Sehrli-parij pdf


Partalning ikkinchi tarafi Parij yuragi Eyfil minorasining eng baland



Download 329,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana11.01.2022
Hajmi329,28 Kb.
#340986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sehrli-parij


Partalning ikkinchi tarafi Parij yuragi Eyfil minorasining eng baland 
yerida ochildi. U yerdan Marinetning koʻtargancha Adrien va ulardan 
koʻz uzmay jilmaygancha Alya chiqib keldi.. 


- Sizlarni yolgʻiz qoldiraman..men Ninoni oldiga borishim kerak..
Alya shunday deb partalga kirib ketdi. 
- Adrien..bilasanmi..meni koʻp narsalar qiziqtiryapti..sen ham vampir 
ham boʻritus san..lekin qanaqasiga..
Adrien biroz jim turdi..
- Marinet..senga ota onam haqida aytib bermagandim. Mana endi ayni 
vaqti . otam Vampir, onam esa boʻritus edi. Necha necha yillar ilgari 
onam oʻrmonda boʻritus qiyofasida yurgan edi. oldilaridan qutirgan ayiq
chiqib qolgan..onam oʻlishi mumkin edi, agar otam yetib kelmaganida. 
Onam qattiq jarohat oldi. Vampirlar va boʻrituslar azaldan dushman 
boʻlishgan..otam va onam bir birini oʻldirishi kerak edi..lekin ular 
bunday qilishmadi..sababi esa onamni tengsiz goʻzalligi va otamni 
oliyjanobligida boʻldi..ular turmush qurishdi..albatta bunga koʻpchilik 
qarshilik qildi..lekin sevgi gʻolib keldi.. Onamni xomiladorlik vaqtdida 
oʻrmon markazida boʻrituslar toʻdasini yigʻini belgilandi..oyim boʻritus 
qiyofasida oʻrmonda ketayotganda bórituslar ovchisi oyimni otib 
qoʻygan.Otam havotirlanib oyim orqasidan yetib kelgan..oyim yerda 
zoʻrgʻa nafas olar edi.. Keyin esa boshqa chora qolmagach, otam 
onamni vampirga aylantirgan..undan soʻng men tugʻildim. Ham vampir, 
ham boʻritus farzandi-Gibrit.shuning uchun ham boshqa vampirlarga 
qaraganda meni hali ochilmagan qirralarim koʻp - dedi Adrien. Marinet 
uni soʻzsiz indamay tinglardi. 
- Bu haqida menga otam aytib bergan.. Bu ajoyib 400 yillik voqea..
- NIMAAA..hali seni yoshing 400 dami???
- Yogʻe..unchalik qari emasman..bor yoʻgʻi 318 yoshdaman..


- Aaa..hm..tushinarli bobojon endi sizni xurmat qilaman.- deb kuldi 
Marinet.
- Bas qil, jinnivoy. Aslida hayotim seni uchratgan kundan boshlandi. Seni
bu katta katta koʻzlaring, seni bu yoqimli ovozing, ipakdek 
sochlaring..eng muhimi seni bu dunyoda borliging..bu men uchun 
baxt..MEN SENI SEVAMAN  MARINET  ..
  Marinetni koʻzlaridan baxt sevinch yoshlari chiqdi..ular shu zaylda bir 
biriga soʻzsiz tikilib turishdi.. Keyin Adrien Marinetni koʻtarib pastga 
sakradi..Marinet qoʻrqqanidan koʻzlarini yumib, Adrienni boʻynidan 
mahkam boʻgʻib oldi..
- Marinet balki men oʻlmasman, lekin judayam qattiq boʻgʻib 
qoʻyganingdan nafas ololmayapman..- dedi Adrien.
- Voy kechir..men bilmasdan..haligi..
- Hech qisi yoʻq..men nafas olmasdan ham yashay olaman- dedi.
Ular yerga tushishdi..
- Unda nega  bunday deding?- deb hayron soʻradi Marinet.
- Shunchaki seni chalgʻitmoqchidim- dedi.
Ular qoʻl ushlashib daryo boʻylab yurib ketishdi.
- Adrien, nega boʻrituslarni yomon koʻrasizlar..oying vampirga aylangani
uchunmi?
- Yoʻq..nimalar deyapsan..boʻrituslar bilan doʻstmiz..misol uchun- Nino 
boʻritus! Lekin biz yaqin doʻstlarmiz..Keyin Alya ikkisini bir birida koʻngli 
bor..


- Nima?? Hali Nino ham oʻzgachami?
- Ha shunday.. qizigʻi shundaki ertaga yana bir boʻritus doʻstim 
keladi..sen ham kel..oilam bilan yaqinroqdan tanishasan..
- Qanday boʻlarkin..
- Albatta hammasi joyida boʻladi..menga ishon.
- Mayli
- Unda ertaga seni uyingdan olib ketaman..
                      * * * * * * * * * * *
                  Sahroi Kabir... Tun...
   Katta karvon kech boʻlishiga qaramasdan yoʻlda ketishardi.. 
Karvonboshi uzoqdan kimnidir yerda yotganini koʻrdi...tuyalarni 
toʻxtatib oʻzi oʻsha tomonga ketdi..yaqinroq borsa ..nihoyatda goʻzal  
qiz. .nafas olayotganini tekshirish uchun qoʻlini choʻzdi..shunda qiz 
koʻzlarini ochdi va karvonboshini qoʻlini tishlab qonini soʻrib 
oldi..qizning koʻzlari tillarang ..huddi olovdek yonardi.. Qiz shamol 
tezligida boshqa odamlarni yerga yiqitib hushidan ketkizdi..hammasini 
tuyalarga yuklab, qayoqqadir olib ketdi..taxminan 2 chaqirimcha yoʻl 
bosgandan keyin bir harsang tosh chiqdi..qiz toshga yaqinlashib yonidan
keskir hanjar chiqardi..barmogʻini kesib, 1tomchi qonni toshga 
tekkizdi..shunda tosh surilib yer ostiga yoʻl ochildi.. Qiz tuyalarni pastga 
yetaklab tushdi.. U yer huddi qaroqchilarni gʻoriga oʻxshardi..faqat tilla 
tangalar oʻrniga yerda suyaklar yotardi..  Shu payt qizning oldidan 
yuziga niqob taqqan koʻzlari olovdek yonayotgan yigit paydo boʻldi.. Qiz 
tuyalarga ishora qilib:


- Oʻlja bilan keldim..Malikaning huzuriga kirmoqchiman - dedi 
Yigit indamasdan birinchi tuyani jilovidan ushlab koʻzdan gʻoyib boʻldi.. 
Qiz uzun yoʻlakdan taxt xonasi tomon ketdi.  Yoʻlak yarimiga yetganda 
ikki tabaqali katta eshik chiqdi.. Qiz eshikni taqillatdi.. Ichkaridagi ikki 
xizmatkor eshikni ochdi.. Taxt zali harsang toshlar bilan bezatilgan edi.. 
Atrofga toshdan qilingan stullar terib qoʻyilgandi.. Unda vazirlar va 
boshqa lavozimdagi vampirlar oʻtirishardi...Oʻrtada qimmatbaho 
toshdan qilingan taxtda sochlari uzun va jigarrang.. koʻzlari jodu qilar 
darajada shahlo, lablari atirgul gʻunchasidek qizil va uzun qora koʻylak 
kiygan sahro vampirlari malikasi Lila oʻtirardi. Qiz ta'zim qildi va :
- Malikam siz uchun butun boshli karvonni olib keldim.- dedi..
Malika Lila qizga chap tarafdagi stulga òtirishni buyurdi.. Eshik yana 
ochilib, xonaga òng yuzida uzun chandiĝi bor yigit kirdi. Yigit malikani 
oldiga kelib tiz chòkdi:
- Malikam 1 qoshiq qonimdan keching...bugun ov qila olmadim. Iltimos, 
avf eting - dedi..Malikaning kòzlari qizardi, òng qòlidagi tirnoqlari òsib, 
kichik xanjarga aylandi. U qòlini silkitgan edi xanjarlar uchib borib 
yigitning ikki kòzi va yuragiga tegdi va shu onda òldi. Atrofdagi boshqa 
vampirlar dir - dir titray boshladi.. Malika jahl bilan òrnidan turdi va 
baland ovozda:
- Menga foydasi yòq vampir kerak emas.. Garchi u kuchli bòlsa ham.. 
Menga xizmat qilar ekansanlar albatta vazifangni bajarishlaring kerak- 
dedi va òlgan vampirga imo qilib - buni esa qonini siqib oling..hech 
bòlmasa òlgandan keyin foydasi tegsin!


Malika jahl bilan taxtga oʻtirdi..barchaga chiqib ketishni buyurdi. Vazir 
vampirlar oʻrinlaridan turib koʻzdan gʻoyib boʻlishdi.. Malika Lila qoʻlini 
peshonasiga qoʻyib oʻylanib qoldi..  Biroz vaqt oʻtgach eshik taqilladi ..
- Kim u ?
- Men Zubeyraman..Malikam..sizga qon olib keldim..
- Kir! 
 Eshik ochilib ichkariga sochlari yelkasiga tushgan, koʻzlari qop qora, 
rangi oq boʻlishiga qaramasdan hozirgi qoʻrquvdan yanada oqarib 
qaltirayotgan qiz kirdi.. Uning qoʻlida oltin patnis, patnisda oltin qadah 
toʻla qon. Malika qadahni olib undagi qonni ichdi..ichdiyu yuzi burishib, 
qonni tuflab yubordi.
- Nima baloni qoni bu?
- Malikam 1 qoshiq qonimdan keching..bugun ovlangan odamlardan 
birini qoni edi..
- Ovsar!! Men Malikaman oddiy vampir emas... Menga vampir qonini 
keltir. 
- Ammo malikam...
- Oʻchir ovozingni.. Yo oʻlging kelyaptimi
- Aslo malikam..hozir keltiraman..
- Aytgancha Erik keldimi?
- Yoʻq malikam...hali kelmadi. 
- Kelishi bilan huzurimga kirsin..


- Xoʻp boʻladi..malikam
- Chiqib ketishing mumkin..
                * * * * * * * ** * 
             Parij.. Tong..
{ Bu qism Marinetning tilidan yozilgan}
Bugun ertalabdan oʻrnimdan turdim.. kollejni tugatishimga ham bir yil 
qoldi..  Hozir Adrien kelib qolishi mumkin.. Men boʻlsa haliyam tayyor 
emasman. Nima kiysam ekan..uning ota onasi bilan birinchi marta 
uchrashishim...juda hayajondaman... Shkafimdagi hamma kiyimni yoyib 
chiqsam ham koʻnglimga birortasi ham yoqmayapti. Yoʻq yaxshisi qizil 
koʻylak..bu kiyim menga yarashadi..Umuman olganda qora va qizil rang 
menga yoqadi.Tayyor boʻlishimga derazam taqilladi... U keldi. Zinadan 
pastga tushib, oyim va dadam bn xayrlashib uydan chiqdim.. Adrien 
oʻzining qora ferrarisida kelibdi .. Uning ustida ham qora kiyim.. Qora 
koʻzoynak.. U biram  yoqimtoy.. Yaxshiyam Luka menga braslet 
bergan .boʻlmasa hozir u meni fikrimni oʻqigan boʻlishi mumkin edi.. U 
meni koʻrib oldimga keldi: 
- Marinet.. Bugun juda ochilib ketibsan..
- Rahmat.. 
Biz uning mashinasida uyi tomon yoʻl oldik.. Uy haqiqatdan ham 
shahardan chekkaroqda joylashgan ekan.. Lekin juda chiroyli va 
hashamatli edi.. Mashinani darvoza oldida toʻxtatib, tushdik.. Qandaydir
hayajon ichidaman.. Adrien buni sezdi sheklli qoʻlimdan tutdi... Uning 
qoʻli sovuq boʻlsa ham qandaydir boshqacha mehr bilan ushlardi.. Biz 
uyga kirdik. Uyning ichi nafis did bilan bezatilgan.. Demak Emily xonim 


yuksak did sohibasi..qiziq unga yoqarmikinman.. Shu haqida oʻylar 
ekanman, yuqori qavatga olib chiquvchi zinadan baland poshnani ovozi 
keldi.. Aylanma zinadan viqor bilan boʻylari baland, yuzi oq marmarday, 
koʻzlari oltin rangda,  sochlari yozilgan oq sariq rangda,  oq kastyum 
qora shim va baland tufli  kiyib olgan, chiroyliligi chindanda nihoyatda 
goʻzal Emily xonim tushib keldi..
- Salom..Xush kelibsan..Marinet
- Salom Agrest xonim..ismimni bilasizmi?
- Albatta Adrien sen haqingda koʻp gapirib bergan.. Faqat meni xonim 
emas..shunchaki Emily deb chaqir..
- Yaxshi..
Emilyning ortidan Xloya kelib, beparvolarcha yonimdan oʻtib ketdi.. 
Negadir oʻzimni noqulay sezdim.. 
- Uyimizga xush kelibsan..Marinet
 Ortimga oʻgilsam boʻylari uzun..rangi oppoq.(Lekin unga yarashmas 
ekan) koʻzlari qoʻrqinchli..lablarini ikki chetida ikkita soʻyloq tish boʻrtib 
turgan Janob Agrest turardi...
- S..salom Janob Agrest.. - dedim qoʻrqqanimdan nima deyishni bilmay
- Seni koʻrganimdan xursandman- uning koʻzlari qizara boshladi..
Yuragim yana ham qattiq ura boshladi... Janob Agrestning koʻzlari 
qizargani sari atrofga bejo boqardi..Keyin esa tezlik bilan xonasiga kirib 
ketdi.  Emily vaziyatni oʻnglash uchun uyni koʻrsatmoqchi boʻldi. Lekin 
menga bu hashamatli uyni koʻrgandan koʻra, janob Agrestga nima 
boʻlgani qiziqroq edi. Biz mehmonxonaga kirdik, u yer juda did bilan 


bezatilgan edi.  Emily meni bu hashamatga qiziqmayotganimni sezdi 
sheklli, Adrienga:
-Balki Marinetga bogʻni koʻrsatarsan.. U yer chiroyli va havosi toza.. 
Unga albatta yoqadi.- dedi.
-Boģ?? Lekin bu atrofda 1ta ham daraxt kòrmadimku..
Bu gapimdan ikkisi ham kulishdi.
-Ehhh.. Marinet. Qayerdaligingni unitib qòyganga òxshaysan.. Sen sehrli
Parijdagi sehrli uydasan. 
 Biz mehmonxonadagi kamen oldiga keldik.. Emily kamendagi 
naqshlarni surdi. . Kamen yonga siljib nurli eshik paydo bòldi.. 
-Xloya biz bn borasanmi? - dedi Emily  Xloyaga
-Yòq!! Xonamda bòlaman.. Agar kerak bòlsam..- u Shunday deb zinadan
jahl bn chiqib ketdi
Unga nima bòlayotganini tushinishga harakat qildim.. ha. U meni 
yoqtirmaydi..shunga jahl qilyapti...
Biz nurli eshikdan kirdik.. ichkariga kirib..yo hudo. .tushimmi yo òngim...
qarshimda keng va haqiqiy òrmon..
-Nahotki bu sizlar uchun boģ bòlsa- dedim kulgidan va hayratdan òzimni
tiya olmay  .
-Odamlar uchun boģ qanday keng bòlsa biz uchun ham shunday- dedi 
Emily xonim
Shu payt qarshimizdagi butalar shitirlay boshladi.. Adrien butalar 
tomonga òqday uchib bordi. . Nogahon butalar orasidan katta kulrang 


bòri paydo bòlib Adreinga tashlandi.. Adrien ham bòriga aylandi va 
ularni orasida shiddatli jang boshlandi. Men qorquv bilan Emily xonimga
qaradim. U bu ikki ulkan bòriga jilmayib qarab turardi. Bir payt kulrang 
bòri Adreinni yerga yiqitdi.. sòngra yana butalar òrasiga kirib ketib bir 
necha daqiqadan keyin u yerdan sochlari kalta kòzlari jigarrang lablarida
nim tabassum bilan bir qiz chiqib keldi..
- Ehhh.. Adrein. . Shunaqayam kuchsiz bòlib ketdingmi?? Bu safar ham 
men yutdim. .  - dedi quvnoqlik bilan qiz
- Kagami !! Senligingni bilgandim. .bilasanku seni ayayman..-- dedi 
Adrien va u men tomonga qarab - Marinet tanish bu bolalikdagi eng 
yaqin dòstim Kagami...
Kagami menga òģrincha nazar solib qòydi. . Keyin meni oldimga kelib 
qòlini chòzdi.
- Ismim Kagami.. bòritusman.. fahmimcha endi insonlar ham oramizda - 
u shunday deb Adrienga qarab qòydi..
-Xloya kòrinmaydi. Meni kelishimni u bilgan kòrinadi.. kuchini 
boshqarishni òrganayotganidan xursandman - Kagamidagi quvnoqlikni 
sovuqlik qamrab olgandek edi gòyo..
-U hech narsa demadi.. menimcha yana yolģiz qolishni xohladi. . - Emiliy
xonim hafaroq ohangda..
- Hech ham tashvishlanmang Emily xonim, Xloya ozini hafa qildirib 
qòyadiganlardan emas..
Biz boģning òziga piknik uchun joy tayyorladik...
                                           *****


        
   SAHROI KABIR.. . YER OSTI QASRI
Malika Lila taxtida òychan òtirardi.. Taxt xonasi zalining yoģoch eshiklari
zarb bilan ochilib ichkariga  sochlari tartibsiz ammo òziga yarashgan, 
jiddiy qiyofali, kòzlari va sochlari tòq tillarangda bir yigit kirib keldi.. 
- Erik!! Kirishdan avval ruhsat sòrashni qachon òrganasan- Malika Lila 
jahl bilan baqirdi.
Ammo yigit boshqa vampirlardek daģ daģ qaltiramasdan va hech ham 
qorqmasdan uning kòzlariga qarab:
- Qòysangizchi opajon..begona emasmanku.. òz ukangizdan ham 
mulozamat kutmangda endi..
- Sen oldin buyruqni bajar. . Xòsh.. topshiriq nima bòldi.. hal qildingmi?
- Opa. . Yoģe..Hazratii oliyalariiii - Erik yasama mulozamat qildi-
buyruģingizga binoan ukangiz yoģe qulingiz suv vampirlari bilan 
uchrashdi..
- E bas qil, chòzmasdan tez gapir..- Lilaning jahli chiqdi
- Unda eshiting..sizga avval ham aytgandim suv vampirlari òta pismiq .. 
ular bilan kelishib bòlmaydi.. sizningcha ular shunday xazinani sizga 
osonlikcha berib qòyishadimi.. men ham chòzib òtirmay ortimga 
qaytdim.
- Unda nega shuncha vaqt qolib ketding??
- Qaytayotganda Parijga ham kirgandim. . Bir bòritusni 
ovlamoqchidim...
- Ooo bòritus qonini ichmaganimga ham ancha bòlgandi..xòsh qani u?


- Siz namuncha gapimni bòlaverasiz opaaa!!! Bòritusni òlar holatga 
kelguncha urdim.. lekin shu payt qandaydir nurlar paydo bòlib 
telepartal ochildida, ichidan vampir qiz chiqib bòritus yigitni qutqarib 
olib ketdi...
-Nima deding. . Hali Parijda shunday voqealar bòlyapti ekanku..biz 
bundan bexabar ekanmizda! - Malika Lila telbalardek kula boshladi..
                        *****
Adrien va Kagami bolalikdan birga o’sgani bilinib turardi. Ular bir 
birlariga shunday hazillar qilar ediki, men va Emily xonim o’zimizni tuta 
olmay kulardik. Biroz vaqtdan keyin Janob Gabriel ham oldimizga kelib, 
bizga qo’shildi. Nimagadir, nimagaligini o’zim ham bilmayman. oldimda 
Xloya bo’lishini istardim. Bog’ning mo’jaz eshigidan mehmonxonaga 
kirdim. Muhtasham va aylanma zinadan 2- qavatga chiqdim. Bu yerdagi 
hamma eshiklarni rangi oq  qora rang bilan bezatilgan edi. Faqat 
burchakdagi eshikgina qora rangda edi. Ikkilanmay eshikni taqillatdim.
- Kiring – ichkaridan Xloyaning  ovozi eshitildi.
Menimcha, u men kelganimni  bilmaydi. Eshikni ochib ichkariga kirdim. 
Xona tartibsiz, derazaga qora parda ilingan. Shuning uchun xona biroz 
qorong’u edi. Katta divanda Xloya boshini tizzalariga qo’ygancha yuzini 
berkitib o’tirardi. Yoniga borib qo’lidan ushladim. Xloya seskanib ketdi
- Sen!!!- u nafrat bilan baqirdi.- oldimga kelgani sendan boshqasi qurib 
qolibdimi? Yo’qol xonamdan!!!
- Xloya tinchlan! Aybim nima, senga nima yomonlik qildim.


Shu onda Xloyaning ko’zlari 1 nuqtaga tikilib qoldi. Xuddi men bu yerda 
yo’qdek. Birdaniga u qo’llarimdan mahkam ushlab oldi va g’alati 
ohangda gapira boshladi.
- Sen bilan.. aynan sen bilan o’tmish takrorlanadi. O’sha iblis qiyofali 
mahluq ko’plab qurbonliklar qiladi. Bu safar o’zligingni yo’qotma. Bu 
safar ham xato qilsang barchani o’limiga sababchi bo’lasan. U seni 
ko’rdi. Tirikligingni biladi. Tumoringni qidir... – Xloya shunday deb meni 
qattiq itarib yubordi. Men uchib borib devorga boshim bilan urildim. 
Boshim qattiq og’rirdi. Boshimni ushlasam qon oqyapti. Divanda esa 
Xloya boshini ikki chekkasini ushlab ko’zlarini yumgan holda 
chayqalardi. Birdaniga u  to’xtab qoldi va   ko’zlarini ochdi. Ko’zlari avval
tillarang so’ngra qizil tusga kirdi.
- QON!!! – Xloya vaxshiy mahluqdek baqirdi. Endi uning og’zidan 2
ikkita qoziq tish bo’rtib chiqa boshladi.. Men esa qo’rqqanimdan 
qo’llarimni teskari tomoni bilan yuzimni to’sib, uni to’xtatmoqchi 
bo’lgandek kaftlarimni u tomonga qaratdim. Xloya men tomonga 
tashlandi.  Shu on kaftlarimdan nur chiqib, Xloyani uchirib devorga urdi 
va u xushidan ketdi. 
Zinadan qadam tovushlari eshitilib, xonaga Adrein va Emily xonim 
o’qdek otilib kirishdi. Ular bir xushsiz yotgan Xloyaga, bir qo’rquvdan 
dag’-dag’ titrayotgan menga qarashardi. Vanihoyat Adrien oldimga kelib
yuzimdan ushlab o’ziga qaratdi.
- Senga hech narsa qilmadimi?  Nega bu yerga chiqding?
- Men.. men.. u..
- Nima ? nima bo’ldi? 


- Men shunchaki undan hol – ahvol so’ramoqchidim. U esa g’alati 
gaplarni gapirdi. Keyin esa menga tashlandi. Qolganini bilmayman.
- G’alati gap dedingmi? Demak Xloya bashorat qilibdi
Emily xonim bu orada Xloyani divaniga yotqizib, peshonasiga nam 
sochiq qo’ydi Uchalamiz yana mehmonxonaga qaytib tushdik. Adrien 
qo’limdan mahkam ushlab olgandi. Mehmonxonada Janob Gabriel 
asabiy uyoqdan buyoqqa yurardi. Kagami esa hotirjam qahva ichib 
o’tirardi. 
                * * * * * * * * * * * * * * 
              SAHROYI KABIR... YARIM TUN...
Erik opasining huzuridan chiqib o’z xonasi tomon keta boshladi.
- Shahzoda Erik! Shahzodam.. – qorong’u yo’lakdan Zubeyra qo’lida 
oltin patnis bilan paydo bo’ldi. Oltin patnisda tilla qadah, qadah to’la 
qimizi qon.. 
- Yo’lda charchagandirsiz, shunga biroz yengil tortasiz deb – u qadahni 
Erikni qo’liga tutqazdi. Lekin Erik qizni yuziga tarsaki tortib yubordi.
- Menga qara, ahmoq qiz! O’tgan safar ham shunday qilganding. 
Atrofimda girdikapalak bo’lishni bas qil! Aks holda opamga bergan 
vadamga qaramasdan seni o’ldiraman – Erik qizga baqirib xonasini 
eshigini g’azab bilan ochdida ichkariga kirib qarsillatib yopdi.
Zubeyra yoshlangan ko’zlarini artib, o’rnidan turdi va yugirib o’z 
xonasiga kirib ketdi. Erik tosh kursisiga o’tirgancha, 1 nuqtaga tikilib 
qoldi. Keyin esa tortmadan kundaligini oldida bundan 2oy oldingi 
voqealarni  yoza boshladi. 


Aslida nima bo’ldi o’zi?  Suv vampirlari bilan bo’lgan uchrashuv omadsiz 
o’tdi. Uyga qaytayotganimda sevimli shahrim Parijni aylanib ketmoqchi 
bo’ldim. yarim kun lekin ko’chada deyarli hech kim yo’q. Eyfil minorasini
kuzatib o’tirarkanman, dimog’imga bir hid keldi. Bu bo’ritusning hidi, 
bo’rituslarni hidi Shanel atirinikidek yoqimli bo’lmasa ham, qoni men 
uchun nihoyatda mazali. O’rnimdan turib atrofga qaradim. Tahminan 2 
chaqirimcha mafosada 1 yigit skameykada o’tirardi. Yonida buketda 
qizil gullar. qulog’ida naushnik, rok musiqa eshityapti. Shamoldek 
yugirdimda orqasida paydo bo’ldim. u meni sezib qoldi va bo’ritusga 
aylanib menga tashlandi. Jangimiz deyarli 10 daqiqa davom etdi. U jasur
ammo kuchsiz ekan. Nihoyat u zarbalarimga dosh berolmay yerga 
yiqildi. Uni o’ldirmoqchi bo’lib, oxirgi qaqshatqich zarbamni berishga 
tayyor turganimda, qarshimdan oq nur taralib portal ochildi. Partaldan  
vampir qiz chiqdi va menga tashlandi. Bo’ritus bilan jang qilganimdan 
keyin ancha charchaganim bois u yerdan qochib ketdim. Uzoqroqqa 
borib ularni kuzatdim. Vampir qiz va bo’ritus yigit, juda kulgili va 
hayratlanarli.  Yigit ko’zlarini zo’rg’a ochdi va:
 - Ad..ri..en..ga  ayt..ma- u shunday deb yana ko’zlarini yumdi. Qiz uni 
Download 329,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish