Dorivor oʻsimliklar
2
- odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish
uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan
oʻsimliklar —
giyohlar.
D
orivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) taʼsir qiluvchi
moddalarning tarkibiga qarab
—
alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va
boshqalar; 2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab —
tinchlantiruvchi,
ogʻriqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak
-
tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv
sistemasini qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar.
3
1
O’zbek tilining izohli lug’ati (1
-jild)
2
Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo’stoni
-2018.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 215
Odamlar tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan buyon dorivor oʻtlardan
kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3
—
4 ming yil ilgari Hindiston,
Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar haqida maʼlumotlar
beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta
Osiyo xalq tabobatida dorivor
oʻsimliklardan foydalanib davolash oʻzining qadimiy anʼanalariga ega.
Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu
Ali Ibn
Sinoning "Al-qonun fit-
tib" asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xus
usiyatlari
va ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
Abu Ali ibn Sino yashil olam mahsuli bo’lgan shifobaxsh o’simliklardan turli
tuman xastaliklarni davolashda muvaffaqiyatli
foydalangan. Olim o’z asarlarida
muayyan o’simlikning
ajoyib xossalarini qayd etish bilan bir qatorda, qanday kasallikka
davo bo’lishi, undan qanday foydalanish
kerakligi haqida ham
yo’l
-
yo’riqlar bergan.
Bugungi kunda ulug’ alloma foydalangan dorivor o’simliklarning yuzdan ortig’i turli
zamonaviy tibbiyot
amaliyotida samarali qo’llanilmoqda.
Ko’pgina shifobaxsh o’simliklar tibbiyotda qo’llaniladi va hozirgi kunda ham
kishilar o’simliklarning kimyoviy tarkibini o’rganish bo’yicha izlanishlarni olib
borishmoqda. Bu esa o’z navbatida yangi
-yangi kashfiyotlarga olib keldi. Hozirgi kunda
mog’or zamburug’i deb ataladigan zamburug’dan penitsillin dorisi tayyorlanmoqda.
Ba’zi dorivor o’simliklar, jumladan, yalpiz plantatsiyalarda ko’paytirilmoqda;
Yalpiz moyining asosiy qismini tashkil etgan modda
–
mentol tish poroshogini
xushbo’y qiladi. Mentol validol va boshqa yurak kasalligi dorilari, tinchlantiruvchi
dorilarga, kosmonavtlarning ovqatlanish ratsioniga kiradigan yalpizli karamelga ham
qo’shiladi.
Mamlakatimiz yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklarga
ham boy.
O’rmonlarda marvaridgul o’sadi, undan yurak kasalligi bilan og’riganlarga dori
tayyorlanadi, o’rmon etagi va nam o’tloq yerlarda o’sadigan valeriana o’simligildan
tinchlantiruvchi dori ishlanadi. O’tloq yerlarda har qadamda dalachoy (uni xalq orasida
9
5 dardga davo bo’ladi deyishadi), bo’yimodaron, ko’ko’t, gazako’t, qora andiz va
boshqa dorivor o’simliklar o’sib yotadi.
Farmatsevtikaning jadal suratlar bilan rivojlanishi va yangi, yuqori samarali
sintetik dorilar yaratilishiga qaramay dorivor
o’simliklar va dorivor mahsulotlarga
bo’lgan ehtiyojlar kundan kunga ortib bormoqda.
Bu sohadagi qator muammolarni hal
etish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan 2018-yil 12-oktabrdagi
“O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobati sohasini
tartibga solish chora-tadbirlari
to’g’risida” gi PQ
-3968-sonli, 2020-yilning 10-
aprelidagi “O’zbekiston Respublikasida
Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora
-
tadbirlari to’g’risida” gi PQ
-
4668-sonli, 2020-yil 10-
apreldagi “Yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni
muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan
3
Pratov.O’.P, Nabiyev.M.M. O’zbekiston yuksak o’simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent . O’qituvchi
- 2007.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |