TARIX FANINI O`QITISHDA KO`RSATMALI METODLARDAN
FOYDALANISH VA INTERFAOL USULLARNI QO`LLASHNING AHAMIYATI
Xamidova S.Sh. – 7-umumiy o’rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi , Chirchiq
shahar , Toshkent viloyati , O’zbekiston
“...Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yukask intelektual va ma’naviy salohiyatga ega
bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib
kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuchi va imkoniyatlarini
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
372
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
safarbar etamiz”, degan fikrlari maqsadimizning tasdig’i sifatida biz, ta’lim va tarbiya tizimining
barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning
birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Sh.M.Mirziyoyev.
Ta’lim islohatlarinining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning
tezkorligi, ta’lim muassasalariga qo‘yilayotga yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish
bilan bog‘liq dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Ma’lumki ,yoshlarga jahon talimi andozalari
asosida bilim berish, ularni zamonaviy dunyo standartlariga mos holda fikrlaydigan raqobatbardosh
qadirlar sifatida yetishtirish masalalari xalq ta’lim soxasining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Bugungi kunda Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan yosh avlodning barkamolligiga,
kelajagiga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarni qo’llab-quvvatlash, intelektual
salohiyatini oshirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularni kasb-hunarga, hayotga tayyorlash
borasida ta’lim muassasalarida ta’limning noanoanaviy turlaridan, zamonaviy pedagogik va
innovatsion texnologiyalardan foydalanib samarali ishlar tashkil etilmoqdaki, bu o’z-o’zidan
ularning barkamol shaxs bo’lib etishishlarida muhim rol o’ynaydi.
Har bir davlatining bugun va kelajagi mamlakat ta’lim tizimining qay darajada
rivojlanganligi bilan boshlanadi. Zero, millatning istiqboli shu zaminda ulg’ayib kelayotgan
yoshlarning kamoli bilan chambarchas bog’liq. Aslida, yurtimizda ta’lim tizimi islohotiga ustivor
vazifa sifatida qaralishining zamirida ham ayni farzandlarimizning kelajagiga qayg’urish orqali
Vatanning ertangi taraqqiyotini ko’rish istagi mujassam.
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchilarni mustaqil fikrlashga
imkoniyat
yaratadi. Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quvtarbiyaviy jarayonida zamonaviy
o’qitish uslublari interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni beqiyosdir.
Innovatsiya – ingliz tilidan olingan bo’lib, yangilik kiritish demakdir.
O’qitish usuli deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma‘lum maqsadga
erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish
usullari har ikkala faoliyatning ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va
malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviy axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashning
shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va
malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. O’qitish
metodikasiga tarix ta‘limi usullari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada
yagona fikr bo’lmaganligi maktab tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keladi.
Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari
mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya‘ni ularni oqitish ta’limini bir tomonini
ko’zda tutib o’quvchilarning o’rganishi, ta‘limning ikkinchi muhim tomonlarini uyushtirish unga
rahbarlik qilish, bilim, malaka va qobiliyat larin sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim
jihatlarini e‘tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek o’qitishning usul va usullarini tanlash o’quv
materiallarining
mazmunidagi
o’ziga
xosliklarni,
uning
ta‘lim-tarbiyaviy
vazifalarinio’quvchilarning bilimi, malakasini etiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy
kamchiliklar jumlasidan edi.
Bu hol ma‘lum darajada o’quvchilarning tarix faniga qiziqishlari pasayishga umumiy
ta‘lim-tarbiya ishlarini natijasiga salbiy ta‘sir ko’rsatdi. Mamlakatimiz Mustaqillikka erishgandan
so’ng bu masalaga ham jiddiy e’tibor qaratildi. “Ta’lim to’g’risidagi” qonunda ta‘lim mazmunini
takomillashtirish, uning g’oyaviy-tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga o’qitish usullarini
ham faollashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi.Ta’lim standartlari qabul qilindi. Shu bilan birga
maktab amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix fani vositasida tarbiyalashda, uni
o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta‘lim tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina
ilg’or tajribalar o’tkazildi va umumlashtirildi.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |