Saylov jarayoni va saylov organlari



Download 76 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi76 Kb.
#270489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Saylov jarayoni va saylov organlari

Nomzodlarni ko`rsatish. Saylov jarayoning mazkur bosqichi siyosiy amaliyotda juda katta ahamiyatga ega bo`lib, aynan shu bosqichda prezidentlikka, deputatlikka, senatorlikka, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlariga maslahatchi va boshqa lavozimlarga saylanishi mumkin bo`lgan shaxslar doirasi aniqlanadi.

Mamlakatimizda Oliy Majlis (Qonunchilik palatasi) deputatligiga, yuqori palata Senatorligiga, respublika Prezidentligiga va xalq deputatlari Kengashlari deputatligiga nomzodlarni ko`rsatilishida yuqorida ko`satilgan usullarni barchasi qo`llaniladi.

Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko`rsatish huquqiga siyosiy partiyalar va fuqarolar ko`rsatish huquqiga egalar. Siyosiy partiya, saylov kampaniyasi boshlaganligi e'lon qilingan kundan kamida olti oy oldin O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro`yhatga olingan, saylovda ishtirok etishini qo`llab-quvvatlovchi kamida ellik ming saylovchining imzosini to`plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko`rsatishi mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko`rsatish siyosiy partiyalar tomonidan saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi. Deputatlikka nomzod tanlash tartibi siyosiy partiyalarning o`zlari hal qilgani holda, har bir okrugdan bitta deputat, ya'ni 120 deputat ko`rstatishga vakolatlidir.

O`zbeksiton Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko`rsatish uchun saylash huquqiga ega ega bo`lgan har bir fuqaro yoki fuqarolar guruhi deputatlikka nomzod ko`rsatish uchun tegishli saylov okrugining kamida uch yuz nafar saylovchisidan iborat saylovchilar tashabbuskor guruhini tuzishi mumkin. Deputatlikka nomzod ko`rsatgan saylovchilar tashabbuskor guruhi okrug saylovchilari umumiy sonining kamida sakkiz foizi miqdorida nomzodni qo`llab – quvvatlovchi imzoni to`plashi (imzolayotgan fuqarolar miqdori har bir mahalla, qishloq yoki ovul bo`yicha mutanosib ravishda taqsimlangan bo`lishi shart) kerak.

O`zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar ko`rsatish, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugallanadi.

Tashkil qilingan saylov qo`mitasi tomonidan yig`iladi va nomzod oldida muntazam ravishda hisob beradi. Yuridik shaxslarning siyosiy arboblar va partiyalarni moliyalashtirishi maxsus qo`mitalar orqali oshkor ravishda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan kundan boshlanib, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq va sharoitlar yaratib berilib, deputatlikka nomzod besh nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo`lishi, nomzod ro`yhatga olinganidan keyin o`z ishonchli vakillarini o`zi belgilashi, deputatlikka nomzod qilib ro`yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o`tkazishi, saylovoldi yig`ilishlarida so`zga chiqish huquqiga egadirlar. Televideniye ko`rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, o`rtacha oylik ish haqi saylov o`tkazish uchun ajratiladigan mablag`lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo`lish huquqiga ega.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod 15 nafarga qadar ishonchli vakillarga ega bo`lishga haqlidirlar. Ishonchli vakillar nomzodga saylov kampaniyasini o`tkazishda yordam beradilar, uni O`zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylash uchun targ`ibot olib borib, davlat va jamoat tashkilotlari, saylov komissiyalari bilan bo`ladigan munosabatlarda nomzodning manfaatini himoya qiladilar.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan kundan e'tiboran boshlanadi. Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga, mustaqil tashabbuskor guruhlarga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda teng huquq beriladi va saylovchilarning yig`ilishlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan barcha nomzodlar uchun mutlaq teng sharoitlarga rioya etilgan holda tashkil qilinadi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod uch nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo`lishi mumkin. Ular nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, mahalliy davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o`zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar. Shu bilan birga, saylov kompaniyalarida, xalqning siyosiy irodasini shakllantirish va ifoda etishda partiyalarning roli doim ham bir xilda baholanavermaydi. Ko`p partiyalilik prinsipi partiya ro`yxatlari (fraksiyalari) bo`yicha saylangan deputatlar jumlasidan siyosiy uyushmalar tashkil etishda o`z aksini topadi. Mazkur uyushmalar aholi turli tabaqalarining parlamentdagi siyosiy vakilligini ta'minlabgina qolmasdan, balki butun parlament ishining tashkil etilishini yaxshilashga ham ko`maklashadi. Bunda, tabiiyki, jamiyatning bir nechta kichik siyosiy partiya va guruhlarga parchalanishi va parlamentda ularning ancha to`liq vakilligi parlament ishiga salbiy ta'sir ko`rsatishi: qarama-qarshiliklar natijasida (agar parlamentda barqaror ko`pchilik bo`lmasa) parlamentning vakolatlari jumlasiga kiritilgan muayyan masalani hal qilishning iloji bo`lmasligi mumkinligini ham e'tiborga olish lozim.

2004 yil 26 dekabr va 2005 yil 9 yanvarda takroriy ovoz berish natijalariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining barcha 120 deputati saylandi va ro`yxatga olindi. Saylovda 489 deputatlikka nomzod, shu jumladan siyosiy partiyalardan 435 va saylovchilarning tashabbuskor guruhlardan mustaqil nomzodlar 56 kishi ishtirok etdi. 2004 yil 26 dekabrdagi asosiy saylovda 12197159 ta (85,1%) saylovchi, joriy yil 9 yanvarida esa 5400000 dan ortik, kishi yoki takroriy ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega saylovchilarning qariyb 80 % qatnashdi.



Saylovlar natijasida O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi saylovchilarning eng ko`p ovozini oldi, bu partiyadan deputatlarning 34,3% saylandi, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan deputatlarning 23,3% saylandi. Shuningdek, Fidokorlar partiyasining 11 a'zosi, "Adolat" partiyasining 10 a'zosi saylandi. Tashabbuskor guruhlardan ko`rsatilgan 56 nomzoddan 14 kishi deputatlikka saylandi, Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar orasidan ular 11,6 foizni tashkil etdi.

Ta'kidlash joizki, ikki palatali parlament tizimida faqat Qonunchilik palatasigina siyosiylashgan xususiyatga ega bo`lgani bois, deputatlar birlashmalari-fraksiya va deputatlar guruhlari aynan mazkur palatada tuziladi.



“Qonunchilik palatasi to`g`risida”gi qonunning 23-moddasiga ko`ra, Qonunchilik palatasi deputatlari siyosiy, professional va boshqa asosda fraksiyalar va deputatlar guruhlari shaklida deputatlar birlashmalarini tuzishi mumkin.

Demak, mamlakatimiz parlamenti faoliyati bilan bog`liq qonun hujjatlariga muvofiq, deputatlar birlashmalarining ikki shakli-fraksiyalar va deputatlar guruhlari mavjud.

Fraksiya siyosiy partiyadan ko`rsatiladigan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan deputatlar birlashmasidir. Deputatlar guruhlarini Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan, siyosiy partiyadan ko`rsatilmagan deputatlar tuzishi mumkin.

Qonunchilik palatasiga nomzod qo`yilgan xotin —qizlar jami 159 kishi kuchli intiluvchanlik va yuksak professionalizmni namoyish etdi, siyosiy yetuklik, akl zakovatda raqiblaridan qolishmadi. Natijada qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning qariyb 18%ni xotin —qizlar tashkil etdi, bu esa 1999 yilda Oliy Majlisga bo`lgan saylovlaridagidan ikki yarim baravar ko`pdir.

Tashabbuskor guruhlardan ko`rsatilgan 56 nomzoddan 14 kishi deputatlikka saylandi, qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar orasidan ular 11,6% ni tashkil etdi.



Saylangan deputatlar orasida 18,3% —yuristlar, 21,7% —iqtisodchilar. Deputatlarning 10% sanoat, qurilish, transport va aloqa soxasi vakillari, 7,5% qishloq xo`jaligi vakillari, 12,5% tadbirkorlar, 20% ta'lim, fan, madaniyat va sog`liqni saqlash xodimlari, 16% nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari.

Bu o`zgarishlar eng avvalo Qonunchilik palatasining doimiy, professional asosida ish olib borishidir. Bu palataga a'zo bo`lish uchun asosiy da'vogarlar sifatida siyosiy partiyalar va saylovchilarning tashabbus guruhlari maydoniga chiqadi», - deb ko`rsatadi I.A.Karimov.

Bu palataga saylangan deputat siyosiy jarayonda faol ishtirok etib, professional nuqtai-nazardan mana shu qonun chiqaruvchilik, qonun yaratuvchilik va qonun ijod qilish ishigi mukammal yetarli tayyorgarlikka ega bo`lgan shaxslar bo`lishi lozim.


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish