Saylov uchastkasida hozir bo’lgan ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlariga quyidagilar ta’qiqlanadi:
-saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilariga ta’sir o’tkazish;
-saylovchi saylov byulleteniga o’z belgisini qo’yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo’lish;
-biron-bir tashviqot materialini yoki adabiyotlarni tarqatish;
-saylovchilardan qanday ovoz berganligini surishtirish yoki ularga saylov byulleteniga belgi qo’yishda yordam ko’rsatish;
-davlat hokimyati organi vakilining vazifasi bilan bog’liq bo’lmagan holda nomzod, uchastka saylov komissiyasi a’zolari va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga qaratilgan harakatlarga yo’l qo’yish;
-saylov komissiyasining faoliyatiga, uning majlislarida hozir bo’lishga, saylov qutilarini muhrlashga, ularni ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashish.
(Maqolada saylov.uz sayti materillaridan foydalanildi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |