Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

Ключевые слова:
лингвистический анализ, детская литература, средства языкового 
выражения, текст. 
Annatation: 
This article discusses the importance of extracurricular reading assignments in 
primary school, teaching students independent thinking and observation, and increasing the focus 
on linguistic analysis of literary texts in extracurricular reading lessons. 
Keywords
: linguistic analysis, children's literature, means of linguistic expression, text. 
Xalqimizning boy va qadimiy ma’naviyati, turmush tarzi, hozirgi taraqqiyoti olimlar, 
yozuvchilar, shoirlarimiz yaratgan badiiy, ilmiy va publitsistik asarlarda o‘z ifodasini topadi. 
O‘quvchilarni ana shu bebaho boylikdan boxabar qilish va turli uslubdagi asarlarni o‘qib-o‘rganish 
boshlang‘ich sinfdan boshlanadi. Bu bоrаdа sinfdan tashqari o‘qish dаsturi mаzmunidа hаm Vаtаn, 
vаtаn tаriхi, vаtаn kеlаjаgi, хаlqimizning fidоkоrоnа mеhnаti, хаlqimizning ezgu-niyatlаri, urf-
оdаtlаrini аks ettiruvchi bаdiiy аsаrlаrni o‘rgаnish nazarda tutilgan.
Boshlang‘ichta’limda sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslari uyg‘un holda tashkil 
etiladi. Sinfda o‘qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o‘qish uchun 
ham taalluqlidir.
Sinfdan tashqari o‘qish darslari esa sinfda o‘qish darslari vazifasiga qo‘shimcha ravishda 
yanaquyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi: 
1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni o‘qish malakasini takomllashtiradi. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
 
244 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
2. Kitobni mustaqil o‘qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi. 
3. Ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil 
o‘qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.
4. Sinfdan tashqari o‘qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi. 
5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o‘qiydigan, o‘qilgan kitobni to‘g‘ri 
baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.
Hozirgi kunda badiiy ijodda mavzularning xilma-xilligi, bolalar adabiyotidagi o‘zgarishlar, 
jamiyat taraqqiyoti ta`sirida bolalar dunyoqarashining kengayib borayotgani,sinfdan tashqari 
o‘qishni axborot texnologiyalari asosida tashkil etish imkoniyatlarining kengligi mazkur mavzuning 
ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyatini katta ekanini ko‘rsatadi. 
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan 5 ta tashabbusning to‘rtinchisi 
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli 
ishlar tashkil etilmoqda. Ma’lumki, kitob bilim manbai, hayot maktabidir. Kitobning inson qalbida, 
hayotida tutgan o‘rni beqiyos. Chunki kitob fan va madaniyatning barcha muvaffaqqiyatlarini 
o‘zida saqlab, avloddan avlodga yetkazib beruvchi asosiy vosita hisoblanadi. U hayotni o‘rganish 
va uni qadrlash, jamiyat qonunlari va tabiat hodisalarini tushunishga yordam beradi. Ayniqsa, 
bolalarda eng yaxshi insoniy fazilatlarning shakllana borishida, odob - axloq normalarining 
o‘zlashtirilishida adabiy asarlarning roli katta. Maktab tajribasida kitob ta’lim-tarbiya vazifalarini 
amalga oshirish va o‘quvchilarni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omilidir. Boshlang‘ich 
sinf o‘qish darslari bu borada katta imkoniyatlarga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarning iqtidori bilan 
bog‘liq qibiliyatlarini ularning fikrlashlari va nutqlaridan bilib oladi. O‘quvchilarda boshlang‘ich 
ta`lim jarayonida o‘qib o‘rganilayotgan fan asoslarini mukammal egallashlari uchun ularni, birinchi 
navbatda, mustaqil fikrlash, mushohada yuritish ko‘nikma va malakalari bilan qurollantirishimiz 
lozim. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida Tursunboy Adashboyev “Qish” she’ri ustida ishlanadi. 
She’rning hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham o‘quvchilar 
bilan savol-javoblar o‘tkaziladi. O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga qaratiladi. 
Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o‘zgarib, qorda o‘zini dushmandan himoya qiladigan 
oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha 
beriladi. She’r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga “ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, 
“po‘stin” “pahmoq” so‘zlari yozilib, ma`nosi izohlanadi. She’rni navbat bilan o‘quvchilarga to‘rt-
besh marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la 
mazmuni uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur 
mavzuni o‘rganish jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan 
dalalarni, tomlarni, daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish 
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo‘lishi uchun boy material 
beradi. 
O‘quvchilar barglari to‘kilib, sovuqda qor bosib turgan daraxtlarni ko‘rar ekan, shu holatni 
ifodalagan “qor ko‘rpasiga o‘rangan yalang‘och daraxt” yoki “sovuqda mudrayotgan daraxt” kabi 
iboralarni topishga harakat qiladi, bu esa o‘quvchilarning lug‘at boyligining oshishiga xizmat qiladi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni 
kuchaytirish lozim. O‘qish dasturining o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablarida ularning ayrim 
tasvir vositalari va badiiy til elementlarini bilishlari zarurligi qayd etilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning 
ko‘nikma va malakalariga bog‘liq talablarida“tilning ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va 
ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish”lariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, o‘qish 
dasturidava darsliklarida badiiy asar tili tahliliga quyidagi talablar qo‘yilgan: 
- O‘qish mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy 
ko‘rinishi bo‘lgan ko‘nikmalari, matn va kitob ustida ishlash, o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini 
o‘stirish, nutq madaniyatini rivojlantirish nazarda tutiladi. 


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish