ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 853
folklorga xos ijodiy jarayonning a
na shu bosh xususiyati doirasida namoyon boʻladi.
Folklor namunalari ogʻzaki yaratilib, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida ogʻzaki
tariqatlar hamda ommaviy repertuardan keng o’rin olar ekan, bunda badiiy shakllarning
barqarorligi, matndan matnga oʻtuvchi umumiy oʻrinlarning qatʼiylashganligi, oʻxshash
sayyor syujetlarning koʻpligi imkoniyat yaratadi. Har bir ijodkor va ijroda anʼanaviy
asardagi nimalardir oʻzgaradi, nimalardir avvalgisidan boshqacharoq talqin etiladi,
nimalardir qoʻshiladi yoki tushib qoladi. Bunday oʻzgaruvchanlik ijtimoiy muhit,
maishiy sharoit, eshituvchilar talabi va ijrochi salohiyatiga bogʻliq. Lekin har qanday
oʻzgarish, ijro davomidagi qayta ijod asrlar davomida qadimiylashgan puxta anʼanalar
doirasida sodir boʻladi. Demak, jonli ogʻzaki anʼana doirasidagi badihagoʻylik folklor
asarlarining koʻp variantlarida tarqalishiga olib keladi.
Xalq ogʻzaki badiiy ijodining deyarli barcha janrlari turli tuman ijrochi va
ijodkorlar faoliyati bilan bogʻliq. Isteʼdodli ijodkorlar folklor namu
nalarini saqlab qolish
va keng ommalashtirish bilan birga ogʻzaki anʼanalar doirasida uni yanada
mukammallashtiradilar, baʼzan yangilarini ham yarata oladilar. Biroq bunda
barqarorlashgan va qatʼiylashgan jamoaviylik anʼanalari yetakchilik qiladi. Ayrim
ja
nrlar (mas, topishmoq, maqol kabi) ommaviy xarakterga ega boʻlsa, yaʼni ularning
namunalaridan har bir kishi ozmi koʻpmi ayta olsa, boshqalarining ijrosi muayyan
tayyorgarlikni talab qilgan. Shu tariqa xalq ogʻzaki badiiy ijodi namunalarini yaratish va
ijr
o etishda oʻziga xos kasbiy ijodkorlik yuzaga kelgan.
Folklor janrlari ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot bilan uzviy bogʻliq. Xalq hayotidagi
tarixiy oʻzgarishlarga koʻra, ular ham oʻzgara borgan. Qay bir janrlar yoki namunalar
butunlay yoʻqolgan, yangilari yuzaga kelgan. Shuning uchun ham ularda koʻp
qatlamlilik mavjud boʻlib, uzoq ijro davomida bir necha davrlar oʻz izini qoldirgan.
Janrlarning bosqichli taraqqiyoti va tarixiytipologik nuqtai nazardan qaraganda, eng
qadimiy davrlarda koʻpchilik xalqlarda miflar, urugʻ va qabilalar haqidagi afsona va
rivoyatlar, topishmoq va maqollar, olqish va qargʻishlar, mavsum marosim folklori
namunalari, mehnat qoʻshiqlari keng tarqalgan. Keyingi davrlarda esa, ertaklar,
eposning arxaik shakllari yuzaga kelgan.
Xalq musiqasi ya’ni musiqiy folklor —
ogʻzaki anʼanadagi musiqa turi. Ibtidoiy
sanʼatda paydo boʻlgan oʻyin usullari, jodu aytimlari, tovushli signallardan tortib xalq
ashula va cholgʻu kuylargacha kabi shakllardan iborat. Boshqa musiqa turlaridan,
asosan,
turmush jarayoniga bevosita bogʻlanganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat
musiqiy folklor namunalari sof estetik hodisalar maʼnosida emas, kundalik hayot
vazifalarini bajaradigan badiiy shakllar sifatida qaror topadi. Koʻpgina xalq musiqasi
namunalari si
nkretik shakllar boʻlib, bularda kuy ohanglar soʻz, raqs, tomosha bilan
uygʻunlashgan holda yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |