Foydalanilgan adabiyotlar
Ishlab chiqarish va sanoat elektronikasi
Umumiy elektronika va elekrtonika asoslari
Integral va gibrit texnologiya asoslari
Yarimo’tkazgichlar va yarimo’tkazgichli asboblar tehnologiyasi
KATTA SHAHAR VA TUMANLARDA BOG’-PARKLARNI TASHKIL QILISHNING TALABLARI VA AHAMIYATI
Nurmatov Doniyor Olimjon o‘g‘li
doniyornd37@gmail.com
Farg‘ona politexnika instituti
Annotatsiya: Maqolada bugungi kundagi shahar va tumanlarda bog‘-parklarning o‘rni va muammolari tahlil etilgan. Shuningdek, ko‘kalamzor hududlarning aholi yashash sharoitiga va salomatligiga ta’sir etishi yoritilgan. Xorij mamlakatlarida bog’-parklarni tashkil etish tajribalari haqida qisqacha yoritilgan.
Kalit so‘zlar: Bog’-park, mikroiqlim, landshaft, ko’kalamzor hududlar, daraxtlar
Bog‘-park - bu qulay tabiiy sharoitga ega bo‘lgan madaniyat muassasalari (mavjud ko‘chatlar, relyef, suv havzalari), shaharda qulay joylashuvi va qulay transport aloqalari mavjud bo‘lgan katta yashil hudud hisoblanadi. Bu hududlarni landshaftli tashkil etish rekratsion faoliyatni tashkil etish o‘lchamlari va tavsifiga bog‘liq. Bog‘larda, parklarda, hiyobonlarda, bulvarlarda landshaft bog‘-park hududlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq shakllanadi. Ammo maydonlar, piyodalarning ko‘chalari va daryo yoki havza bo‘ylari hududlarida rekreatsion bo‘sh vaqtni o‘tkazish zonalar hududining shaxsiy xususiyatlariga muvofiq ajratiladi, ma’lum cheklanishlarga yo‘l qo‘yilmaydi va loyiha mualliflarining ijodiy fikriga bog‘liq bo‘ladi. Rekreatsion uchastkalar boshqalaridan zich yashil o‘simliklar bilan ajratilishi mumkin.
Shaharsozlik me’yorlari va qoidalarga muvofiq madaniyat va istirohat bog‘i davlat muassasasi hisoblanadi va aholining madaniy dam olishini tashkil etish, kattalar va bolalar o‘rtasida jismoniy tarbiya va dam olish ishlari, turli madaniy, ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun tabiiy sharoitlardan yaxshiroq foydalanish maqsadida shahar, tuman markazida tashkil etiladi.
Bog’- parklar shahar yoki tumanlarning mikroiqlimiga, aholi qisqa muddatli dam olishiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shaharlarda bir nafar aholi soniga 50 m2 yashil ekinzorlar havoning oqilona tarkibini ta’minlab beradi. Hozirda esa mamlakatimizdagi shahar yoki tumanlarda bog’-parklar maydonlari muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda mavjud bog’-parklarning ko’kalamzor hududlari qisqarib ularning o’rniga boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda. Agar shu tarzda ketadigan bo’lsa, shahar ko’kalamzor hududlari normativ hujjatlar talablariga mos tushmaydi va hududlarning mikroiqlimiga katta ta’sir ko’rsatadi. ashil daraxtzorlar xavoni sovitishning yagona vositasi bo’lib xizmat qiladi. Fotosintez jarayonida bir gektar erdagi yashil ekinzorlar 200 nafar odamning nafas olishiga etarli bo’lgan kislorodni
"PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION" CONFERENCE PROCEEDINGS
|
24 MAY 2022
|
ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu bilan bir vaqtda, bir soat davomida 8 kg gacha karbon kislotasi yemiriladi. Daraxtlar barglari o'ziga xos issiqlik xususiyatlariga ega. Turli daraxtlaming barglari o’zidan har xil darajada issiqlik nurini va quyosh spektrini yutib, qaytarib va o’zidan o’tkazishi mumkin. Shuningdek, quyosh radiatsiya nurlarini yutish imkoniyati ham mavjud. Masalan, yosh emanzor quyosh radiasiyasining 96,8%, qarag’ayzor 96%, archa, terak va emanlar aralash o'rmon esa 97-98% nurlami ushlab qoladi. Daraxtlarning termohimoyalash funksiyasi shu bilan belgilanadi.
Hozirda doimiy aholisi 2,7 milliondan oshiq va umumiy aholi soni taxminan 4 millionga yaqin bo‘lgan Toshkentda 20 dan oshiq kam jamoat yashil istirohat bog‘lari mavjud. Farg‘ona shaharida esa 10 ga yaqin bog‘lar mavjud. Lekin aholi soniga nisbatan kam hisoblanadi. Bunday muammmolar aholisi zich joylashgan katta
shaharlarda mavjud. Xorij tajribasida bunday muammolar vertikal ko’kalamzorlashtirish yoki kelajakdagi shaharlarni barpo etishda, o’zgartirishda eko shaharlarni yaratish masalalari ko’rib chiqilmoqda va qo’llanilmoqda.
Madaniy dam olish bog’lari - yirik yashil massiv bo’lib, u yerda aholining dam olishi ma’naviy-tarbiyaviy ish bilan chambarchas holda tashkil etiladi. Bunday joylarda ommaviy, ma'rifiy, madaniy ishlar, shuningdek, ilmiy-ommabop, badantarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Tegishli maqsadlarga muvofiq holda bog’larda kutubxonalar, ma’ruzaxonalar, ko’rgazmalar, attraksionlar tashkil etiladi, mavzuli kechalar, xalq sayillari, kinofilmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o’tkaziladi.
O’zbekiston sharoitida soya-salqin rejimi yopiq maydonchalarda vujudga keladi. Lekin istirohat bog’ida ko’proq yopiq hududlar bo'ladigan bo'lsa, unday sharoitlarda shamollatish imkoni past bo'lib, dim holat yuzaga keladi. Shu sababdan bog’larda asosan yarimochiq maydonchalar ko’proq bo’lishi maqsadga muvofiq, chunki bunday joylarda shamollatish hamda soyalatish imkoniyati mavjud. Sayr etishga mo’ljallangan hiyobonlar soyalatib qo’yiladi, asosiy hiyobon esa - yarimochiq yoki ochiq tipda barpo etiladi. Istirohat bog’ining markaziy kompozisiyasi alohida ajratilishi lozim. Bu kompozisiya ko’l, basseyn, yirik klumba, haykaltaroshlik, favvoralar va gulzorlardan tashkil topgan keng hiyobon ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bir gektar maydondagi ekinzorlar me’yori quyidagicha: daraxtlar - 150-200 ta; butalar - 1000-1200 ta (yashil to'siglami hisoblaganda); 1 gektar erdagi minimal miqdor esa - daraxtlar uchun 100 ta va butalar uchun 300 ta belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |