Saylov jarayoni va saylov organlari



Download 76 Kb.
bet4/10
Sana31.12.2021
Hajmi76 Kb.
#270489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Saylov jarayoni va saylov organlari

Saylov organlari. Ushbu organlarga (komissiya, byuro, prezidium va boshqalar) saylov jarayoni ustidan tashkiliy rahbarlik vazifasi yuklatilgan bo`ladi. Saylov organlari turlicha bo`lishi mumkin:

- hududiy, jumladan markaziy. Ularning tizimi mamlakatning siyosiy-hududiy tuzilish tizimidan kelib chiqadi;

- okrug saylov organlari. Bu organ saylov okrugi siyosiy-hududiy birlik bilan muvofiq kelmaganda amal qiladi;

- saylov uchastkalarida amal qiluvchi organlar.

Saylov uchastkalari organlari odatda, saylovchilarni ro`yxatga oladi yoki ularni ro`yxatga olishdagi xatoliklarni bartaraf qiladi, ovoz berishni tashkillashtiradi va saylov uchastkasi yuzasidan saylov natijasini aniqlaydi. Okrug saylov organlari ilgari surilayotgan nomzodlarni ro`yhatga oladi, saylov oldi kampaniyasini normal kechishini ta'minlaydi va okrug yuzasidan saylov natijalarini aniqlaydi. Hududiy saylov organlari saylov okruglari mavjud bo`lgan taqdirda saylov natijalarini umumlashtiradi va o`sha hudud ommaviy axborot vositalarida chop etadi, agar saylov okruglari bo`lmasa, saylov okruglari vazifasini bajaradi. Umumxalq saylovlarida tashkil etiladigan okrug saylov organlari uchastka saylov organlari faoliyatini nazorat qiladi, ba'zi hollarda o`zining hududida uchastka saylov organining vazifasini bajaradi ( maslan, Avstraliya).

O`zbekiston Respublikasida mazkur organlar saylov komissiyalari deb yuritiladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlarda Markaziy, okrug va uchastka saylov komissiyalari, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari, shuningdek okrug hamda uchastka saylov komissiyalari tuzilishi mumkin.

Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Referendumini tashkil etish va o`tkazish uchun tuziladi hamda o`z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis tomonidan tashkil etilib uning a'zolari Qoraqolpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, halq deputatlar viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo`yicha komissiya tarkibiga kiradi.O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis deputatlari saylovlarini, shuningdek O`zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o`tkazish uchun tuziladi hamda u o`z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi. Qonunda belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib, siyosiy partiyalar va bevosita fuqarolar egadirlar.

Okrug saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda tegishli viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganda komissiyaning rais, rais o`rinbosari, kotibi va 6 – 8 nafar boshqa a'zolardan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, halq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.




Braziliyada Markaziy saylov komissiyasi o`rniga saylov tribunali faoliyat olib boradi. Bu organning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki saylov jarayonida vujudga kelgan nizolarni mustaqil o`zi ko`rib hal qilaveradi.






Uchastka saylov komissiyalari okrug saylov komissiyalari tomonidan, halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda tegishli tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan saylovga kamida 40 kun qolganda 5-19 nafar a'zodan, shu jumladan rais, rais o`rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi (komissiya tarkibining soni zarur hollarda ko`paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin). Agar komissiya 7 nafargacha a'zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.2[74]

Uchastka saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlar halq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.

O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.

Saylov komissiyalarini a'zolari bir komissiyaga a'zolik davrlarida boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning a'zosi bo`lishlari mumkin emas.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish