www.scientificprogress.uz
Page 14
bo‘lgan
1
. Ushbu hunarmandchilikning kelib chiqishi boshqa Markaziy Osiyo xalqlari
orasida tarqalgan rivoyatlardagidek Xa
zrati Dovud payg‘ambar nomi bilan bog‘liqdir.
Qoraqalpoqlarda ham temirchilarning homiysi Xazrati Dovud hisoblangan. Afsona va
rivoyatlarga ko‘ra payg‘ambar Dovud temirchilikni o‘zbeklar bilan bi
rga
qoraqalpoqlarga ham o‘rgata
di. XX asr 1945-1959 - yillarda T. A. Jdanko rahbarligida
olib borilgan etnografik ekspeditsiya natijalari ham temirchilik sohasi bilan ushbu xalq
qadimdan shug‘ullanib kelganligini isbotlab beradi
2
. Tadqiqotchi
temirchilar qishlog‘ida
olib borgan dala tadqiqotlari davomida yetti yoki
undan ortiq avlod egasi bo‘lgan ustalar
bilan uchrashadi, jumladan 1973-yilda Kegeyli viloyatida yashovchi ajdodlarining 18-
avlodi temirchilik bilan shug‘ullangan 75 yoshli sovxoz rezidenti temirchi Abdusamat
Saimbetovdan jonli intervyu oladi.
3
Qoraqalpo
q temirchilarining odatda o‘ziga xos xususiyatlari bor edi. Alohida
xonalardagi ustaxonalar soni kam bo‘lgan. Ammo ba’
zilari,
ya’ni
ustaxonasi bo
‘
lmagan
temirchilar, ochiq maydonda, ochiq osmon ostida, uyning yonida ishlaganlar va sovuq
havoning boshlanishi bilan ular asbob-uskunlari bilan uyga kirib ketishadi yoki
ishlashni to‘xtatishadi. Bunday ustalar juda kam buyurtma olishgan, chunki asosiy
buyurtmalar qishda yoki kuzda kelgan. Mijozlar zarur qishloq xo
‘
jaligi anjomlarini
bahorga tayyorlashga oldindan harakat qilishgan. Shahar temirchilarining ustaxonasi
odatda bozorda joylashgan.
Qadimgi temirchilarning aytishicha, ovul aholisi har bir
buyum uchun ularga alohida haq
to‘lamagan. Temirchilar barcha qarindoshlariga kerak
bo‘lganda xizmat qilishgan va kuzda, o‘rim
-
yig‘im paytida ovulning har bir fermer
xo‘jaligi ularga don yig‘im
-
terimining ma’lum qismini mehnat uchun to‘lov sifatida
ajratgan. Har bir ustaxonada temirchi yoki uning shogirdi ishlagan.
XX asrda Qo‘ng‘irot, Chimboy, Xo‘jayli, Mang‘it, Zangish
ovul, Shonshiyovul
kabi shaharlarida temirchilarning ustaxonalari bor edi. Ishchilar soni 3-4 kishiga yetardi.
Temirchining ustaxonasi esa “dukan” deb nomlangan.
4
Dukan muqaddas joy
hisoblangan. Odat bo
‘
yicha, ustaxonaga ayollar va bolalar kiritilmasdi. Temirchiga yoki
uning asboblariga qaratilgan behayo so
‘
zlarni ishlatish, ustaxonaga tahoratsiz kirish,
asboblarni iflos suvga qo
‘
yish
qat’iyan
taqiqlangan. Yakuniga yetmagan mahsulotni
mijozga berish ham mumkin emas edi. Temirchining ustaxonasi shu qadar muqaddas
joy ediki, o
‘
tmishda, ma
’
lumot beruvchilarning fikriga ko
‘
ra, u yerda ruhiy
kasalliklarga chalinganlarga tunash tavsiya qilingan. Masalan, ayollar, ayniqsa bepusht
ayollar, kasalliklaridan davolanish va bola tilab olish uchun u yerga borishga harakat
1
Толстова
С
.
П.
,
Жданко
T
.А.
,
Абрамзона С
.
М.
,
Кислякова
Н
.
А.
Народы Средней Азии и Казахстана
.
I часть
.
Москва
, 1962. 450 c.
2
Жданко Т. А., Камалов С. К. Этнография Каракалпаков. XIX
-
начало XX века (Материалы и Исследования)
Ташкент
:
«Фан» Ўзбекской ССР,
1980. 153 c.
3
Жданко Т. А., Камалов С. К. Этнография Каракалпаков. XIX
-
начало XX века (Материалы и Исследования)
Ташкент издательство „Фан" Ўзбекской ССР. 1980. 1
60-c
4
Джаббаров И. М. Ремесло узбеков южного Хорезма в конце XIX
-
начале XX в. (Историко
-
этнографический
очерк). 1971 г.
88-
с.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
Do'stlaringiz bilan baham: |