103
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik,
bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo`r kishilar qiyofasida
mol-mulk yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo`ladi.
Ko`rinadiki, ertaklar o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og`zaki ijodi janrlaridan
ajralib turadi.
Ertaklar olamiga kishi bolalik chog`laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi
ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg`anchiq, zolim va odil
odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo`lidagi orzu-
umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g`azabi, yaxshilarga bo`lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi.
O`quvchilar xalq ertaklarini o`qib chiqqach, o`rtoqlari, aka-ukanva opa-singillariga aytib
beradi, muhimi o`quvchi o`zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o`rnak olishga, halollikda,
to`g`ri so`zlikda, mehnatsevarlikda ularga o`xshashga harakat qiladi. Sal’biy qahramonlardan esa,
nafratlanib, o`xshamaslikka harakat qiladi.
Demak, o`quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib
tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi.
Boshlang‘ich ta’lim 1-sinfdan tortib 4-sinfgacha “O`qish kitobi” darsliklarida xalq og`zaki
ijodi alohida bo`lim sifatida ko`rsatilgan va ularni o`rganish uchun muayyan bir soatlar
belgilangan.Jumladan, 1-sinf “O`qish kitobi”da “She’r va sichqon”, “Maymun bilan duradgor”,
“Rostgo`y bola”, “Ochko`z sichqon”, “Aqlli bog`bon”, “Hakka va uning bolalari”21 kabi ertaklar
berilgan.
2-sinf “O`qish kitobi” darsligidagi “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”22 bo`limini o`rganish
uchun 13 soat ajratilgan.
Bu bo`lim orqali o`quvchilar ertaklar olamiga sayohat qilishadi. Nima yaxshi-yu, nima
yomonligini ertaklardagi voqea-hodisalar orqali uqib oladilar. Ertak qahramonlarining holatini
so`zlab berish, voqealarni rasmda ifodalashga alohida e’tibor qaratiladi.
O`quvchilarning sinfda va mustaqil o`qishlari lozim bo`lgan ertaklari:
Quyoshbobo nurlari. 2. Maqtanchoq ayiq. 3. Nima totlig‘. 4. Ertaklar.
Mashhur rassom. 6. Baxtli bo`lish osonmas. 7. Ko`ngilchan o`tinchi.
8. Uzun terak. 9. O`jar baliqchi. 10. Dono dehqonbobo. 11. Quyoncha va ayyor tulki.12.
O`tinchi yigit bilan sher. 13. Urto`qmoq. 14. Oltin tuyoqli kiyik. 15. Oq ko`ngil chol va xasis boy.
16. Ko`p ko`rgan ko`p biladi.
3-sinf “O`qish kitobi” darsligidagi “Xalq og`zaki ijodi”23 bo`limini o`rganish uchun 17 soat
ajratilgan. Bu bo`limda xalq og`zaki ijodiga oid qo`shiq, ertak, masal, maqol, latifa, topishmoqlar
kiritilgan. Ular orqali o`quvchilarga xalqning orzu – umidlari, do`stlik, ahillik, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik, halollik, fazilatlari ulug`lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi.
O`quvchilar qo`shiq bilan tanishadilar. “Botir mergan va chaqimchi”,”Halollik”, “Donishmand
yigit” kabi o`zbek xalq ertaklarini o`qiydilar. Shuningdek, “Qaysar buzoqcha”, “Chumoli va
tipratikan” masallarini o`rganadilar. Maqol, iboralar, latifalar, topishmoqlar, tez aytishlarni ham
o`qiydilar. Bo`limdan “Rustamxon” va “Alpomish” dostonlaridan parcha ham o`rin olgan.
4-sinf “O`qish kitobi” darsligidagi “Xalq og`zaki ijodi” bo`limini o`rganish uchun esa 28
soat ajratilgan. Bunda o`quvchilar xalqimizning ming yillar mobaynida yaratgan sehrli-fantastik
ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu-umidlari ifodalangan qo`shiqlar, bolalarning quvnoq o`yin-
qo`shiqlari, hozirjavoblik, topqirlikni taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayotiy xulosasi
21 G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O‘qish kitobi (1-sinf uchun darslik). – Toshkent: “Sharq”, 2014. –
128 b.
22 G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. O‘qish kitobi (2-sinf uchun darslik). – Toshkent: “Sharq”, 2014.
– 176 b.
23 Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O‘qish kitobi (3-sinf uchun darslik). – Toshkent: “O‘qituvchi” NMIU,
2014. – 224 b.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |