsa. .
- Yo‘qsa nima qilasan! O‘lgan dadajoningga aytib berasanmi? - kinoyali
kulgi butun uyni tutib ketdi..
Eshik va derazalardan mayda oq nurchalar uchib kirib qum zarralari
singari birlashishdi va bir qizning qiyofasi so‘ngra tanasini hosil qilishdi. .
- Sen yana kim bo‘lding? - deb Xloya xanjarni unga tiradi.
- O‘zimni bunday odobsizlarcha tutib uyinga kirganim uchun, ma'zur
tutgaysan xonim afandi.. o‘zimni tanishtirsam ismim Zubeyra G‘ulomiy..
malika Laylaning sodiq quliman.. aytgancha o‘zlari ko‘rinmaydilar..
menga manashu manzilni aytgan edilarku - deb atrofga qaradi..
- Hali ayyor tulki Laylaning quliman degin - deb jahl bilan Xloya unga
tashlandi
Hech narsaga tushinmagan Zubeyra yana zarrachalarga aylanib uning
atrofida aylandi.. Zarrachalar aylanib Xloyani tobora qisib boraverdi..
*********
Ajoyib to‘rtlik cho‘qqi tomon ildam va hech qanday to‘siqlarsiz
ketishardi.. toki Kagami qoqilib yiqilmaguncha...
- Voy oyog‘im.. bu nima balo bo‘ldi?? - deya Kagami oyog‘ini ushlab dod
solardi..
- Qani nima bo‘ldi? - deb so‘radi Erik va Kagamini oyog‘ini ushladi.. -
xavfli joyi yo‘q.. biroz payi cho‘zilagan..
- Biroooz??!! - deyarli jahl bilan baqirdi Kagami - axir oyog‘im uzilib
tushay dediku..
Adrien esa bo‘ri qiyofasida Kagamini oyog‘i urilgan toshni tekshirdi va
birdan tosh qimirlab samoga ko‘tarildi. Bu hech qanday tosh emas
balki qordan yasalgan mahluq edi.. uning ko‘zlari daxshatli boqardi.
Qormahluq o‘ziga eng yaqin turgan Adrienga tashlandi.. Adrien chap
berib nariroqqa bordi va o‘z qiyofasiga qaytdi.. Qormahluq bu safar
Kagamiga qor otdi. Kagami og‘riqdan qimirlolmay qolgandi ammo Erik
Kagamini himoya qilib qilich yordamida qorni parchalab tashladi..
Qormahluq har tomonga qor ota boshladi. Adrien Marinetga ulkan qor
to‘pi yaqinlashayotganini ko‘rib uni itarib yubordi va qor Adrienga urildi.
Adrien qor uyimi ostida qoldi. Marinet jon jahdi bilan qorni kavlay
boshladi.. endi qormahluq bilan kurashishga yolg‘iz Erik qoldi.
Qormahluq Erikka tashlanmasidan oldin Erik bo‘yniga Oy tumorini
taqdi. Ammo tumordan nur taralmadi.
- Bu yana nimasi??!! - jahldan sochlari tikka bo‘ldi Erikning - agar Sirena
tumorni ishdan chiqargan bo‘lsa undan dudlangan baliq tayyorlayman!!
Erik noiloj qormahluqqa tashlandi.. Qormahluq unga katta qor to‘pini
otdi. Qor to‘pi Erikni uzoqroqga olib ko‘mib qo‘ydi.. Kagami bu
vaqtgacha panaroq joyga o‘tib oyog‘i tezroq tuzalishini kutdi. Marinet
qor uyimi orasidan xushini yo‘qotgan Adrienni topdi va tashqariga
chiqarishga harakat qildi. Shu on unga yaqin kelayotgan qormahluqni
ko‘rdi. Uni himoya qilishga hech kim yo‘q. Marinet o‘rnidan turdi va
chuqur nafas oldi.. ikkala kaftini mahluqqa qaratdi va irodasini jamladi..
o‘zidan ham ko‘proq Adrienni himoya qilishni o‘ylardi. Kaftidan esa
Xloyadan o‘zini himoya qilgan nurdan ikki baravar yorqinroq nur taraldi
va qormahluqni parchalab yubordi.. ulkan qormahluq qor ko‘chkisiga
aylandi. Qor ko‘chkisini ko‘rgan Marinet karaxt ahvolda qoldi.. Ularga
qormahluq hujum qilganidan boshlab kuzatayotgan Nikalaus va Edjey
Marinetdagi kuchni ko‘rib hayronu lol qolishdi. Ko‘chki boshlanganda
esa Nikalaus :
- Edjey darhol yordamchi kuchlarni chaq.. - Nikalaus gapini tugatmasdan
akasi Lukasning viqorli ovozi eshitildi.
- Yordamchi kuchlar allaqachon shu yerda.. gap sotishga vaqt yo‘q..
kimnidir ko‘rsangiz darhol qutqaring. . - deya ikki yigitning oldidan uchib
o‘tib ko‘chki oqimi tomon qanot qoqdi .. Lukas va Baltazar bir tomonda
Edjey va Nikalaus esa boshqa tarafni ko‘zdan kechirishdi..
Ko‘p o‘tmay ular xushsiz to‘rtlikni ko‘targancha qo‘rg‘on tomon uchib
ketishdi..
*******
Havo vampirlari qo‘rg‘oni..
Kuchli qo‘rquvdan xushidan ayrilgan Marinet ko‘zlarini oppoq xonada
ochdi.. avvaliga hech narsaga tushinmadi.. asta yon atrofga qaraganda
unga mehr va sadoqat bilan tikilib turgan moviy ko‘zli yigitni ko‘rdi. Yigit
juda chiroyli va yuzi nihoyatda oppoq edi. Orqasidagi ko‘rkam va
maftunkor qanotlari unga o‘zgacha yarashib turardi. Marinet darhol
o‘rnidan turdi..
- K..kim. kimsiz?? - dedi biroz qo‘rqib.
- Mariyanna Salvadora! nahotki sodiq do‘stingizni tanimagan bo‘lsangiz
- dedi yengil ta‘zim qilib..
- Qirol Lukas.. - dedi Marinet Erik aytgan bir muncha ma‘lumotlarni esga
olarkan - avvalroq tanimaganim uchun ma‘zur tutgaysiz. Qaytganimda
uncha ko‘p bo‘lmadi va..
- Xonim.. odobsizligim uchun kechirgaysiz. . Ammo qanday qaytdingiz.
Axir Quyosh tumori ozod etilmadiku - deb Lukas Marinetga sinchkov
boqti..
- To‘g‘risini aytsam.. men Mariyanna Salvadora emasman.. uning
shunchaki qiyofadoshiman.. ismim Marinet Dyupen.. bu yerga Quyosh
tumorini topish uchun kelganman.. - dedi Marinet boshini egib
- Quyosh tumorini topgach nima qilmoqchisiz? - dedi Lukas hech ham
hayron bo‘lmasdan.
- Siz?? Siz meni Mariyanna emasligimni bilasizmi? - dedi ko‘zlari katta
katta bo‘lib
- Albatta.. Mariyanna Salvadora va sizning orangizda yer va osmoncha
farq bor. Savolimni qaytaraman : Quyosh tumorini nima qilasiz? - dedi
jiddiy ohangda
- Qora Iblis haqida eshitganmisiz? U meni oldiga chaqirgan. Mariyanna
Salvadora undan Quyosh tumorini olgan. Men esa qaytarishga
majburman. Yo‘qsa Iblis meni tinch qo‘ymaydi - dedi shosha-pisha..
- Qora Iblis haqida eshitganman.. agar Quyosh tumorini ozod qilolsangiz
marhamat tumor sizniki..
*******
- Jin ursin..boshim.. men qayerdaman? - deb o‘ziga kela boshladi Erik
- Uyqudagi shahzoda uyg‘ondimi? - unga qarab turgan vampirdan Erik
biroz cho‘chidi. Chunki undagi qora qanoti, qora kiyimi va keskir qilichi
bunga arzir edi.
- Siz kimsiz? Men qayerdaman? Boshqalar qayerda? - deb Erik savol
yog‘dirdi
- Mening ismim Baltazar.. havo vampirlari qiroli Lukasning yaqin do‘sti
va maslahatchisiman. Sizlarni qor ko‘chkisidan asrab qoldik. Boshqalar
ham shu yerda. Boshqa savoling bo‘lmasa tur o‘rningdan - deb chiqib
ketayotgandi Erik uni to‘xtatdi
- Men haqimda so‘ramaysizmi??
- Sen haqingda yaxshi bilaman.. sahro vampirlari shahzodasi Erik.. yoki
Oy tumori vorisi deymi?? - deya istehzoli kulib qo‘ydi..
****
Kagami ko‘zini oppoq va moviy bilan bezatilgan xonada asta sekinlik
bilan ochdi. Ochdi-yu unga tikilib turgan oq qanotli yigitni ko‘rdi...
- Farishtaa.. - shivirladi Kagami - demak men Jannatga tushibmanda..
lekin Jannatga loyiq ish qilganimni eslolmayapman.. agar meni shunday
farishta jannatga yetaklab olib borishini bilganimda allaqachon o‘lishga
ham rozi edim.. - deb mayin jilmaydi
- Birinchidan, men farishta emasman.. ikkinchidan sendaqalar jannatga
umumman kira olishmaydi.. uchinchidan yigitlarni tashqi ko‘rinishiga
qarab baho berma.. to‘rtinchidan
- Men o‘zimga keldim. Ko‘p vaysab boshimni qotirib yubording vaysaqi -
baqirdi Kagami
- Hoy tentak og‘zinga qarab gapir. Bu yerlarda men xo‘jayinman - jahl
bilan dedi Nikalaus - men bo‘lmaganimda allaqachon muz haykalga
aylanarding
- Har holda u paytda sendaqa vaysaqi boshimni qotirmasdi - deb
o‘rnidan turib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo oyog‘i toyilib Nikalausning
ustiga yiqildi..
- Eplab yurishni ham bilmas ekansan-ku yana o‘zingni katta olishinga
o‘laymi? Ustimdan tush.. ezib o‘ldirmoqchimisan.. shirinlikni kamroq
yeyish kerak edi.. baqaloqxonim..- tirjaydi Nikalaus
- Qaniydi chakagingni o‘chira olsam.. boshim tars yoriladi xozir - deya
Kagami Nikalausdan sal nariroqqa o‘tib unga qarab turdi
- Menga bunday tikilma. . Sevib qolsang bir umr boshimga bitgan balo
bo‘lasan .. - deya unga ayyorona jilmaydi
- Sendaqa muzni sevadigan ahmoq bo‘lganimcha yo‘q.. qarab
turganimni sababi meni ko‘tarib tashqariga olib chiqishni kutyapman.. -
deb labini burdi
- Seni ko‘tarib chiqsam yigitngni jahli chiqmaydimi? - deb Nikalaus
Kagamiga yaqinlashdi.
- Adrien ham Erik ham meni yigitim emas - deb Nikalausning yelkasidan
ushladi.. Nikalaus uni dast ko‘tarib tashqariga yo‘naldi
- Sezilib turibdi.. sendek baqaloqxonimni sevish uchun pahlavon yigit
kerak - deb biroz unga tikilib qoldi..
********
Qora Iblis Adrienning ongiga kirdi...
- Adrien Agrest.. tanishib olsak.. men Qora Iblisman - deya Adrienning
atrofida qora tutun uchib odam shakliga kirdi..
- Sen haqingda bilaman.. Marinet aytgandi.. menda nima ishing bor -
dedi dadil ovozda Adrien
- Marinetdan farqli o‘laroq ancha dadilsan.. bu yaxshi.. onginga
kirganimni sababi.. endi shahzoda Erik Oy tumoridan foydalana
olmaydi..
- Nega? Nima uchun? - dedi Adrien hech narsaga tushinmay
- Sababi Oyning jufti Quyosh.. Erikning jufti Mariyanna edi..
Mariyannadagi qudrat parchasi Marinetga o‘tgan deb hisoblasak...
- Marinetning sherigi menman..- pichirladi Adrien
- Ancha zukko ekansan.. mayli vaqtlaringiz deyarli qolmadi.. Oy tumorini
topdingiz. Endi Quyosh tumorini ham topsangiz sizlarni tinch
qo‘yaman... - deb Qora Iblis yana tutunga aylandi va Adrien o‘ziga
keldi..
Unga qadahda qon ko‘tarib kirgan oq qanotli yigitga hayron qaradi..
- Sen?.. - dedi uning qanotlariga hayrat bilan qarab
- Men kupidon emasman.. - kulib unga qadahni tutdi. - senga ham
kupidonni keragi yo‘qligi bilinib turibdi.. tanishib qo‘yaylik.. Men
Edjeyman. Havo vampiri..- deb Edjey unga qo‘lini uzatdi.
- Men Adrien Agrest.. gibritman.. - deb u ham qo‘lini uzatdi..
*******
Everest yonidagi qishloqcha...
2 soatlik tushlikdan so‘ng qishloqchada birorta ham inson qolmadi.
Oxirgi o‘ljasini qonini sipqorib ichgan Layla yanada kuchga to‘lib Everest
cho‘qqisi tomon ayyorona jilmayib qarab qo‘ydi..
- Maqsadga erishdik deb erta quvonmang . zaxiramda yana 2 kun bor..
ungacha esa meni o‘rnimga Lukas va Nikalausni bir yoqlik qilishingizga
ham qarshiligim yo‘q..- deb kulib qo‘ydi va jiddiy ovozda davom etdi -
ammo nima qilib bo‘lsa ham Artemis tirik qolishi kerak..
Layla chuqur nafas oldi va qishloqchani yoqib yubordi.. murdalar va
xaroba uylardan nom nishon ham qolmadi.. Layla esa iloji boricha
tezroq yugurdi..
********
Qum zarralariga aylangan Zubeyra Xloyani tobora siqib borardi..
- Sen o‘lasan.. o‘lasan.. o‘lasan.. - Xloyaning atrofidan shu so‘zlar
eshitilardi..
- Bu yerda kelajakni faqat men bashorat qilaman.. va men ko‘rgan
kelajakda sendek isqirt bo‘lmaydi.. - deb pichirladi
- Ojiz qizchaning qo‘lidan nima ham kelardi - qum zarralaridan qah-qah
otib kulgan ovoz eshitildi..
- Ojiz qizchani kuchli do‘stlari bor - deya eshikdan Luka Nino Alya va
Julika kirib kelishdi
- Qanday ajoyiiiib .. - qum zarralari yana to‘planib Zubeyra inson
shakliga kirdi. Yonidagi yarqiroq xanjarini Xloyaning tomog‘iga tiradi. -
agar men tomonga yaqinlashadigan bo‘lsangiz.. uni qurbonlikka atalgan
qo‘ydek so‘yib yuboraman.. - deya vishshiladi
Luka ong orqali Nino bilan bog‘landi
- Uni qumga aylanishiga majburlashimiz kerak.. shunda Julika suv paydo
qiladi va uni loyga aylantirib yo‘q qilib tashlaymiz * - dedi Luka va
Zubeyraga qarab :
- Yaxshi.. senga yaqinlashmaymiz .. bizdan nima istaysan - dedi iloji
boricha bosiq ovozda
- Nima istayman??? Hm.. balki sizlarni o‘limlaringizni istarman. Malikam
bundan shod bo‘ladi - deb telbalarcha kuldi.
- Yaxshi. Xo‘sh birinchi kimni o‘ldirmoqchisan? Har qalay hech narsaga
yaramaydigan vampirni o‘ldirib chiroyli xanjaringni bulg‘amassan - deb
Luka asta bir qadam tashladi
- Hoy!!Kim hech narsaga yaramaydigan ekan-a? - Xloyaning quvvati
yetmasa ham ancha jahli chiqqan edi..
- Albatta sen - dedi Luka va yana bir qadam tashladi - eplab kelajakni
ham ko‘rolmaysanku yana buyruq berishni yoqtirasan. Men senga
aytaman kelajakda nima bo‘lishini. . Malika Layla tumorlarga ega
chiqadi va butun dunyoga qirolicha bo‘ladi - deb yana bir qadam
tashladi
- Sen menga yoqa boshlading yigitcha.. xatto seni o‘ldirmasammikin deb
ham o‘ylab qoldim - dedi Zubeyra
- Afsuski bunday marhamatga loyiq emasman deb qo‘rqaman.. - deb
tanasi titray boshladi Lukaning
- Nega bunday deysan? - dedi Zubeyra hayron bo‘lib
- Chunki seni o‘ldiraman!! - Luka shunday deb g‘azab bilan Zubeyraga
tashladi.
Zum o‘tmay ko‘k bo‘ri sahro chayonini yeb bitirdi....
- Oshqozoning og‘rimayaptimi? -havotir bilan unga qaradi Xloya
- To‘g‘risini aytsam.. judayam bemaza ekan - deb qornini ushladi Luka..
- Alya Nino Julika tayyormisizlar... Julika menimcha seni qolganing
yaxshi - dedi Xloya unga qarab
- Nega ekan?? mensiz ko‘ngilxushlik qilmoqchimisizlar.. - labini burdi
Julika
- Sen Parijni himoya qilish uchun qolasan.. senga Nino ham sherik
bo‘ladi.. - deb Xloya Ninoga qaradi - ikkingizga sevimli shahrim va ota
onamni omonat qoldiraman..
Alya portal ochdi. Uchchovlon Everestdan uncha uzoq bòlmagan yerga
o‘tishdi.
*****
EVEREST CHO‘QQISI...
Adrien Marinet Erik va Kagami qirol Lukasning taxt xonasida
uchrashishdi.
- Mari! - deb Adrien Marinetni ko‘rishi bilan quchoqlab oldi - hayriyat
sog‘ omon ekansan...
- Adrien - deyarli yig‘lab yuboray deb quchoqladi Marinet
Shu payt eshik ochilib Artemis kirib keldi..
- Tanishinglar bu mening singlim Artemis.. u kohin - dedi Lukas Erikka
qarab
- Malika Artemis.. tanishganimdan bag‘oyatda xursandman - odob
ta‘zim qildi Erik
- Shunchaki Artemis deyavering, shahzoda Erik - dedi Artemis
qo‘ng‘iroqchalar jarangidek ovozida
- Unda siz ham Erik deyavering - mayin jilmayib qo‘ydi Erik
Artemis boshqalar bilan ham iliq salomlashdi..
- Aka vaqt bo‘ldi.. bir necha soatdan so‘ng muqaddas marosim
boshlanadi - dedi Artemis Lukasga qarab
- Naqadar yaxshi!! Oy va Quyosh tutilishi boshlanmoqda.. hamma
marosim maydoniga!
Marosim maydoni bu yerdagi yagona rangli joy edi. Oyoq osti rangli
toshlar bilan bezatilgan.. markazda esa oltin qadah quyosh nurida
jilolanib turardi. Maydon atrofida esa qirollik oilasi : qirol Lukas,
Nikalaus va Artemis, ularning yaqin do‘stlari Edjey va Baltazar va to‘rt
mehmon o‘tirardi.
- Marinet bir soatdan so‘ng quyosh va oy tutiladi.. ana shunda sizlar
Quyosh tumorini ko‘ra olishingiz mumkin..
- Sizlar uni avval ko‘rganmisizlar - dedi Kagami
- Albatta.. ammo unga ega chiqib bo‘lmaydi. 300 yil avval bir xoin
vampir unga egalik qilmoqchi bo‘lgan. Ammo tumor uni kuydirib kulga
aylantirgan. - deb xotirjamlik bilan qadahidan qon xo‘pladi
Uni so‘zlarini eshitgan Marinet va Adrien hayratdan ko‘zlari kattalashdi.
Agar tumorga ega chiqmoqchi bo‘lishsa tumor ularni yo‘q qilib
tashlaydi. Uni qo‘lga kiritolmasa Qora Iblis ularni tinch qo‘ymaydi.
Marinet o‘ylanib qoldi..
- Vanihoyat sizlarni topdim - atrofdan Laylaning qo‘rqinchli kulgisi
eshitildi
- Bu kim bo‘ldi? - qilichini qinidan chiqardi Baltazar
- Bu mening opam.. Malika Lila - xo‘rsindi Erik
- Bu.. bu axir.. - oq yuzi battar oqardi Lukasning
- O‘.. kimlarni ko‘rayapman bu yerda.. Lukas va Nikalaus - aka uka
omadsizlar.. sizlarni allaqachon o‘ldirib yuborishim kerak edi.. ammo u
paytlar rahmdil edim - yana asabga tegadigan kulgi eshitildi.
- Qo‘rqoqqa o‘xshamasdan chiq buyoqqa Layla - deb baqirdi Lukas
- Chiqsam seni qo‘rqitib yubormaymanmi?. - atrofdan aks sado keldi
- Sendan qo‘rqmayman. qani chiq yakkama yakka olishamiz - deb
qilichini qinidan chiqardi Nikalaus
Shu onda Edjeyning holsiz yiqildi. Nikalaus darhol uni oldiga borib
tekshirdi.
- Edjey!! - baqirdi Nikalaus - u òldi...
Edjeyning tanasida deyarli qon qolmagan va bo‘ynida tish izlari bor edi.
Chaqmoq tezligida Nikalausning qarshisida Layla paydo bo‘ldi va
qo‘rqinchli jilmaydi
- Xo‘sh endi ham qo‘rqmaysanmi? - deb Nikalausni tepib yubordi...
Barcha atrofga tarqab pana joyga berkinishdi.. Erik yonidagi Adrienga
sekin shivirladi
- Opam juda tezroq bo‘lib ketibdi.. menimcha butun bir qishloq
odamlari bilan tushlik qilgan ko‘rinadi - deb cho‘ntagidan Oy tumorini
chiqardi
- Obbo yana nur taratmayapti - dedi Erik jig‘ibiyroni chiqib
- Erik tumorni menga berib tur - dedi Adrien
Erik tumorini yechib Adrienga berdi. Adrien tumorni taqishi bilan
tumordan yorqin nur taraldi.
- Qora Iblis aldamapti - deb kulib qo‘ydi.
- Sen Vorissan - dedi Erik
- Demak yangi Voris!! - ularni oldida Layla paydo bo‘ldi va Adrienga
tashlandi. Erik opasini to‘xtaymoqchi bo‘ldi ammo Layla uni bir urib 10
qadam nariga uchirib yubordi.
Adrien tumor yordamida kumush xanjarlar paydo qilib Laylaga otdi.
Atigi bittasi Laylani chap yelkasiga tegib, narigi tarafidan teshib chiqdi.
Layla bor ovozida baqirdi. Baltazar paytdan foydalanib Laylaga
tashlandi. Ammo Layla o‘zini o‘nglab olib uni chalib yiqitdi va
maydonning ustunlaridan biriga otib yubordi. Ustun panasida Kagami
bor edi. Ustun parchalanib katta tosh bo‘lagi uni oyog‘ini bosib qoldi.
- Jin ursin.. nega doim oyog‘im lat yeydi..- deb alam bilan baqirdi..
- Baqirmasang og‘irmaydi - deb qayoqdandir paydo bo‘lib qoldi Nikalaus
Nikalaus Kagamini toshdan xalos qilib xavfsiz joyga olib ketdi. Lukas,
Adrien va Erik Laylaga jarohat yetkazishga harakat qilishardi. Ammo
uning tezkorligidan arang o‘zlarini himoya qila olishardi xolos..
- Marineeet!! Qizaloq qayerdasan? Hoziroq chiqmasang, bu
uchchalasini ham o‘ldiraman.. 3 gacha sanayman - deb Lukasni
ko‘tardida uchirib yubordi.
- 1.. - deb Layla Erikni bo‘ynini qayirdi
- 2 - deya Adrienga tashlandi va uni tepib yubordi
- 3!!
- Tòxta!! - deb Marinet marosim ustunining ortidan chiqdi. - meni
o‘ldirmoqchimisan? Marhamat. Ammo ularga tegma!
- G‘alati bo‘ldiku. Mayli seni burdalab tashlayman! - deb baqirganicha
Marinetga tashlandi
Marinet hotirjamlikni saqlab, qo‘llarini bir biriga ishqaladi va Layla
tomon cho‘zdi Marinetning qo‘llaridan juda yorqin nur chiqib Laylani
bir necha chaqirim nariga uchirib yubordi..
- Bo‘lishi.. Bo‘lishi mumkin emas... - pichirladi Layla va Marinetga qarab
baqirdi - bo‘lishi mumkin emas!!!! Sen Marinet emassan!! Sen..
- Noto‘g‘ri . Men Marinetman. Ammo ushbu kunda qanday qudratga
ega ekanligimni angladim. Adrien uni qobig‘ga qama! - deb baqirdi
Layla o‘zini o‘nglab olmasidan Adrien Oy tumori yordamida Laylani
qobiq ichiga qamadi. Marinet esa qo‘llari bilan unga nur yuborib uni
kuydirib tashladi. Vorislar Sahro malikasini yengishdi.
********
Artemis qadahga Oliy tabaqa qonidan tomizib sehrli so‘zlarni avval
shivirlab keyin esa baqirib aytdi. Quyosh va Oy bir butundek tutildi va
undan taralgan nur qadahga kirib ketayotgandek tuyildi.
- Endi esa tumorga qo‘l cho‘zsangiz kifoya. Agar Quyosh tumoriga
ma‘qul kelsagiz u qo‘lingizda. Aksi bo‘lsa.. kuyib ketasizlar - dedi
qo‘ng‘iroqcha ovozida
- Men Mariyanna tanlagan Vorisman. Men tayyorman- dedi Marinet
U bir qadam ham tashlagan ediki, yo‘lini Adrien to‘sdi.
- O‘lishing mumkin faqat mendan keyin. Tushunarlimi?!
- Do‘stlarim bahslashmanglar.. - dedi bosiq ovozda Erik - sizlar avvaldan
bir biringiz uchun yaratilgansizlar. U yerda esa - deb Quyosh nurini
ko‘rsatdi - mening yarimim.. mening Mariyannam kutmoqda. Shuncha
yillar mobaynida bir birimizdan ayro yashadik. Vaqti keldi - deb nur
tomon qo‘lini cho‘zdi. Quyosh nuri musiqa sadosidek yoqimli va
mo‘jizakor nur taratib Erikning qo‘lida Quyosh tumorini paydo qildi
- Qizaloq! - deb Marinetga tumorni otdi
Marinet tumorni ilib oldi tumor uning qo‘lida haqiqiy quyoshdek nur
sochdi. Erik mayin jilmayib qo‘ydi. Quyosh va Oy bir biridan ayrilishni
boshlashdi. Oy nuri Erikni mayda kumush zarralarga aylantirib Adrienni
oldiga uchib bordi. Marinet tumorni bo‘yniga taqdi va tumordan ham
tillarang zarralar chiqib Mariyanna qiyofasiga kirdi. Kumush zarralar esa
Erikni qiyofasiga kirdi Ikki sevishganlar yangi vorislariga qarab
jilmayishdi va
- Minnatdormiz! - deyishdi
Mariyanna va Erikning ruhlari osmonga uchib ketishdi. Lukas voqealarni
ko‘rib turgan bo‘lsa ham hazm qila olmay qoldi. Adrien va Marinet
ortiga o‘girilsa butun boshli havo vampirlari ularga ta'zim qilib
turishganibi ko‘rishdi.
- Menimcha biroz kech qoldik - havo vampirlarining ortidan Lukaning
quvnoq ovozi eshitildi
*******
2 soatlardan so‘ng...
Marinet va Adrien Xloya Alya va Lukaga boshidan kechirganlarini so‘zlab
berishdi. Lukas va Nikalaus Parijlik mehmonlar bilan tanishishdi va
ularni sharafiga bazm uyishtirishdi. Bazmda faqat Kagami qatnasha
olmadi. Ketma ket singan oyog‘i tufayli u shifoxonada qolishga majbur
edi. U kichik derazadan tashqariga qarashga harakat qildi ammo eplay
olmadi. Shu payt eshik taqillab ichkariga oq atirgullarni ko‘targancha
Nikalaus kirib keldi
- Sen bu yerda nima qilyapsan? - dedi Kagami uni ko‘rishi bilanoq
- Seni ko‘rgani keldim, baqaloq xonim - deb kulib gullarni unga uzatdi
- Seni bazmda ko‘ngilxushlik qilyapti deb o‘ylagandim - deb Kagami
atirgullarni xidladi
- Obbo ketishimni xohlaysanmi? Mayli ketdim - deb qayrilib ketmoqchi
bo‘lganda Kagami uni tutib qolaman deb yiqilib tushay dedi, ammo
tezkor Nikalaus uni ushlab qoldi.
- Sen aqldan ozganmisan? - deb o‘rniga yotqizib qo‘ydi
- Seni deb bo‘ldi! - deya baqirdi Kagami
- Nega meni deb - ayyorona jilmaydi Nikalaus
- Chunki seni tutib qolmoqchi edim - ikki yuzi qizardi Kagamini
- Nega tutib qolmoqchi eding - yanayam yaqin keldi Nikalaus
- Chunki .. - gapini tugata olmadi Kagami
Ikki dilning shirin muhabbati ularning lablarida o‘z aksini topgan edi
*******
Bazm xursandchilikda o‘tardi. Havo vampirlari xuddi farishtadek uchib
raqsga tushirar ba‘zilari esa mehmonlar bilan suhbatlashishardi.
- Rostan ham bo‘riga aylana olasanmi? - deb so‘radi Lukadan Artemis
- Albatta. Ammo xozir bu ishni qilmaganim ma‘qul. - unga jilmayib javob
berdi Luka
Ikkisi ham kulib yuborishdi. Ularni bir chetdan kuzatib turgan Xloyaning
qo‘lidagi qadah g‘azabdan sinib ketdi.
- Xloya tinchlan - shivirladi Alya
- Men tinchman! - dedi asabiy
- Qara ular bir biriga juda mos a? - dedi Alya
- Nima?! Ha gaping to‘g‘ri.. Pati yulingan tovuq bilan burga bosgan it
judayam bir birga mos - vishshiladi Xloya
- Nima?! - deb Alya Xloyaga qaradi, u kuzatib turgan juftlikka qaradi va
kulib yubordi
- Men Marinet va Adrienni aytsam sen Lukani aytayotgan ekansan-da. .
Rashk qilayapsanmi? -deb unga sinchkov qaradi
- Qayoqdaki tentak Xatikoni rashk qilayotganim yo‘q..
- Unda isbotla! - deb qadahidan sharbat xo‘pladi Alya
Artemis Lukani yelkasiga qo‘lini qo‘yganini ko‘rgan Xloya sapchib
o‘rnidan turdi va Luka tomon ildam bordi. Unga teskari qarab turgan
Lukani shartta o‘zi tomonga qaratdi va hammani olida undan bo‘sa oldi.
Havo vampirlari qiyqirab qarsak chalishdi. Bir tomonda esa Marinet va
Adrien hech narsaga tushunmay ularga qarab turishdi
- Sen menga yoqmaysan. Shunchaki seni anavi tovuqdan himoya
qilmoqchi bo‘ldim - deb Xloya joyiga ketmoqchi edi uning bilagidan Luka
tutib qoldi va o‘ziga qaratib :
- Sen esa menga yoqasan va men seni butun olamdan himoya qilaman -
dedi va Xloyaning bo‘sasiga javob qaytardi.
*** *******
ERTASI KUNI...
Ertasi kuni ertalab Parijliklar o‘z yurtiga qaytishga hozirlik ko‘rishdi.
- Balki ketmassan.. - dedi Nikalaus Kagamini sochlarini silab
- Ketmasam bo‘lmaydi u yer mening uyim - xomush pichirlab
Nikalausning yelkasiga boshini qo‘ydi
Ularni birga ko‘rib qolgan Marinet samimiy jilmayib qo‘ydi.. Hamma
xozirliklar ko‘rilgach mehmonlar mezbonlar bilan xayrlashishdi.
- Sizlarni yana kutib qolamiz albatta yana kelinglar - deb Lukas
Marinetni qo‘lidan o‘pib qo‘ydi.
- Menimcha endi sizlar Parijga borasizlar - deb Marinet Nikalaus va
Artemisga ko‘zini qisib qo‘ydi.
Alya portal ochdi.. barcha qo‘llarini silkib xayrlashishdi.
- Vanihoyat Jonajon va Sehrli Parij!!! - deb Alya to‘yib nafas oldi.
* * * * * * * *
2 YILDAN SO‘NG
- Doktor uning ahvoli yaxshimi? - deb so‘radi Adrien havotir bilan
- Albatta. Tabriklayman janob Agrest.. qizlik bo‘ldingiz..
- !!! NIMAA!! QIZ!! MEN QIZLIK BO‘LDIM - xursandchiligidan ko‘zlariga
yosh keldi - onasini ahvolichi?
- Onaning ham bolaning ham sog‘lig‘i joyida. Oldiga kirishingiz mumkin -
deb hamshira nari ketdi.
Adrien ichkariga kirdi. Marinet jajji vujudni bag‘riga bosgan holatda
o‘tirardi. Adrien yoniga borib uni quchoqladi so‘ng jajji farishtani
qo‘liga oldi
- Uning ismi Emma qo‘yamiz - deb jilmayib Marinetga qaradi
- Bizning mitti farishtamiz - deb Marinet ham unga javoban jilmayib
qo‘ydi.
- O‘zingni qanday his qilyapsan..
- Yaxshi . Xattoki juda a‘lo.. endi chanqoqni his qilmayapman..
qizalog‘im onasing vampirlik hislatlarini yo‘qotib yubordi
- Qolganlarga xabar berish kerak - deb Adrien qizchani Marinetga uzatib
telefonini oldi
- Menimcha xozir mavridi emas. Luka va Xloya endigina asal oyiga
ketishdi. Nikalaus esa Kagamini qo‘lini so‘rash uchun uni Venetsiyaga
olib ketgan. Alya va Nino haqida esa bilmayman.
- Biz esa bilamiz!! - deb xonaga Luka va Xloya, Nikalaus va Kagami, Alya
va Nino kirib kelishdi.
Kagamining qo‘lida unashtiruv uzugi yiltirab turardi.
- Rahmat aytmasang ham mayli Mari.. hammasini men olib keldim - deb
Alya Marinetni mahkam quchoqladi..
* * * *
- Oyi bu taqinchoqlar nega nur sochayapti? - deb so‘radi jajji Emma
Marinetdan
- Ular sehrli xuddi sendek - qizining burnidan chimchiladi
- Oyi ularni kim bergan??
- Bir yaxshi amaki.. U bularni qaytarib olmoqchi edi ammo uni haqiqiy
egalarini ko‘rib fikridan qaytdi va bizga sovg‘a qildi..
- Oyi men ham ularni taqsam maylimi? Men ularni taqib butun olamga
mo‘jiza ulashardim - dedi Emma
- Qizalog‘im.. sen yashayotgan olam shundoq ham mo‘jizalarga boy. Biz
yashayotgan shahar esa Sehrga.. - deb Adrien ikki farishtasini bag‘riga
bosdi..
TAMOM
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Ledy.B
Do'stlaringiz bilan baham: |