Inflyatsiyaning ta’siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining o’sishi joriy va kelajakda olinadigan mablag’lar nisbatini o’zgartiradi. Shuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e’tiborga olinishi zarur.
Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg’armaga yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o’zgarmas (ya’ni, inflyatsiya darajasiga ko’ra o’zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg’arma yoki ssudaga bo’lgan daromad normasi.
Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to’lov majburiyati bo’lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma’lum muddat o’tishi bilan ma’lum summada pul to’laydi.
Zayomlar muddatsiz bo’lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma’lum o’zgarmas summa olib turadi. 1000 so’mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:
Bunday holda quyidagicha hisoblanadi:
SHunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo’lsa, muddatsiz zayomning qiymati so’m bo’ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo’lsa, zayomning qiymati 5000 so’mga teng bo’ladi.
yer bozori
Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni: yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
Erning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya’ni kapitalni ko’chirganday ko’chirib bo’lmaydi.
Er taklifi. yer taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va qulay joylashganligidir. Ma’lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan bo’ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo’lgan yerlar yanada ko’proq cheklangan bo’ladi.
Erga talab. yerga bo’lgan talab ikki xil bo’ladi: qishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan yerga talab va noqishloq xo’jaligida foydalanish uchun bo’lgan talab.
D q Dq/x qDnoq/x ,
bu yerda D - umumiy talab;
Dq/x - qishloq xo’jaligi uchun talab;
Dq/x - noqishloq xo’jaligi talabi.
Ushbu talablarni grafikda quyidagicha tasvirlash mumkin (2-rasm).
Bu yerda qishloq xo’jaligi uchun bo’lgan talab chizig’i manfiy yotiqlikka ega. Nega deganda, yer unumdorligining kamayish qonuniga asosan, mavjud texnika va texnologiya o’zgarmaganda foydalaniladigan yerning ortib borishi, uning hosildorligini kamayib borishiga olib keladi. D.Rikardoning (1772-1823) ilmiy asarlari yer unumdorligining kamayish qonunini keng tarqalishida muhim rol o’ynagan.
2-rasm. yerga talab.
Do'stlaringiz bilan baham: |