275
Bugungi kunda viloyat el-elatning turliligi bilan ajralib turadi. Bu yerda asrlar
davomida o’zbek, tojik, arab va turkmanlar bahamjihat yashab kelishadi. Mazkur
voha uchun madaniy Landshaftning o`ziga xosligi urug`lararo, elatlararo va
millatlararo bo`lib, bu esa o`z navbatida an`anaviy hunarmandchilikning badiiy
xususiyatlarni aniqlashda yordam beradi. Buxoro vohasida an`anaviy
asosiy maktab
va markazlar XVIII –XX asrning boshlarida shakllangan, zero ular xilma-xilligi bilan
ajralib turgan. Badiiy gazlama ishlab chiqarishdan tashqari kulolchilik, kandakorlik,
zargarlik san’ati, yog’och va ganch o’ymakorligi hamda naqsh-u nigoronlari bo’yicha
yirik markazlar mavjud bo’lgan. Bugungi kunda viloyatda an’anaviy gilamdo’zlik va
kashtachilik yaxshi rivojlangan.
Asosiy xomashyosi qo’y hamda tuya yungi bo’lgan gilamdo’zlik ilgari
ko’chmanchi hayot kechirgan xalqlarda ( turkman, arab,o’zbeklarning qo’ng’irot
urug’i) keng tarqalgan. Aynan Buxoro vohasida to’qimachilik kombinati matolarini
bezash san’ati tarixi ildizlari uzoq o’tmishga borib taqaladi. Minglab yillar ilgari
Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda matolarni bo’yash ishlari amalga
oshirilgan. Iso tug’ilganga qadar 12-yuz yillikda Tir va Sidonda
to’q qizil matolar
deyarli oltin bahosida qadrlangan. Matoni yaxlit bo’yashdan farqli,
unga naqsh va
tasvirlar tushirish anchayin murakkab jarayondir. Aynan Buxoro vohasida kashta va
mato bezaklari bilan bir qatorida, matolar asrlar davomida ishlab chiqilgan naqshlar,
batiq bandani, chitgari singari bo’yash texnikasi bilan bezatilgan. Garchi Ermitajda
qadingi Yunonistonning dastlabki chit matosi mavjud bo’lsada, matoga gul bosish
an’anasi qachon vujudga kelganini aniq belgilab bo’lmaydi.
Paxta
va
ipakdan
mato
ishlab
chiqarish
vohamizda
qadimdan
rivojlangan.Olacha, qalami
,
susi chit kabi paxta, beqasam, adras, baxmal, banoras
singari yarim shoyi, shoyi xonatlas ipak matolari ma’lum. Ular tekis bo’yalgan yoki
turli endilikdagi yo’l-yo’l, katakli, boy rangli abrli naqshlar bilan bezatiladi.
Matolarni bezashning an’anaviy usullari orasida qo’lda gul bosish orqali bezash usuli
alohida o’rin egallaydi. O’zbekistonning ham donador, ham metrajli matolar ishlab
chiqaradigan ko’pgina to’qimachilik markazlarida matolar tasvirlari o’simlik va
geometrik bezaklarning o’zaro uyg’unligidan iborat . Bosilgan gullar qizil-qora
singari ikki rangdan tortib xilma-xil ranglarda bo’ladi. Buxoroda ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning o’zgarishi ishlab chiqarilayotgan matolar
uslubi almashinuviga
ham ta’sir qiladi. Buxoroda tashkil qilingan jabrikalonda ishlab chiqarilgan gul
bosma matolar hunrmandlar qo’lida tayyorlangan mahsulotlarni siqib chiqardi.XIX
asrning II yarmida ingichka chiziqli bezaklar bo’rtma shakllar tomonidan siqib
chiqarildi. Negaki ular sifatli bo’yoqlarni talab qilmas edi. Ko’pgina naqshlar,
masalan tashqi, kiyimlar uchun naqshlar deyarli yo’qolib ketdi. Ularning o’rnini
mahaliy aholining didiga mos fabrikada ishlab chiqarilgan matolar egalladi . Sharqda
ishlab chiqarilgan gazlamalar Yevropa sanoatchilarning e’tiborini doimo tortib
kelgan. Aynan go’zal vohamiz Buxoro naqshlari esa Ivanovo Voznesenk to’qivchilari
uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Rossiya Sharq bozoriga e’tibor qaratib chitga gul
bosish sanoatida sharqona naqshlarning xilma-xil turlarini ishlab chiqdi. Lekin ularni
aynan Sharqniki deb bo’lmaydi. Chunki ularga ba’zan fransuz yoki italyan
namunalari ham aralashgan. Lekin bu iste’molchilar orasidan Rossiyada ishlab
chiqarilgan matolarning ommalashib ketishiga to’sqinlik qilmadi. XX asr boshida
276
Rossiya fabrikalari matolarni olib kelish keskin qisqardi. Mahalliy hunarmandlar
ishlab chiqarilgan gazmol va gulli matolar salmog’i oshib ketdi. Endi matoga gul
bosuvchi qolibchalar fabrika gazlamalari beragidan matolardan foydalana boshlandi.
Siyosiy tuzumlarning keyingi almashinishi ko’plab o’zgarishlarga
olib keldi
.Bu to’qimachilik san’atiga ham ta’sir qildi.1917-yildan keyin to’qimachilik
xususiyatiga ega bo’lib qoldi. Matolarni badiiy bezash masalasiga iqtisodiy emas,
balki mafkuraviy nuqtai nazardan yondashish ko`pincha an`anaviy, moda
tamoyillarini sotsialistik madaniyat turkumlarga almashtirishga olib keldi. Bu esa
iste`molchilarga ishtiyoq uyg`otmadi. Agar ilgari bozor o`rganilib, to`qimachilik
fabrikalari ishlab chiqaradigan mahsulotlarga mahalliy aholi talabi hisobga olingan
bo`lsa,1930-yillar boshiga kelib, 1929-yilning yanvarida bo`lib o`tgan to`qimachilik
sanoatlari ko`rgazmasida ta`kidlanganidek, to`qimachilik bozorda matolarni bezash
borasida alohida yutuqlar ko`rinmadi.Buxoroda to`qimachilik uchun naqsh yaratish
oson kechmagan.Qo`shni hududlar savdogarlarning talabini qondirish ular bilan
aloqalar o`rnatish juda katta mehnat talab qilgan.
Buxorolik hunarmandlar kasblarini qo`llash va rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega.Negaki ular tayyorlagan mahsulotlar o`lkadagi umumiy ishlab
chiqarishning salmoqli qismini tashkil etadi va jahon bozorida
sotiladigan qimmatli
materiallarni beradi. Vohamizning bu kabi go`zalligi shu mehnat mahsullarida
bilinadi.Buxoro gilamlari, ipak matolari, kumush va ipak kashtalari nafaqat butun
dunyoni, balki qalblarni ham junbushga keltiradi.
Sharq ishlab chiqarishi va zeb-ziynat ashyolari sifatida katta ahamiyat kasb etib
kelayotgan Buxoroyi Sharif usta va hunarmandlari kasb korlari necha asrlardan beri
tillarda doston.
Shuning uchun, mahalliy aholining farovonligi Buxoroda katta miqdorda olib
chiqib ketilayotgan mahsulotlarga ko`proq bog`liq bo`lib qoldi.\
Buxoroda asrlar davomida qo`lda to`qilgan matolar fabrikanikidan pishiqroq va
oddiy odamlar uchun foydaliroq. Ayniqsa, Buxoroning eski shaharida joylashgan
dehqonlar uchun shoyi va paxtadan pishiq va yupqa matolardan kiyim kiyishga to`la
imkoniyat bo`lgan. Chunki aynan eski shaharda matolarni to`quvchi ustalari faoliyat
olib borgan. Aynan o`sha davr bilan taqqoslaydigan bo`lsak, Rossiya qishloqlarida
qolin kanop ipdan to`qilgan kiyim qanchalik ko`p bo`lsa,
bu yerda paxta va shoyi
matolar shunchalik ko`p.
Shoyi matolarning hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilishi ikki tomonlama
foyda keltiradi, ya`ni ishchilar haq oladi va kishilar chiroyli va qulay kiyimga ega
bo`ladi.
Mahalliy matolar o’zining sifati va afzalligi, eng muhimi pishiqligi jihatdan
yaxshi.Ular shuning uchun evropa bozorida ham xaridorgir .Shu boisdan o’lkaning
xorij bilan savdo-sotig’ining asosiy qismini matolar tashkil etadi.
Agar bu ishlab chiqarishga yordam berilsa,Buxoro shoyi matolari yanada
yaxshi bo’lishi mumkin edi…
O’lkada yana bir muhim ishlab chiqarish bor– bu o’yma naqshlar jozibasi deya
ta’rif etiladi. Buxoroda mis kandakorligi ham o’zining kulolchiligi singari
yurtimizda,hamda xorijda xalq ijodoyotining yetakchi turi sifatida mashhurdir.
277
O’yma mis kandakorligi mahsulotlarini uch xildagi mutaxassis ustalar
tayyorlaydi. Misgarlar qizil va sariq mis, shuningdek, latundan shakl tayyorlaydilar.
Mis quyuvchilar (rixgarlar) bo’lajak mahsulotning tutqichi, qubbo qopqog’i, jo’mragi
(sanula) oshiq-moshig’i (chaspak) kabilarni tayyorlaydilar.
Buxoro vohasidagi
hunarmandchilikning bu ko’rinishi juda mayda zarrachani ham cheklab o’tmaydi.
Naqsh berish juda katta mehnat talab etadigan jarayondir. Buxoro mis kandakorligi
maktabi mahsulotlari Qo’qon, Toshkent, Xorazm va Qarshi mahsulotlaridan
soddaligi va shakllarning sipoligi bilan ajralib turadi. Nisbatan bo’sh tanga
chiziqchalar yoki nuqtalar tushuniladi. Tekis keng kundallar Buxoro misgarligi
mahsulotlariga alohida ifodalilik baxsh etadi.
Plastik aniq o’simliksimon islimiy bezaklar nihoyatda yuqori did bilan chiroyli
va bejirim ishlangan. Buxoroning ayrim misgar ustalar o’z mahsulotlarini o’simlik
bezaklariga moslab, arab yozuvlari bilan ham bezaganlar. Ayrim hollardagina ular
nihoyatda mohirlik bilan turli ranglarga bo’yalgan.
Buxoro kandakorligi – o’ta nozik va mahorat bilan yaratilgan san’at. U po’lat,
qalam va bolg’acha kabi asboblar yordamida yaratiladi. Kandakorlikda po’lat
qalamning bir necha turidan foydalaniladi.
XX asrning 60-yillarida Buxoro an’anaviy kandakorligini qayta tiklash va uni
rivojlanitirish hozirgi kunda ham bu hunarmandchilikni dunyoga tanitish uchun
Buxorolik kandakor ustalar faoliyat olib boryaptilar.
Har bir vohaning o’z milliy an’analari bo’lganidek, bizning Sharif
Buxoromizning asrlarga tatigulik an’analari barhayot yashashi va uni dunyoga
tanitish, dunyoning madaniyat markazlari darajasiga ko’tarib,
bu buyuk badiiy
an’analarni davom ettirgan holda joylarda yoyish har bir o’zbek farzandining
qalbidagi eng oliy orzuga aylansin.
Do'stlaringiz bilan baham: