349
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 997- sonli qarori
TARIX FANINI O’QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH
Mamajonov E.X. – 25– sonli maktabning tarix fani o’qituvchisi, Chirchiq shahri, Toshkent
viloyati,
O’zbekiston.
Annotatsiya
. Ushbu «Ta`lim sifati – taraqqiyot asоsi» mavzusidagi maqоlada ijtimоiy
fanlar xususan tarix fani pedagоglarining ta`lim jarayonida duch kelayotgan ayrim muammо va
kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga uning yechimi xaqida fikr yuritilgan. Keltirilgan
muammоning ta`limga hamda taraqqiyotga ta`siri asоslab berilgan.Bugungi kunda tarix fani
o’qituvchisining jamiyat taraqqiyoti rivоjidagi ta`siri va natijadоrligiga munоsabat bildirilgan.
Аннотация
.Данная статья «Качество обучения – основа будущего» направлена на
развитие социальных дисциплин. Основное решение проблем при обучении истории и их
устранение. Данная проблема направлена на развитие обучения и научно доказана. Показан
результат и дана идея о влиянии учителей историков на развитие общества.
Annotation
.Given article "Quality of the education - a base future development" is
directed on of social discipline. The Main decision of the problems when learning the histories and
their solution. Given problem is directed on development of the education and is based
scientifically. It Is Shown result and is given idea about influence of the teachers historian on
society development.
O’qitish metodi deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum
maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda,
o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, g’oyaviyahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. Ta’lim
metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuasidir. Ta’lim
metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish
yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod
bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan,
boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (ya`ni, maqsadi, mazmuni, o`qitishning
metod va usullari, natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar kuidagida namoyon bo`ladi: maktab
tarix kursining maqsadi, ta`limtarbiya vazifalarining muvoffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning
mazmuniga, uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek,
o`quvchilarning tarix kursini o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning ilmiy asosda,
maqsadga muvofiq tashkil qilishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta`lim-
tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta`lim shakllari, o`qitish metod va usullari hamda
vositalardan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir. Shuningdek,
o`qitishning natijalari ham o`qituvchining o`qitishdan ko`zlagan maqsadni, uning ta`lim-tarbiyaviy
vazifalarini belgilab olishga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam beradigan
metod va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir.
Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish
natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta`sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |