Saylov okruglari. Saylov okruglari davlatning va mahalliy o`zini-o`zi boshqarish vakillik organlariga deputatlarni saylovchi fuqarolarni o`zida birlashtirgan hududiy birliklardir. Ular maxsus ravishda shakllantirilgan bo`lishi mumkin, lekin ko`pchilik holatlarda federatsiya subyektlari, ma'muriy xududiy birliklar (viloyatlar, provinsiyalar, shaharlar va boshqalar) muayyan saylov okrugi sifatida amal qilishi ham mumkin. Saylov okruglari tuzilmagan taqdirda, butun mamlakat yagona bir saylov okrugi sifatida namoyon bo`ladi. Bu holatga misol sifatida prezidentlikka saylovlardagi amaliyotni ko`rsatishimiz mumkin.
Ayrim xorijiy mamlakatlarda saylovlar yagona saylov okrugida tashkil etiladi. Bunda masalan, parlament sayloviga nomzodi qo`yilgan shaxslarning Hammasi bitta okrugdan saylanadi. Bunday davlatga JAR (Janubiy Afrika Respublikasi) misol bo`ladi.
Saylov okruglari saylov amaliyotida eng ko`p uchraydigan saylov birliklaridir. Xududiy bo`lmagan vakillik organlarini shakllantirishda saylov birliklari sifatida muayyan saylovchilar guruxlari ham amal qilishlar mumkin.
Hududlarni saylov okruglariga bo`lish katta siyosiy ahamiyat kasb etadi, chunki bu holat saylov natijalariga bevosita ta'sir etishi mumkin. Shuning uchun odatda, saylov okruglarini tashkil qilish qonunlar bilan belgilangan bo`ladi. Qonunlar saylov okruglarini soni va chegaralarini aniq belgilashi lozim, chunki bu holat saylov jarayonlarida saylovchilarni tengligini ta'minlaydi.
Qoida tariqasida saylov okruglari yuqorida aytib o`tilganidek saylovchilarni teng miqdorini hisobga olgan holda tashkil qilinishi lozim, chunki bu holat tenglik prinsipini talabidir. Bu shuni anglatadiki, mamlakatdagi barcha bir mandatli saylov okruglari teng miqdordagi aholi soni bo`lgani holda tashkil etiladi. Biroq aholi soni miqdorini aniqlash yuzasidan kelishmovchiliklar kelib chiqqanda (aholi orasida saylov huquqiga ega bo`lmagan shaxslar ham mavjud bo`lgan hollarda), teng huquqli saylov jarayonini tashkil qilish maqsadida saylov okruglarini aholi soniga qarab emas, balki saylovchilar soniga qarab tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Mamlakatimiz Oliy vakillik organi – Oliy Majlisning quyi palatasiga (Qonunchilik Palatasi), Respublika Przidentligiga va viloyat, tuman va shahar halq deputatlari Kengashlariga saylovlarda saylov okruglari hududiylik asosida tashkil etiladi.
Qonunchilik palatasiga saylov o`tkazish uchun 120 ta hududiy saylov okrugi tuziladi va ularning har biridan bittadan deputat saylanadi. Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy Saylov Komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqolpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma'muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.1[73]
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov bo`yicha saylov okruglarini Markaziy Saylov komissiyasi viloyatlar, Toshkent shaxri va Qoraqalpog`iston Respublikasi chegaralari doirasida tuziladi. Ularning chegaralari, saylovchilarning soni hamda okrug saylov komissiyasi qayerda joylashgani ko`rsatilgan saylov okruglari ro`yxatlarini saylov tayinlangandan keyin kechi bilan 10 kun o`tgach Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e'lon qilinadi.
Saylov okruglari, qoida tariqasida, O`zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi va har bir saylov uchun saylov okrugiga to`g`ri keladigan saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Viloyat, tuman va shahar halq deputatlari kengashlariga saylov o`tkazish uchun, viloyatlar va Toshkent shahrida – 60 tadan, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda esa 30 tadan ko`p bo`lmagan saylov okruglari tuziladi. Har bir saylov okrugidan tegishli halq deputatlari Kengashlariga bittadan deputat saylanadi.
Halq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o`tkazishda saylov okruglari soni aholining, saylovchilarning sonini, hududni va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda, tegishincha saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar soni teng holda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |