374
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham
yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga yordam beradi. Shunday qilib, ko‘rsatmalilik metodi:
1) tarixiy bilimlarning asosiy manbalaridan biri bo‘lib xizmat qiladi;
2) o‘quv materialining ta’lim tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam
beradi;
3) o‘qituvchi bayonining aniq, obrazli va ta’sirchan bo‘lishiga yordam beradi;
4) o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘rganishga qiziqishini oshiradi va ularning bilish
faoliyatini
faollashtiradi;
5) o‘qituvchining bayonini va uning darsda qo‘llangan boshqa o‘quv usullarini o‘quvchilarning
tushunib
olishini yengillashtiradi;
6) o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va ijodiy qobiliyatini o‘stiradi;
7) o‘quvchilar bilimining aniq, chuqur va mustahkam bo‘lishigayordam beradi.
O’qitish metodi deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadga
erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish
metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda
tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z
ichiga oladi. Ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar
majmuasidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim
mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati,
xususiyati aks ettiriladi. Metod bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon
bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (ya`ni, maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod
va usullari, natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar kurinishida namoyon bo`ladi: maktab tarix
kursining maqsadi, ta`lim-tarbiya vazifalarining muvoffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning
mazmuniga , uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek,
o`quvchilarning tarix kursini o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning ilmiy asosda,
maqsadga muvofiq tashkil qilishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta`lim-
tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta`lim shakllari, o`qitish metod va usullari hamda
vositalardan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir. Shuningdek,
o`qitishning natijalari ham o`qituvchining o`qitishdan ko`zlagan maqsadni, uning ta`lim-tarbiyaviy
vazifalarini belgilab olishga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam beradigan
metod va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir.
Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish
natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta`sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga
suyanmasdan, ularni e`tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo`lmaydi.
Tarix o`qitishning asosiy maqsadi o`qimishli, yetuk, komil insonni tarbiyalashdan iboratdir.
Bu maqsad bir butun, qator ta`lim-tarbiya vazifalaridan tashkil topadi; bosh vazifa bilan birga
yoshlarni mehnatga layoqat, kamol ahloq, vatanparvarlik, baynalminallik, huquqiy tarbiya,
mafkuraga yot fundamentalizm va terorizmga murosasizlik, bilim hamda izlanuvchanlik kabi
fazilatlarni rivojlantirish muhimdir.
Tarix o`qitish deganda, tarixiy material vositasida o`quvchilarga bilim berish, eng zarur
jarayon-o`qituvchi va o`quvchilarning aqliy (ichki) hamda o`quv harakatlari (tashqi) jarayoni
tushuniladi. Tarix kursining mazmuni, deganda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar
ko`lami, o`quv materiallari:
uning asl mazmuni tarixiy faktlarni xolislik nuqtai nazaridan tahlil qilish asosida kelib chiqadigan
xulosalar va umumlashtirishlar, o`quvchilarning tarixiy materiallarni o`zlashtirish va olgan
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |