ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 216
oqilona foydalanish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi PQ
-4670-sonli qarorlari qabul
qilindi.
4
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
-yil 10-
apreldagi “Yovvoyi holda
o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta
ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi PQ
-
4670-
sonli qaroriga asosan respublikada so’nggi yillarda dorivor o’simliklarni
muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o’simliklar
yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil
islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Qarorida “
Mahalli
y floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o’simliklarning
750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun
ro’yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo’llanib
kelinmoqda”
5
-deyiladi.
Qarorda ilmiy-tad
qiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan
dorivor o’simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo’yicha
ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab
borilishini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va
o’rta maxsus ta’lim vazirliklariga 2020/2021 o’quv yilidan boshlab 2025/2026 o’quv
yiliga qadar o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimida dorivor o’simliklarga oid maxsus
soatlarni o’quv rejala
riga kiritsh (16-
band); 2020/2021 o’quv yili boshlangunga qadar
Qishloq xo’jaligi vazirligi, O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi
bilan birgalikda o’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalarga dorivor o’simliklar haqida
ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash; 2020/2021 o’quv yilidan boshlab maktab va oliy
ta’lim muassasalarida fitobarlar tashkil etish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan
tashqari qaror ilovasida 50 nomdagi dorivor o’simliklar va ularning hududlar kesimida
plantat
siyalarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
Ushbu topshiriqlar tilshunoslar zimmasiga ham bir qator vazifalar yuklaydi,
jumladan, shifobaxsh o’simlik nomlarining lingvistik jihatini mukammal tadqiq etish,
tibbiyotda va xalq tabobatida qo’laniladigan o’simlik nomlarini barcha soha vakillari
uchun tushunarli variantlarini taqdim etish, lug’atlarini yaratish kabilar.
Bangidevona
-[hindcha, bang-
(nasha, kanopi) so’zidan forscha bangi
-
(nasha
chekuvchi,
narkoman)
+forscha,
devona-
-telba,
aqlsiz
(bangi+devona)]
Do'stlaringiz bilan baham: |