ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 851
XALQ IJODIYOTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Madina Nasretdinova
Ulug‘bek
Isakov
Rustam Orziboyev
Farg‘ona davlat universiteti
ANNOTATSIYA
O’zbek xalq ijodi ko’p asrlik tarixga ega. Xalq ijodining mukamallashib,
sayqallashida ko’plab san’at turlari paydo bo’ldi. Bu san’at turlarining shakllanishi
folklorni yuzaga keltirdi. Xalq ijodi ko’plab san’at turlarida o’z o’rniga ega bo’lgan
san’ar namunalar shakllandi. Ya’ni bunda xalq ijodi namunalaridan, professional
sozanda va xonandalar, xalq o’yinlari, qiziqchi, xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati,
an’anaviy madaniyatning o’gzaki va yozma namunalari paydo bo’ldi. Bu san’at
namunalari esa xalqimizda avloddan
–
avlodga, ustozdan shogirdga an’anasi tarzida
davom etib kelmoqda.
Kalit so‘zlar
:
xalq ijodi namunalari, kasbiylik, yozma manbalar, og’zaki
manbalar, mahalliy uslublar, havaskorlik faoliyati.
KIRISH
Xalq ijodi
—
xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik faoliyati;
anʼanaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning xalq ogʻzaki badiiy ijodi, xalq musiqasi,
xalq teatri, xalq oʻyinlari, qoʻgʻirchoqbozlik, dor va yogʻoch oyoq oʻyinlari, xalq
tasviriy va amaliy bezak sanʼati hamda texnikaviy va
badiiy havaskorlik kabi ijodiyot
turlari. Yaratilishi va ijodiy jarayonida koʻpchilikning ishtiroki boʻlgan Xalq ijodining
turlari xalq turmush tarzi, yashash sharoitlari, ijtimoiy mehnat darajasiga mos ravishda
shakllanib,
avloddan
avlodga,
ustozdan
shogi
rdga oʻtib, doimiy ravishda
mukammallashib, sayqallashib, tobora anʼanaviylashib borgan va nihoyat, kasbiylik
(professionallik) xususiyatiga ega boʻlgan, jonli ijro sharoitlari va kundalik amaliyotda
bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, Xalq ijodining bir qator qadimiy namunalari yozma
manbalarda, tarixchi va yozuvchilarning asarlarida, qoyatoshlarda ya’ni Sarmishsoy,
Zarautsoy rasmlari kabi, arxeologiya va arxitektura yodgorliklarida, uy-
roʻzgʻor
buyumlarida saqlanib kelgan. Xalq ijodi namunalarida xalqning turmush tarzi, ijtimoiy
va maishiy hayoti, mehnat faoliyati, tabiat va jamiyatga qarashlari, eʼtiqodi va diniy
tasavvurlari, inson va olamga nisbatan histuygʻulari, badiiy olami, bilim darajasi, baxtli
va adolatli zamon haq
idagi oʻyfikrlari oʻz ifodasini topgan. Xalq ijodi qadimdan
rivojlanib kelgan. Jamiyat taraqqiyoti va mehnat taqsimotining kuchaya borishi bilan
Xalq ijodi janrlariga nisbatan ayrim isteʼdodli shaxslarning ixtisoslashuvi osha borgan.
Shu tariqa baxshilar,
masxarabozlar, qiziqchilar, qoʻgʻirchoqbozlar, raqqoslar,
mashshoklar, naqqoshlar, kulollar, oʻymakorlar, kashtadoʻzlar va h.k. sanʼati yuz
aga
kelgan.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |