ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 219
uchun ataylab yalpiz, «sariqbosh», isiriq, yana allaqanaqa giyohlarni yig’ib yurar, «ih»
desa, hozir undan ayrilib qolayotganday, boshida ming rabbanno bo’lardi.
O’.Hoshimov, Qalbingga quloq sol. 3) Uzoqlarda sarob jimirlaydi. Ko’l betida
qovjiragan yantog’u isiriq suzib yurganday.. S.
Nurov, Narvon. 4) Taypoq tobokda
isiriq tutatdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom. 5) Har qanday yomon nazarni daf qiladi
bu isiriq. S. Ahmad, Ufq. 6) Balo-qazoni hozir daf qilamiz. Bitta tovoqqa kul solib,
tikanak tuz bilan bir kaft isiriqning donidan olib keling. R. Fayziy, Hazrati inson. 7) -
Shoshilma, bolam, - kampir tandir tomonga yugurdi va xokandozda isiriq tutatib keldi,
Normatning boshidan aylantirdi. I. Rahim. Chin muhabbat. 8) Jizzali non, isiriq,
qalampir,, meva hidi dimog’iga urildi. A. Muxtor, O
pa-singillar. 9) U isiriq tutatib,
qo’lim engil, kimgaki uchoq kirsa, o’zim silab qo’yganman… dedi. Sh. Bo’taev,
Qo’rg’onlangan oy.
10)
Yog’ochga qistirib qo’yilgan isiriqdan bir changal solib chiqdi.
Sh. Xolmirzaev, Og’ir tosh ko’chsa.
11
) Devorlarda, chordevorlarda isiriqning bo’ylarin
tuydim. A.Mahkam. 12)
[Shafoat xola] Bir bog’lam isiriqni ochib:
-
Yomon ko’zdan
asrasin, tezroq imi-
dimini qilmasam bo’lmaydi,
-
dedi. G’ayratiy, Dovdirash.
13) Eski
irimlardan qutulib ketmagan ba’zi bo’ltaklar… xodaning ustiga isiriq bog’lab
qo’yadilar. A. Qodiriy, Obid ketmon.
O’zbek tilida “isiriq” atmasi bilan yasalgan isiriqchi, isiriqdon, isiriqfurush, isiriq
solmoq, isiriq tutatmoq kabi so’z va so’z birikmalarni ko’plab uchratish mumkin.
Isiriq solmoq
8
(yoki tutatmoq): 1) turli mikrob (kasalik) larga qarshi, dezinfeksiya
maqsadida isiriqning qurug’ini tutatmoq. Xonalarni teztez shamollatib turish, kuniga
ikki marta isiriq tutatish ham maqsadga muvofiqdir. Gazetadan; 2) etn. insjinsni
qochirish, «yomon ko’zdan saklash» va sh. k. maqsadda isiriq tutatib, kishi boshi
(atrofi) dan, xona ichida aylantirmoq. Kampir, mehmonlar chiqib ketishi bilan, suyukli
kuyoviga isiriq soldi. S. Zunnunova,
Go’dak hidi. Lutfiniso dam o’tmasdan kelib, goh
«yomon ko’zdan saqlasin» uchun isiriq tutattirar, goh qizini quchib yig’lar.. edi. Oybek,
Tanlangan asarlar.
Isiriqdon
-
isiriqchining isiriq solib tutatadigan mis idishi. Do’kon og’zida boshiga
kuloh kiygan… qalandar hadeb aylanishib, isiriqdonini u yoqdan
-bu yoqqa silkitaverdi.
A. Muxtor, Opa-singillar.
Isiriqchi
-
kishilarga isiriq solib, shundan tushgan sadaqa bilan kun ko’ruvchi
shaxs. Yo’lchi qarab, kinoya bilan qoshlarini chimirdi:
-
Men xo’jayinlarning
bo’yinturug’iga kallamni tiqay, ishlay, ular obdan moyimni shilsin, keyin meni «husht!»
deb haydasin, men gadoy bo’lay, isiriqchi bo’lay. Oybek, Tanlangan asarlar.
Kavrak
, kovrak, roba, sassiq kavray, sassiq kavrak, ko’histon kovragi,
Sumbul
(Ferula sumbul)
nomlari bilan ataluvchi mazkur o’simlik ferula nomi bilan
fanga
tanilgan (Sassiq kovrak
—
Ferula assa-foetida, lotinchada).
8
O’
z
bek tilining izohli lug’ati
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |