466
Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarorida,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga:
- 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan
yo‘llanadigan xat-xabarlar,
xabarnomalar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik
hujjatlarni faqat pochta aloqa obyektlari tarmog‘i orqali yetkazib berish tartibini
belgilash;
- 2020-yil 1-avgustga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan pochta
aloqasi obyektlari tarmog‘i orqali yo‘llanadigan xat-xabarlar, xabarnomalar,
chaqiruv qog‘ozlari va boshqa yuridik hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga
yetkazib berish va yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni
saqlash va hisobga
olishning yagona milliy tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi.
Bugungi kunda pochta aloqasi bozorida kuchli raqobatli muhit vujudga
kelgan. Pochta va kuryerlik xizmatlari 575 ta mahalliy va xususiy kompaniyalar
hamda xalqaro darajadagi yirik kompaniyalar tomonidan koʻrsatib kelinmoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, mazkur korxonalar tomonidan 2019-yilda 260,0
milliard soʻmlik pochta va kuryerlik xizmatlari taqdim etilgan.
“Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tizimida mamlakatimizning
barcha hududini qamrab olgan 2 mingdan ziyod boʻlinma boʻlib, ularda 7 ming
nafar xodim faoliyat yuritishi, lekin yillar davomida sohaga eʼtibor berilmagani
sababli pochta xizmatining oʻrni pasayib ketgani sir emas. Jumladan, soʻnggi oʻn
besh yilda 1 ming 300 ta pochta boʻlinmasi yopilgan. Oʻtgan yili xorijdan kelgan 6
ming tonna joʻnatmalarning atigi 10 foizi, kuryerlik xizmatlarining esa, 30
foizi
milliy pochta hissasiga toʻgʻri kelgan xolos.
O‘zbekiston pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish, korxonani yuqori samarali
va raqobatdosh, iqtisodiyotning daromadli sohalariga dinamik ravishda o‘tadigan
jahon sifati standartlarini tatbiq etuvchi kompaniyaga aylantirish bo‘yicha yetakchi
o‘rinlarni egallashi kerak. Ushbu maqsadga erishish, asosan, pochta aloqasi
xizmatlarini ko‘rsatish darajasi, shuningdek sifatni oshirish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlar turini kengaytirish va faoliyatni raqamlashtirish uchun foydalaniladigan
yangi usullarni qo‘llash bilan belgilanadi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar
asosida pochta ishini
faol ravishda amalga oshirish xo‘jalik yuritishning ilg‘or zamonaviy shakli
hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli texnologiyalar an'anaviy
pochta xizmati shakllariga nisbatan kattagina samaradorlikka erishishga imkon
beradi. Bularga xat-xabar va posilkalarni avtomatik yetkazib berish jarayonini,
bulutli texnologiyalardan foydalanishni, ma'lumotlarni masofaviy usulda yetkazib
berish kabi xizmatlar ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar, raqamli ko‘rinishdagi katta
ma'lumotlar majmui yordamida pochta ma'lumotlarini qayta ishlash va uni
yetkazib berishni, pochta orqali turli tovarlarni yetkazib berish jarayonlarini
misol
sifatida keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 dekabrdagi “Pochta
aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” PQ-4921-son qarorida O‘zbekistonda pochta aloqasi tizimi bugungi
467
kunda mamlakat hududlarida xat va pochta jo‘natmalari bilan bir qatorda tovarlarni
yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha o‘z
infratuzilmasiga ega bo‘lgan muhim soha ekanligi va “O‘zbekiston pochtasi”
aksiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida
respublika miqyosida barcha aholi punktlarini qamrab olganligi, pochta aloqasi
xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish,
sohaga zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, pochta aloqasi xizmatlarini taqdim etish faoliyatini
to‘liq avtomatlashtirish orqali Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida
mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish maqsadida bir qator vazifalar qo‘yildi.
Jumladan, pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirishning
asosiy yo‘nalishlari:
a) xat-xabar tashish va kuryerlik xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha:
pochta va kuryerlik xizmatlarini taqdim etish faoliyati bilan shug‘ullanib
kelayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda “yakuniy manzil”
xizmatini joriy etish;
pochta aloqasining an’anaviy xizmatlarini takomillashtirish, ularni
raqamlashtirish, jo‘natmalarni
qabul qilish, kuzatib borish va yetkazish
jarayonlariga axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish orqali aholi, biznes
va davlat idoralariga zamonaviy xizmatlarni taqdim etish;
“Gibrid pochta” jo‘natmalarini qabul qilish va yetkazib berish xizmatlari sonini
2 barobarga oshirish;
b) elektron tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha:
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga
yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron savdo maydonchasi axborot
tizimini yaratish;
logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni o‘z
ichiga olgan xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
v) xizmatlar bozoridagi pochta aloqasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha:
pochta aloqasi obyektlari orqali to‘lovlarni onlayn rejimda qabul qilish
avtomatlashtirilgan tizimini modernizatsiyalash va uning mobil ilovasini ishlab
chiqish;
respublikaning kamida 1 000 ta pochta bo‘limida, ayniqsa,
olis va chekka
hududlarda moliyaviy xizmatlar turlarini, xususan, aholidan to‘lovlar qabul qilishni
ikki barobarga kengaytirish hamda autsorsing asosida bank xizmatlari ko‘rsati-
lishini yo‘lga qo‘yish;
olis va chekka hududlardagi pochta bo‘limida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini
yo‘lga qo‘yish;
pochta aloqasi sohasida joriy etilayotgan yangi xizmat turlarini inobatga olgan
holda Milliy operator tizimida faoliyat yurituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi milliy pochta tizimida muvaffaqiyatli
islohotlarni amalga oshirish, xususan, raqamli iqtisodiyotning mavjud barcha
imkoniyatlarini mazkur sohada qo‘llash hamda raqamli xizmatlar ko‘rsatishning
qonuniyligini ta'minlash maqsadga muvofiqdir.