Science and education scientific journal



Download 8,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/78
Sana17.07.2022
Hajmi8,17 Mb.
#811322
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

References 
1. Alisher Navoi, Complete Works - Tashkent. Fan.1990,540-bet. 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
148


TILSHUNOSLIKDA TERMIN TUSHUNCHASIGA DOIR QARASHLAR 
 
Xaitbayeva Nazokat Adilbek qizi 
nazokatxaitbayeva@bk.ru 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universitetining 
Annotatsiya: 
Termin masalasi har bir davrda va har qaysi millatda murakkab 
bo‘lib kelgan. Ushbu maqolada terminlarning o‘rganilishi, ahamiyati hamda termin 
tushunchasiga doir qarashlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bugungi kunda o‘quvchi-
talabalar orasida terminlarga bo‘lgan qiziqishlar tabora ortib bormoqda. O‘zbek 
tilshunosligida terminlarni o‘rganishga doir talaygina ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, 
ko‘plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug‘atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar 
yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan.
Kalit so‘zlar
: terminalogiya, termin, tibbiy terminlar, leksika, loyiha, lug‘at, 
tadqiqot. 
 
Kirish.
Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy 
sohalarda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar va yangilanishlar jarayoni, tabiiy ravishda, 
avvalo, o‘zbek tili leksikasida o‘z aksini topmoqda. Bu esa, ayni paytda, jamiyat 
taraqqiyoti bilan bog‘liq holda, yangi-yangi so‘z, tushuncha va terminlarni yuzaga 
keltiradi. Terminlar haqida fikr yuritilar ekan, birinchi navbatda, uning leksik-semantik 
xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak bo‘ladi. So‘z semantik strukturasining o‘zgarishi, 
shuningdek, semantik strukturaning taraqqiyoti lingvistik adabiyotlarda odatda leksik 
ma’noning o‘zgarishi yoki leksik ma’noning taraqqiyoti deb ta’riflanadi. So‘z leksik 
ma’nosining taraqqiyoti deganda, asosan, so‘zning u yoki bu ma’nosi asosida yangi 
ma’no yoki ma’nolarning yuzaga kelishi, so‘z ma’nosining kengayishi va torayishi 
tushuniladi. G. Paul tomonidan ilgari surilgan bu nuqtayi nazar, nihoyat, o‘zbek 
tilshunosligiga oid ishlarda ham o‘z ifodasini topgan. Maʼno kengayishi - avval tor 
doiradagi voqelikni ifodalagan maʼnoning keyinchalik keng doiradagi voqelikni 
ifodalay boshlashga oʻtishi. Masalan
, qishloq
soʻzi dastlab “
qish faslida yashaydigan 
joy
”ni anglatgan, hozir esa “
aholi muqim yashaydigan maʼmuriy hududni
” ni bildiradi. 
Maʼno torayishi-avval keng doiradagi voqelikni ifodalovchi maʼnoning keyinchalik tor 
doiradagi voqelikni anglatishga oʻtishi. Masalan, 
yaroq
leksemasi oldin “
kerak 
boʻladigan narsa - qurol
” maʼnosini bildirgan boʻlsa, hozirgi kunda mazkur 
leksemaning maʼnosi torayib “
hujum qilishda ishlatiladigan qurol
” maʼnosini 
anglatadi.
O‘zbekcha tibbiy terminlar ham o‘z taraqqiyoti jarayonida umumiylikdan 
xususiylikka qarab borgan yoki ma’nosi toraygan terminlarga yoki xususiylikdan 
"Prospects of Development of Science and Education" Conference Proceedings
24 May 2022
149


umumiylikka qarab borgan yoki ma’nosi kengaygan terminlarga bo‘linish kuzatiladi. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tilda leksik ma’no taraqqiyoti, odatda, biror predmet, 
belgi yoki harakatning nomini boshqa bir predmet, belgi yoki harakatga ko‘chirish 
yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Bunday leksik ma’no taraqqiyoti bilan bog‘liq ko‘chirishlar 
metafora (o‘xshashlik), metonimiya (o‘zaro aloqadorlik), vazifadoshlik (vazifaviy bir 
xillik), sinekdoxa (qism va butun munosabati) kabi turlarga ajratiladi
1
. So‘zlarda ma’no 
ko‘chganda, asl ma’no inkor qilinmaydi, balki asl ma’nolarga qo‘shimcha ravishda 
yangi ma’noga ega bo‘ladi va shu bilan ularning ma’nolari kengayadi. So‘z 
ma’nolarining ko‘chirilishi predmet, voqea va hodisalar orasidagi o‘zaro o‘xshashlik 
yoki bog‘liqlikni bir-biriga taqqoslab ko‘rsatish bilangina cheklanib qolmaydi, balki 
ma’lum predmetni bildiruvchi so‘z bilan predmet o‘rtasida o‘zaro munosabat 
mavjudligini va o‘xshashlik borligini belgilaydi. Ulug‘ Tursunov, birinchilardan 
bo‘lib, o‘zbek tili terminologiyasi masalalariga oydinlik kiritishga harakat qildi va 
ushbu masalaga bag‘ishlab asarlar yozdi: “Til-terminologiyada burjuaziya 
intilishlariga qarshi”, “O‘zbek terminologiyasi masalalari”, “Terminologiya 
masalalari”, “O‘zbek adabiy tilida o‘z-terminlar tanlash prinsiplari” kabilar. Bu 
asarlarda terminlarni hosil qilish, to‘plash, tartibga solish, unifikatsiyalash va nashr 
etish sohasidagi turli xil qarashlar va tushunchalar haqida mulohaza yuritiladi. Bundan 
tashqari, terminologiya sohasida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan chalkashliklar yaqqol 
ko‘zga tashlana boshlanganligi ta’kidlanadi.

Download 8,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish