Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet365/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

Kalit so’zlar:
Ta’lim sifat, Ta’lim samaradorligi, xalqaro tajriba, xalqaro standartlar, 
xalqaro mezon, baholash tizimi, PIRLS. 
Annotation: 
This thesis defination of elementary school students in reading literacy in 
PIRLS international assessment program, which PIRLS International Study in essense, to assess 
reading literacy, basic concepts and tasks. 
Key words:
quality of education, effectiveness of education, international experience, 
international standards, international criteria, assessment system, PIRLS. 
Aннотация: 
Этот тезис связан с Международной программой оценки PIRLS в 
области чтения в раннем детстве, в которой изложены основные концепции и задачи 
международной оценки грамотности PIRLS. 
Ключевые 
слова:
качество 
образования, 
эффективность 
образования, 
международный опыт, международные стандарты, международные критерии, система 
оценки, PIRLS. 
Mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – 
ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. Tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo 
qiyofasini oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga ishonch 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
342 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li samarasini ko’rsatayotgan bir pallada 
kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarimizning ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama 
qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg’or xorijiy 
tajribalar , xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo’lda xalqaro 
tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi 
xalqaro va xorijiy tashkilotlar ilmiy tadqiqot muassalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o’rganish, xalqaro 
standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O’zbekiston 
Respublikasida qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash 
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi 
Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan 
hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishini misol sifatida keltirish mumkin. 
Qariyb 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o’rganish sohasida
yetakchi tashkilot bo’lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning 
ta’sirini chuqurroq o’rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu 
tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko’rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o’zaro 
bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid 
ko’plab mavzular bo’yicha o’ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o’tkazdi. Jumladan, matematika va 
tabiiy fanlar (TIMSS), o’qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot 
texnologiyalari bo’yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo’nalishlarda o’quvchilarning bilim va 
ko’nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda. 
Yuqorida qayd etilgan tadqiqotlardan PIRLS xususida so’z yuritadigan bo’lsak, PIRLS - 
(inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish 
darajasini
aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) 
mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim 
tizimidan iborat bo’lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul 
qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi 
ta’lim tizimidagi 
o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi 
sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta 
ahamiyatga egadir. 
Bundan ko’rinib turibdiki, PIRLS -- boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish 
ko’nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash 
imkonini beradigan, o’qish va o’qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid 
ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. O’quvchilarning o’qish savodxonligi 
–jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini 
idrok 
etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o’quvchilarning o’qishdan 
olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko’proq e’tibor qaratadigan zamonaviy 
jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan 
o’zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo’llay olish 
qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. PIRLS yosh o’quvchilarning sinfdan va sinfdan 
tashqari o’qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda 
ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o’qishdir. 
Quyidagi sizlarga tavsiya etadigan topshiriqda o’quvchilarga badiiy to’qimaga asoslangan 
ertakdan namuna sifatida taqdim etsak: 4-sinf . 1-topshiriq. О‘qish texnikasini tekshirish. 
Bir bor ekan, bir yо‘q ekan, bir qizcha yashar ekan. Qizcha bir kuni о‘rmonga 
maymunjon olib kelish uchun boribdi. U yerda bir kampirni uchratib qolibdi va unga salom beribdi. 
– Vaalaykum assalom, – debdi kampir qizchaga. – Menga maymunjoningdan bersang-chi! 
– Marhamat, – debdi qizcha. Kampir maymunjonni yeb bо‘lib: 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   361   362   363   364   365   366   367   368   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish