Сборник научных трудов по материалам Международной научно-практической



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/418
Sana07.04.2022
Hajmi4,02 Mb.
#533718
TuriСборник
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   418
Bog'liq
2-қисм Халқаро Охири 08.02.2022 maqola

 
248 
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Qaysi sohada bo‘lmasin ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyoj seziladi. Chunki, internetda eng ko‘p 
ma’lumotlar shu tilda berilgan. Yosh avlodni har tomonlama o‘qimishli, madaniyatli, zamonaviy 
fikrlovchi shaxs qilib tayyorlashda chet tili, ayniqsa, ingliz tilining o‘rni juda katta. «Til bilgan el 
biladi» deb xalqimiz bejizga aytmagan. 
1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar 
bo‘yicha ta’lim yutuqlarini baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida 
qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq ishlari) e’lon 
qilingan. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu masalada aynan bizning institutga 
hamkorlik va yordam borasida murojaat qilib, tashabbus bilan chiqqanligi uchun minnatdorchilik 
bildiramiz. Rossiya xalqaro tadqiqotlarda 1988 yildan (30 yil) buyon, PISA xalqaro tadqiqot 
dasturlarida esa tadqiqotning ilk davri — 2000 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. 
Mazkur loyiha doirasida o‘zbekistonlik hamkasblarimizga birinchi tayyorgarlik uchun 
Moskvada ilk seminarlar tashkil etilgan edi. Ushbu seminar uchun barcha viloyatlardan 
mutaxassislar tanlab olingani, ular bilan tayyorgarlik ishlari, suhbatlar olib borilgani va juda katta 
qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislar tashrif buyurgani bizni qoyil qoldirgan va xursand qilgan. 
Oldiga aniq maqsad qo‘yilgan mutaxassislar bilan ishlash biz uchun ham yaxshi maktab bo‘lgan 
edi. Zero, mamlakat xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishni o‘z oldiga aniq maqsad qilib 
qo‘ygan.Bizning nazarimizda, birgalikda o‘tkazayotgan seminarlarimiz O‘zbekistonning 
raqobatbardoshligini global oshirish mexanizmi hisoblangan xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishga 
tayyorlash uchun juda muhim. Umid qilamizki, ushbu seminar doirasida muhokamadan so‘ng 
o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini yaratishga kelishib olamiz. O‘zbekiston ta’lim 
inspeksiyasi va vazirlik tomonidan o‘zbekistonlik va rossiyalik pedagoglar, metodistlar va ta’lim 
sohasi mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish uchun platforma yaratildi. Ushbu platforma 
orqali biz tajriba almashish va turli mamlakatlarning natijalarini o‘rganish, tadqiqotga qanday 
tayyorgarlik ko‘rishlarini tahlil qilish va mamlakatni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash vositalarini 
birgalikda ishlab chiqishni rejalashtirmoqdamiz. 
Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash va 
ta’lim jarayonida o‘qitish metodikasi va ustuvor tamoyillarni o‘zgartirish zarur. Buning uchun biz 
o‘qituvchilarni tayyorlashimiz, rivojlantiruvchi ta’limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va 
o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan 
ta’minlashimiz kerak. Bu eng muhimi va siz hozir to‘g‘ri yo‘ldasiz, ancha oldin PISA va PIRLS 
tadqiqotlari topshiriqlari xususiyatlarini ochib beruvchi materiallar bilan to‘plamlarni chop etdingiz. 
Endi esa bu vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirib, paydo bo‘layotgan muammolarni hal 
qilish ustida ishlash kerak. 
PISA natijalari 2023 yil oxirida e’lon qilinadi. Menimcha, bu juda muhim qaror. 
Mamlakatlar xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishlari kerak, chunki ular bizning ichki holatimizdan 
emas, balki xalqaro standartlar nuqtai nazaridan tashqi baho berishadi.Ilk yillardan qandaydir juda 
yaxshi, ijobiy natijalar olish haqida gapirib bo‘lmaydi. Rossiya 2000 yildan beri xalqaro 
tadqiqotlarda ishtirok etib kelmoqda va PISA bo‘yicha bizning natijalar o‘rtacha xalqaro darajadan 
past edi. Faqat 18 yil davomida ta’limga katta sarmoya kiritish orqali PISA tadqiqotidagi 
natijalarimiz Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga 
yaqinlashdi. Buni qanday izohlash mumkin? Bu bizning rus maktabimiz (qaysidir ma’noda sovet 
maktabi) ko‘proq fan natijalariga, ya’ni yosh avlodga yaxshi, chuqur va uzoq muddatli bilimlarni 
berishga e’tibor qaratganligi bilan izohlanadi. Ijodkorlikni rivojlantirishga bunaqa ehtiyoj yo‘q edi, 
olingan bilimlar barcha o‘quvchilar tomonidan turli hayotiy vaziyatlarda ishlatilishini ta’minlash 
uchun vaqt ham bo‘lmagan. 
Ishonchim komilki, O‘zbekistonning barcha oliy ta'lim muassasasini professor o'qituvchilari 
bilan talabalar ustoz shogirt an'analari asosida ta'lim olib va shu mavzu asosida izlanishlar olib 
borilsa yani ilmiy maqola va dissertatsiyalar yozilsa.


BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish