O’ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING SHAHAR SHAHRIDAGI 00-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH TASHKILOTINING
DEKABR OYI HISOBOTI
2020-YIL
“TASDIQLAYMAN”
Shahar shahar 00-umumiy o’rta
ta’lim maktab direktori
____________F.I.SH
Shahar shahar 00-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam bo‘lmas” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati
B A Y O N N O M A S I №
__.12.2020 Shahar shahri
Yig‘ilish raisi: - M.Safarov – maktab direktori
Qatnashdilar: - E.Gadayshayev- MMIBDO‘
- Sh.Allanazarova- YFBDO
- F.I.SH- yoshlar yetakchisi
- Maktab o‘quvchilari
K U N T A R T I B I:
O‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam bo‘lmas” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil etish
2020 yil 16 dekabr kuni maktab rahbariyati va soha mutaxassislari hamkorligida o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish maqsadida “Huquqini bilgan inson kam bo‘lmas”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan MMIBDO‘ E.Gadayshayevkirish so‘z bilan ochib berdi va davra suhbati qatnashchilariga bugungi tashkil etilgan davra suhbatida kuzda tutilayotgan masalalarni aytdi va maktabga tashrif buyurgan soha vakillarini tanishtirib o‘tdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan huqushunos M.Ro‘ziyeva so‘zga chiqdi.
Yurtimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish, o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish,bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ota-onalarning farzandlari oldidagi mas’uliyatini kuchaytirish hamdao‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayapdi. Huquqiy madaniyani bilmagan sahroda adashgan kimsaga o‘xshaydi. Har bir davlatning qonunlari va jamiyatning qoidalariga amal qilmaslik turli kor-xollarga sabab bo‘lishi mumkin. O‘zining yashasha tarzi mehnat qilish, ilm olish bilan bog‘liq huquqiy me’yorlarni bilish muhimdir. Bu esa insonning huquqiy savodxonligiga daxldordir. O‘quvchilarning maktabga kelishidan maqsadi faqatgina o‘qish, izlanish va kelajagi uchun zamin yaratish ekanligini ta’kidladi.Ta’lim oluvchilar, ularning ota-onasi yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z huquqlarini bilishlari uchun qator ma’lumotlar berib o‘z so‘zini yakunladi.
Maktab yoshlar yetakchisi F.I.SH fikrlar bildirildi:Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad hozirda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish hamda jinoyat yoki qandaydir huquqbuzarlik holatlari vujudga kelganda qanday yo‘l tutish, kimga murojaat qilishlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar huquqiy ong, huquqiy madaniyat to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan soha mutasisisiga murojaat etishdiva tegishli javoblarga ega bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |