Science and education scientific journal


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 2,79 Mb.
bet35/76
Sana17.07.2022
Hajmi2,79 Mb.
#811317
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
Bog'liq
Ilm-fan va ta\'limning rivojlanish istiqbollari 26-son

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. X.Ibragimov, Sh.Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., “Fan va texnologiya”, 2008.




  1. “Òzbekiston milliy ensiklopediyasi ” Davlat ilmiy nashriyoti, 2009.



85


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022



GRAFIK MASALALAR ORQALI OʻQUVCHILARNING FAZOVIY TASAVVURI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH

Yakubova Nafisa Odiljanovna Guliston davlat universiteti o’qituvchisi Sagatova Nodira Odiljonovna Chinoz tumani Toshkent viloyati 5-maktab




Annotatsiya: Umumiy oʻrta ta’limda oʻquvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini bayon qila olishga, uni asoslashga va ularda ko‘pchilik bilan fikrlashish madaniyatini rivojlantirishga chizmachilik fanidagi ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar katta xizmat qila oladi.


Kalit so’zlar: Chizma, qobiliyat, tasavvur qilish, fazoviy tasavvurlarini shakillantrish, idrok, modellashtrish, faoliyat.

Ma’lumki, ilmiy texnikaviy rivojlanish ko‘p jihatdan, texnikaviy loyihalashga asoslangan. Texnikaning rivoji chizmalarsiz amalga oshmaydi. Buning uchun chizmachilik fanini o‘qitish jarayonida oʻquvchilar ongiga - ijodiy yondashish elementlarini singdirib borish zarur. Masalan, detalning ko‘rinishlarini chizishda undagi elementlarni nima uchun kerak, boshqacharoq qilib bajarsa bo‘lmaydimi, eng qulay variant mavjud emasmi kabi savollar bilan oʻquvchilarga murojaat qilish va ular bilan hamkorlikda javob izlash, buyumni dizayn talabida ko‘rkam bo‘lishiga erishish kabi masalalarni ular bilan muhokama qilish lozim. Bu bilan oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z g‘oyasini boshqalarga еtkaza olish, o‘zaro muomala madaniyati kabi xislatlar shakllanadi va rivojlanadi.


Umumiy oʻrta ta’limda oʻquvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini bayon qila olishga, uni asoslashga va ularda ko‘pchilik bilan fikrlashish madaniyatini rivojlantirishga chizmachilik fanidagi ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar katta xizmat qila oladi.


Chizmachilik fanining proyeksion chizmachilik bo‘limida model va detallarning ko‘rinishlarini bajarish qoidalari o‘rganiladi. Bunda oʻquvchi idrok qilgan narsasining tekislikdagi proyeksiyalarini qurishni o‘rganadi. Idrok - bu bevosita sezgi a’zolariga ta’sir etayotgan obyektiv mavjudot, predmet va hodisalarning kishi ongidagi in’ikosidir9. Shuningdek, oʻquvchi bu bo‘limda uch o‘lchamli fazoda joylashgan model va detallarning tekislikdagi chizmasidan uning fazoviy holati va shakliga ko‘cha olish lozim bo‘ladi. Buning uchun kishida fazoviy tasavvur deb ataluvchi psixologik jarayon kechadi. Tasavvur - arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘ylash, xayol qilish, ko‘z oldiga keltirish, o‘ylab zehnda gavdalantirish degan ma’nolarni beradi.





86


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

Ijodiy izlanish talab etiladigan masalalarda esa tasavvur bilan birgalikda inson tafakkuri ham muhim o‘rinni egallaydi. Fazoviy tasavvur qilish - inson ongida shakllangan obrazni кo‘z oldiga keltirish, fazoviy tafakkur etish esa - inson ko‘z oldiga keltirgan obrazni tahlil qilish yoki u bilan “muloqot”da bo‘lishdir.


Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki loyihalash masalalarini o‘rganish va mustaqil bajarish uchun oʻquvchida idrok, tasavvur va tafakkur deb ataluvchi psixologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish masalalari bo‘yicha I.Rahmonov11, T.Rixsiboyev12, S.Saydaliyev13, N.Yodgorov14, A.Valiyev va boshqalar shug‘ullanganlar. Biroq bu ishlarda aynan proyeksion chizmachilikdagi loyihalash masalalari yordamida oʻquvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish yoritilmagan. Bajarilayotgan chizma va fazoviy tafakkur etish o‘zaro dialektik munosabatda bo‘lgani uchun ular bir-birini qiziqarli g‘oyalar bilan to‘ldirib boradi. Natijada fazoviy tafakkur qilish chizmani ortda qoldirib, qog‘ozda o‘ylagan obrazini chizish bilan uni mustahkamlaydi.


Yetarli darajada tez, aniq va qog‘ozda xatosiz tasvirlashni eplay olmaydigan odam, ongidagi faraz qilayotgan obrazlarni ham tezda qog‘ozga tushirishda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi. Ayniqsa, hozirgi zamon kompyuterlaridan foydalanishda tezkor faraz qilish va unga ongdagi obrazlarni zudlik bilan kiritishni talab qiladi. Shu sababli har bir odam fazoviy tasavvur va tafakkur etish bilan bir qatorda ongida faraz qilayotgan narsani qog‘ozga tushirish mahoratini ham egallashi zarur, ya’ni grafik savodxon bo‘lish lozim.


Biror geometrik jism, masalan, kub to‘g‘risida gap borganda u qanday ko‘rinishga ega, qanday elementlardan tuzilgan, chizmada u qanday tasvirlanadi kabi savollarga duch kelinadi. Shunday savollarga javob topish uchun fikrlash boshlanadi. Fikrlash jarayonida tafakkur yordamga keladi. Shunda kub yoqlari bir xil kvadratlardan tashkil topganligi va u kvadratlar oltita ekanligi ayon bo‘ladi hamda ushbu kubning yaqqol tasvirini chizishga urinib ko‘riladi. So‘ngra proyeksiyalarda tasvirlashga o‘tiladi.


Proyeksion chizmachilikda ko‘rinishlar mavzusiga oid dastlabki loyihalash masalasini ko‘rib chiqaylik. Masalan, kub bilan bog‘liq bir nechtaloyihalash masalalari bilan tanishamiz. Shunday qilib kub to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish uchun oldin fazoviy tafakkurni ishga solib, fazoviy tasavvur qilishga ega bo‘linadi.


Grafik masala. Vazifa sharti. Buyumning texnik rasmi yakunlansin (1-rasm). Oʻquvchilarning loyihalash faoliyatiga umumiy tayyorgarligini shakllantiruvchi ijodiy masalalardan biri bu - texnik rasmda еtishmovchi chiziqlari bilan berilgan modelning turli shakllarini loyihalashdir.


Berilgan vazifaning a variantini yеchimlari quyida berilgan.





87


"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS

24 MAY 2022

Chizmachilik fani darslarida loyihalashga oid ma’lumotlar berilsa oʻquvchilarda quyidagi bilim va ko‘nikmalar hosil bo‘ladi:





  • chizmani tuzish va o‘qish malakasi rivojlanadi;




  • fazoviy tasavvuri va tafakkuri rivojlanadi;




  • grafik savodxonlik darajasi ijobiy tomonga o‘zgaradi;




  • dastlab sub’yektiv, keyinchalik ob’yektiv yangiliklar yarata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi ketma-ketlik va berilgan tavsiyalar asosida ijodiy izlanish talab qiladigan grafik masalalarni oʻquvchilarga dars yoki to‘garaklarda tashkil qilib bersaka, ularning fazoviy tasavvuri va tafakkuri yanada o‘sishi ta’minlanadi, shuningdek, yoshlarimiz ichidan texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘sha oladigan konstruktor va ixtirochilar yеtishib chiqqan bo‘lar edi.





Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish