Qonun ustuvorligi va proporsionallik- ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari milliy qonunchilik va xalqaro normalarga tayangan holda faoliyat olib boradilar. Saylov jarayoniga har qanday aralashuv respublikaning suvereniteti yaxlitligini va xavfsizligini himoya qilish , fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo’lishi lozim. Saylov jarayonida har qanday cheklashlar qonun hujjatlariga asoslangan bo’lishi shart.
Shaffoflik -manfaatdor shaxslar jamoat xavfsizligini, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli va bu boradagi ishlar holati to’g’risidagi axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Hisobdorlik-jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etayotgan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari o’z xatti-harakatlari uchun javobgardirlar.Ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari qay darajada faoliyat olib borayotganligi to’g’risida jamoatchilikka axborot beriladi.