Partal ochilib Alya va Luka oldimizda paydo bo’lishdi.
- Luka Xloyani isini ol, iltimos, tezroq – deb sabri chidamay so’radi
Adrien
- Havotir olma u yaqin – dedi Luka va menga ko’zini qisib qo’ydi
Besh daqiqa deganda Filip va Xloyani kollej orqasidagi eski ustaxonadan
topdik. Filip Xloyani hushidan ketkazib endi qonini ichmoqchi bo’lib
turgan ekan. Adrien va Luka unga tashlanib chunonam do’pposlashdiki
agar vampir bo’lmaganida undan asar ham qolmasdi.
- U hushidan ketdi – dedi Luka hansirab
- Hushiga kelsa mendan oladiganini oladi- dedi Alya qo’lini musht qilib
Adrien Xloyani o’ziga keltirdi..
- Men qayerdaman? Qanday buyerga kelib qoldim? – dedi Xloya boshini
ushlab
- Filip bilan chiqib ketganing esingda yo’qmi? – dedi Alya unga qarab
- Filip??? U bilan chiqib ketdimmi?
- Tushinarli u seni gipnozlab qo’ygan ko’rinadi? Yaxshiyam Luka borligi
vaqtida seni topdik – deb Adrien Lukani yelkasidan qoqib qo’ydi.
Xloya Lukaga bir qarab qo’ydi, lekin har doimgidek nafrat bilan emas,
minnatdorlik hissi bilan..
- Endi buni nima qilamiz? – dedi Luka Filipni boshini ushlab
- Hamma savollarimizga javob olmagunimizcha uni qo’yib yubormaymiz
– deb Adrien po’lat zanjir topib kelib uni bog’lab qo’ydi..
- Muammo hal bo’lgan ekan.. unda men ketdim.. ba’zi ishlarim bor edi –
dedi Luka
- Yaxshi ketaver... yordaming uchun rahmat!
Stolga zanjirlab bog’langan Filip, yarim soat deganda ko’zini ochdi. Alya
Xloya va Adrien hushyor tortishdi. Adrien meni himoya qilayotgan
qalqondek to’sib oldi. Filip avvaliga hech narsaga tushinmagandek bizga
qarab qoldi:
- Mariyanna bilan holi gaplashsam bo’ladimi?
- Yo’q – deb keskin javob berdi Adrien.
Sizlar bilmagan va bilishingiz mumkin bo’lmagan narsalar bor.
- Menda ham savol bor. Nega seni fikrlaringni o’qiy olmayapman. – dedi
Adrien asabiy
- Agar javob bersam evaziga nima olaman.
- Evaziga mendan bir musht yeysan – deb g’azab bilan o’shqirdi Alya
- Nima xohlaysan? – dedi bosiqlik bilan Adrien
Filip menga ishora qildi.
- U uchun bu yer xavfli. Opam uni ko’rmasligi kerak.
Adrien Xloyaga qaradi.
- Sening bashoratingdagi iblis kim deb o’ylaysan?
- Bilmadim Adrien hech narsani eslolmayapman. – dedi Xloya boshini
changallab
- Vaqt borida uni o’ldirishimiz kerak.. halizamon opasi ham kelib qolishi
mumkin – dedi Alya Adrienga qarab
- Meni o’ldira olmaysizlar. – deb miyg’ida kuldi Filip
- Nega endi, sinab ko’raylikmi?- deb Alya qo’lini mushtladi
- Chunki oddiy vampirsizlar. Oddiy vampirlar esa shahzoda va oy tumori
vorisini o’ldira olishmaydi – deb Filip boshini mag’rur tutdi .
- Nahotki.. Shok holatiga tushdim.. - Shahzoda Erik!!
- Shahzoda Erik! – deb baqirib yuborishdi qolganlar
- Sizlar men haqimda bilasizlarmi? Juda soz! Buyuraman Marinet
ikkimizni holi qoldiring – deb shahzodalarga xos ovozda buyurdi
- Bu yer seni hududing emas – deb tishlarini g’ichirlatdi Xloya
- Unda iltimos qilaman.
- Adrien bizni holi qoldiringlar – dedim Erikdan ko’z uzmay
- Marinet u vampir esingni yig’ – deb Adrien menga hayron qaradi.
- Iltimos sababini so’rama – dedim o’tinib
- Yaxshi muammo paydo bo’lsa eshik oldida bo’lamiz – deb Adrien Alya
va Xloya chiqib ketdi
- Mariyana sen meni esladingmi? – dedi Erik ular chiqib ketishi bilan
- Ismim Marinet.. Afsuski seni eslolmayapman... senga savollarim bor..
Oy va Quyosh tumorlari qayerda? Nega o’tmishda sen bilan
urishganmiz? Nega aka ukalaringni o’ldirganman – dedim qat’iy gapirib
- Rostan ham esingda yo’qmi? Hech narsani eslay olmayapsanmi?
- Ba’zi narsalar tushimga kiryapti, har xil ovozlarni eshityapman.. lekin
bu muammoga yechim emas – dedim rost gapirishga harakat qilib
- Men bilan ket! – dedi Erik
- Nima?
- Men bilan ket.. ular seni asray olishmaydi.. men bilan ket.. uzoqlarga
ketamiz.. opam bizni ummuman topa olmaydigan joylarga..
- To’xta to’xta demak o’tmishda sen bilan sevishgan juftik
bo’lganmizmi? – deb baqirishimga sal qoldi
- Ha – dedi u iljayib
-Ahmoq! Men senga ishonmayman. Yolg’on gapiryapsan. – dedim
orqaga qadam bosib – Adrien!!!!
Eshikdan hovliqib Adrien kirdi. Uning ko’zlarida Erikka nisbatan nafrat
menga nisbatan esa ..ma’sumlik bor edi.
- Erik Parijga nima uchun keldinglar – dedi Adrien unga yaqin kelib.
- Opam bilan sehrli kitobni qidirb keldik. Qadimiy afsun va sehrli
unsurlar haqidagi kitobni..balki qo’llarimni yecharsizlar
- Shartlarimizga rozi bo’lsang yechamiz –deb Alya va Xloya xonaga kirib
kelishdi
-Qanday shartlar ekan?
1.Odam qonini ichmaysan
2.Marinetdan uzoqroq yurasan.
3.Bo’ritus qoni ham taqiqlanadi
4.Bizga Oy va Quyosh tumorini topishga yordam berasan.
- Ohho birato’la meni xizmatkor qilib oldilaringku – deb qah qah otib
kuldi Erik
- Xohlasang shu.. xohlamasang seni shu yerni o’zidayoq gum qilamiz.-
dedi Xloya mazax qilgandek qo’llarini qirsillatdi.
- Axir necha marta aytay siz oddiy vampirlarsiz, meni o’ldira olmaysiz –
dedi Erik xuddi yosh bolaga gapirayotgandek
- Biz ku o’ldira olmasmiz, ammo Marinetni qo’lidan keladi. – dedi Alya
meni qo’llarimdan ushlab – oldingi hayotida Quyosh tumori vorisi
bo’lgan, endi esa qo’llaridan juda kuchli nur chiqyapti. Sal qolsa Xloyani
o’ldirib qo’yay dedi
Erik menga qo’rquv aralash hayrat bilan qaradi..
- Yaxshi sizlarga tumorlarni topishga yordam beraman. Bo’ritus va odam
qonini ichmaslikka ham so’z beraman. Ammo .. meni Marinetdan
ayirmanglar. Yuz yillar deganda uni topdim.. qayta yo’qotishga
chidolmayman.
- Bu haqida keyinroq gaplashamiz. Lekin unga qo’lingni tekkizmaysan.
tikilib qarash ham mumkinmas. Agar uning ko’zlaridan sen tufayli yosh
oqsa Marinetdan avval o’zim seni o’ldiraman – deb Adrien qo’limdan
ushlab olib chiqib ketdi.
Kollejga kiraverishda Kagami bizni kutib turardi.
-Nega meni chaqirmasdan ko’ngilxushlik qildingiz. Sizlardan hafaman.
-Kagami kechir keyingi safar seni olib ketamiz.
-Adrien senda muhim gapim bor. Mumkin bo’lsa Marinetsiz holi
gaplashib olsak. Maylimi Marinet – deb Kagami Menga qarab jilmaydi
-Albatta.. men oshxonaga borib turaman. Qornim judayam ochdi.
Ular kollejning sharqiy bog’i tomon ketishdi. Men uzun koridor orqali
oshxona tomon ketardim. Shu payt yengil shabboda sochlarimni
to’zg’itdi. O’ngga chapga qaradim lekin hech kim yo’q. Zinani oldiga
yetganda kimdir tomog’imdan ushlab devorga tiradi. Nafasim qisilib uni
ko’rishga harakat qildim. Ko’zlari olovdek yongan lablari xuddi
g’oliblardek jilmayib bir qiz menga qarab turardi
-Qoyil.. avvaliga o’zim ham bunga ishonmadim. Sening iforing.. haliyam
asabimga tegyapti. – qiz yanayam qattiqroq bog’di.Qo’llarimni unga
qaratdim lekin bu safar nur chiqmadi. Qiz hayron bo’lib menga qaradi
-Sen haliyam o’zingni Voris deb o’ylayapsanmi? Tentak qiz.. o’tgan
safar seni o’dirish qiyin bo’lgandi. Bu safar seni osonlikcha qiynamasdan
o’ldiraman. Bu senga qilgan eng so’nggi yaxshiligim bo’lsin.
Nafasim qisilib havo yetmasdan xushimdan ketdim. Atrofimni zulmat
chulg’ab olgan. Go’yoki bir umr manashu ZULMAT ichida yashagandek.
Yorug’lik istab har tomon chopdim. Lek hammayoq zulmat. Yuzlarimni
sovuq shamol erkaladi. Bir lahzada sovuqda qolgan gul kabi so’liy
boshlagandek bo’ldim. Oyog’im toyib chuqur jarga quladim. Yana muz
meni chulg’ab oldi. birozdan keyin olov tanamni kuydira boshladi. Olov
va muz meni iskanjasiga oldi. ko’zlarim g’ira shira ochildi. Qandaydir
xonada yotardim. Sekin atrofga qarasam ro’paramda Luka Adrien va
Erik o’tirardi. O’zimga kelganimni ko’rib oldimga kelishdi.
Ahvoling yaxshimi? -dedi mehribonlik bilan Adrien
-Ha yaxshiman. Menga nima bo’ldi?
-Hmm..seni yo’qotishimizga oz qoldi.. lekin mana o’zinga kelding – dedi
Luka jilmayishga harakat qilib
-Luka jilmayishing yoqmayapti.. mendan nimanidir yashiryapsanmi? –
dedim unga sinchkov qarab
-Bizni holi qoldiringlar unga o’zim tushintiraman..– dedi Adrien mendan
ko’zini uzmasdan.
Luka va Erik birin ketin xonadan chiqib ketishdi.
- Sen.. – dedi Adrien gapni nimadan boshlashni bilmasdan - Erikning
opasi malika Lila seni Mariyana deb o’ylagan.. va sendan qutilmoqchi
bo’libdi. Seni tishlayotgan vaqtida topdik.. yaxshiyamki, zahari qoningga
uncha qo’shilmagan.. seni bunday ahvolda ko’rib qo’rqib ketdim... bir
lahza sensiz yashashni o’ylab, o’zimga kelolmadim..
-Endi men vampir bo’lamanmi? – dedim tabassum qilib
-Yo’q!
Nega? Axir u meni tishladiku?
-Senga boyadan beri nima deyapman? Hayoling qayerda?
-Unga nima bo’ldi? Malika Lila ga – dedim gapni boshqa yoqqa burishga
harakat qilib..
-U hozir xavfsiz joyda.. izolyatorli xonada.. u yerga bormaganing ma’qul!
-Endi nima qilamiz.. suv vampirlarini oldiga olib borasanmi? Yo.. shu
yerda qolamanmi?- dedim ayyorona kulib
-Albatta 4 talamiz birga ketamiz.
-Yana kimlar? – dedim hayron bo’lib
-Sen men Erik va Kagami
-Nega Kagami?
-Bu sir.. lekin vaqti kelganda buni bilib olasan...
-Nega Alya biz bilan bormaydi?
-Alyaga partal ochish qiyin. Bu juda katta kuch talab qiladi. Bir marta
Do'stlaringiz bilan baham: |