247
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
U o‘zbek va boshqa millat yozuvchi-shoirlarining tabiat haqidagi she’r va qo‘shiqlaridan,
buyuk rassomlarning rasmlaridan foydalanadi. Tarbiyachi bolalarni jumhuriyatimizning boshqa
nohiya va qishloqlari, shaharlari, undagi ijtimoiy hayot bilan tanishtiradi. Bolalar kitob, hikoya,
kinofilmlardan bepoyon vatanimiz xalqlari, ularning hayoti va mehnati, o‘lkamiz boyliklari
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladilar.
Tarbiyachi «Vatan», «Bizning shahar», «O‘zbekistonning poytaxti- Toshkent»,
«Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari», «Shahrimizning eng yaxshi kishilari» va shunga o‘xshash
mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli albomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib
boradigan ta’lim-tarbiyaviy ishida foydalanadi.
Foydalngan adabiyotlar:
1.
Danilov M.A. K voprosu o metodax obucheniya v sovetskoy shkole. – Sovetskaya pedagogika,
2005, №10.
2.
Raykov B.Ye. Obshaya metodika yestestvoznaniya. – M., 2011.
3.
Kupisevich Ch. Osnovi obshey didaktiki. M., 2012.
4.
https://doi.org/10.37547/tajssei/Volume 02 Issue12-17
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI NAZORAT QILISH
METODIKASI TO'G'RISIDA
Hayitov B. B. –“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)”
mutaxassisligi 1- bosqich magistranti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika
universiteti, Toshkent, O‘zbekiston.
О‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy hayotida yangicha qarashlar qaror topayotgan bir
sharoitda yosh avlod ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, boshqarish, barkamol shaxs va malakali
mutaxassisni tarbiyalash masalasi yanada dolzarblik kasb etmoqda. Bozor iqtisodiyotigaasoslangan
jamiyatda keskin raqobatga bardosh bera oladiganmutaxassislargina О‘zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni hamda2017-2011
yillarga rejalashtirilgan, harakatlar strategiyasi vazifalari ta’lim samaradorligini oshirish, uzviylikni
ta’minlash borasidaО‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan
meyoriy hujjatlar; psixolog va pedagog olimlarning uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish,
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash xususidagi g‘oyalari xizmat qildi.
Bugun jahon hamjamiyatidan o‘ziga munosib o‘rin egallashga intilayotgan mamlakatimiz
uchun chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o‘z buyuk kelajagini qurayotgan
xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning xojati yo‘qdir.
Darhaqiqat, xorijiy tillarni mukammal bilish shaxsning imkoniyatlarini oshirish bilan birga davlat
va jamiyat taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi.
Yurtimizda til o‘rganishga qiziqish ortib borayotganini hisobga olinib, ta’lim muassasalarida
o‘quvchi talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqdaki, ulardan samarali
foydalanayotgan yoshlarimiz jahon arenalarida xorijlik tengdoshlaridan aslo kam emasligini dadil
isbotlab kelayapti. Biroq kun sayin o‘zgarib, yangilanib borayotgan tezkor zamon suratlari chet tili
ta’limi tizimini yanada takomillashtirishni talab etmoqda. Xorijiy tillarni o‘rganish yoshlarga o‘z
bilimlarini jahondagi ulkan intellektual xazinalarni egallash orqali yanada boyitish imkoniyatini
beradi. So‘nggi paytlarda ko‘plab xorijiy mamlakatlarda ham chet tillarini chuqur o‘rganishga
dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Maktab yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalash, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish, ularda zamonaviy dunyoqarashni
shakllantirish va kengaytirish, ularni estetik tarbiyalash hamda xalq xo‘jaligining turli sohalarida
mehnat qilishga tayyorlash lozim. Bularni amalga oshirishda chet tili ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Albatta bugungi kunda yoshlarimiz orasida ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan talab juda ham yuqori.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |